Allaev Muradulla Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyati tarixiy-madaniy meros obektlarini ta’mirlash va muhofaza qilish” (1991 – 2021 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar.979
Ilmiy rahbar: Pardaev Asror Abdujabborovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Abriev Ro‘ziqul Bo‘ronovich.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Qashqadaryo vohasidagi tarixiy yodgorliklarning ta’mirlanishi, tiklanishi va o‘rganilishi tarixining asosiy yo‘nalishlarini tarixiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sobiq sovet davri va mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy madaniy merosga bo‘lgan munosabat masalalari arxiv hujjatlari, davriy matbuot nashrlari, joriy arxiv ma’lumotlari qiyosiy taqqoslanib, qo‘lga kiritilgan ilmiy ma’lumotlar xulosalangan. Shuningdek, tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini turizmni rivojlantirish sohasidagi o‘rni, sohani rivojlantirishda hamkorlik ishlari, xorijlik sayyohlarni yillik hajmi, tarixiy madaniy turizmni rivojlantirish istiqbollari ochib berilgan;
mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyati tarixiy yodgorliklarining tasnifi, to’liq geografik joylashuvi, ta’mirga muhtoj bo’lib qolgan yodgorliklarning ta’mirlanish zarurati hamda ularni konservatsiya va restavratsiya qilish mexanizmlari, shuningdek, Qashqadaryo vohasidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni qayta ta’mirlash ishlarining qanday tashkil etilganligi, bu borada olib borilgan tadbirlar, Qarshi shahridagi Ko‘kgumbaz jome masjidi, Odina masjidi, Qashqadaryo ustidagi ko‘prik singari yodgorliklar, Shahrisabz shahridagi Malik Ajdar masjidi, Chorsu, Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan Ko‘kgumbaz masjidlari retavratsiyasi va Oqsaroy yodgorligining konservatsiyasi misolida ko‘rsatib berilgan;
Qashqadaryo viloyatida ziyorat obektlarining ta’mirlanishida amalga oshirilgan tadbirlar Abu Ubayda ibn Jarroh, Abul Mu’in Nasafiy, Qusam ota, Sulton Mir Haydar ota majmualari va ziyoratgohlari misolida yoritib berilgan. Ushbu ziyoratgohlardagi ta’mirlash ishlarida respublikaning turli hududlaridan usta-me’morlar jalb etilganligi, qayta ta’mirlanishining mahalliy hamda xorijiy tajribasi umumlashtirilib olib borilganligi, zarur bo‘lgan qurilish mahsulotlarining ayrimlarini xorijdan ham keltirilganligi va ushbu majmualarda tarixiy va zamonaviy qurilish uslublarining o‘zaro muvofiqlashtirilganligi dalillangan;
Viloyat hududidagi ziyoratgohlar va masjidlar ta’mirlanishi hamda obod qilinishida mas’ul davlat tashkilotlari bilan birga mahalliy aholi, shuningdek homiylarning moddiy mablag‘lari bilan qatnashganliklari tashabbuslari tarixiy dalillar va og‘zaki tarix ma’lumotlari asosida o‘rganilib, ularning har bir tarixiy obektni saqlab qolib kelajak avlodga etkazishdagi hissasi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasidagi tarixiy yodgorliklarning ta’mirlanishi, tiklanishi va o‘rganilishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sobiq sovet davri va mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy madaniy merosga bo‘lgan munosabat masalalari arxiv hujjatlari, davriy matbuot nashrlari, joriy arxiv ma’lumotlari qiyosiy taqqoslanib, qo‘lga kiritilgan ilmiy ma’lumotlar xulosalangan. Shuningdek, tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini turizmni rivojlantirish sohasidagi o‘rni, sohani rivojlantirishda hamkorlik ishlari, xorijlik sayyohlarni yillik hajmi, tarixiy madaniy turizmni rivojlantirish istiqbollari borasida olib borilgan tadbirlar bo‘yicha ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yilning 16-dekabrdagi 02-31-2088-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda O‘zbekistonda tarixiy madaniy merosni saqlash va uning targ‘ibotini amalga oshirish jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligi haqida tasavvurlarni yanada kengayishiga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyati tarixiy yodgorliklarining tasnifi, to’liq geografik joylashuvi, ta’mirga muhtoj bo’lib qolgan yodgorliklarning ta’mirlanish zarurati hamda ularni konservatsiya va restavratsiya qilish mexanizmlari, shuningdek, Qashqadaryo vohasidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni qayta ta’mirlash ishlarining qanday tashkil etilganligi, bu borada olib borilgan tadbirlar, Qarshi shahridagi Ko‘kgumbaz jome masjidi, Odina masjidi, Qashqadaryo ustidagi ko‘prik singari yodgorliklar, Shahrisabz shahridagi Malik Ajdar masjidi, Chorsu, Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan Ko‘kgumbaz masjidlari retavratsiyasi va Oqsaroy yodgorligining konservatsiyasiga oid ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yilning 16-dekabrdagi 02-31-2088-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarda Qashqadaryo vohasidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni qayta ta’mirlash ishlarining qanday tashkil etilganligi haqida tasavvurlarni yanada kengayishiga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida ziyorat obektlarining ta’mirlanishida amalga oshirilgan tadbirlar Abu Ubayda ibn Jarroh, Abul Mu’in Nasafiy, Qusam ota, Sulton Mir Haydar ota majmualari va ziyoratgohlari misolida yoritib berilgan. Ushbu ziyoratgohlardagi ta’mirlash ishlarida respublikaning turli hududlaridan usta-me’morlar jalb etilganligi, qayta ta’mirlanishining mahalliy hamda xorijiy tajribasi umumlashtirilib olib borilganligi, zarur bo‘lgan qurilish mahsulotlarining ayrimlarini xorijdan ham keltirilganligi va ushbu majmualarda tarixiy va zamonaviy qurilish uslublarining o‘zaro muvofiqlashtirilganligi xulosalardan Madaniy meros agentligi tomonidan foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2023-yilning 17-yanvaridagi 04-20/124-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tarixiy ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilarda Qashqadaryo viloyatidagi yodgorliklarning tarixiga oid bilimlarni oshirish hamda xalqimizning boy moddiy va ma’naviy merosiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan.
Viloyat hududidagi ziyoratgohlar va masjidlar ta’mirlanishi hamda obod qilinishida mas’ul davlat tashkilotlari bilan birga mahalliy aholi, shuningdek homiylarning moddiy mablag‘lari bilan qatnashganliklari tashabbuslari tarixiy dalillar va og‘zaki tarix ma’lumotlari asosida o‘rganilib, ularning har bir tarixiy obektni saqlab qolib kelajak avlodga etkazishdagi hissasi, yodgorliklarni restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirishda kerakli tavsiyalar hamda xulosalardan Madaniy meros agentligi faoliyatini yanada samarali tashkil etishda foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2023-yilning 17-yanvaridagi 04-20/124-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo vohasi hududida joylashgan tarixiy-madaniy meros obektlarini asl holida saqlash, sayohatchilarga xizmatlar sifatini yaxshilash, madaniy meros obektlariga sayohatchi va ziyoratchilarni jalb qilish, ziyorat turizmini rivojlantirishda hamda Madaniy meros agentligi va Qashqadaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi faoliyatida ma’lumotlarni ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.