Berdibaev Taxir Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir nospesifik epididimitni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.31 – «Urologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.2.PhD/Tib1987.
Ilmiy raxbar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Furkat Raufovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi endoskopik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkir nospesifik epididimit bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir epididimitda real vaqt rejimida moyak hamda moyak ortig‘i holatini baholash va yiringli yallig‘lanish o‘choqlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beruvchi endovideotashxisot usuli ishlab chiqilgan;
o‘tkir yiringli epididimitni erta bosqichda tashxislashda moyak ortig‘i endovideotashxisotining diagnostik ahamiyati ul`tratovush tekshiruvidan ustuvor ekanligi, shuningdek operativ aralashuv turini optimallashtirishga imkon berishi aniqlangan;
o‘tkir epididimitda kasallikning asoratli kechishini erta tashxislash va yiringli-destruktiv o‘choqlarning topik verifikatsiyasini yaxshilashga imkon beruvchi, yallig‘lanish jarayoni rivojlanishining klinik va laborator xususiyatlari aniqlangan;
o‘tkir epididimitda apostemalarni ochish uchun gol`miy lazeridan foydalangan holda endoskopik miniinvaziv davolash samarali usul ekanligi, lazer ta’siri yiringli-destruktiv o‘choqlarni mahalliy vaporizatsiyalashi hisobiga atrof to‘qimalarga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir nospesifik epididimitni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir epididimitda real vaqt rejimida moyak hamda moyak ortig‘i holatini baholash va yiringli yallig‘lanish o‘choqlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beruvchi endovideotashxisot usuli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert Kengashining 30.10.2023 yildagi yig‘ilishida 7n-r/54-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir epididimitni endovideotashxisot usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialining 01.11.2023 yildagi 59α-sonli va Samarqand shahar 1-son shifoxonasining 03.11.2023 yildagi 88-21-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining «08» iyul 2024 yildagi yig‘ilishining 02/18-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usul moyak ortig‘ida yiringli o‘choqlarni erta aniqlashi evaziga o‘z vaqtida jarroxlik amaliyotini o‘tkazishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida moyak ortig‘i yiringli destruksiyasini va uning olib tashlanishi kabi jarroxlikni oldini olishda va erkaklar reproduktiv xolatini saqlab qolishda axamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: moyak ortig‘ida yiringli o‘choqlarni erta bosqichda aniqlash orqali o‘z vaqtida kaminvaziv jarroxlik usulida davolash bemorlarda kasallikning asoratlari kamayishiga, statsionar davo kunining o‘rtacha 1 kunga qisqarishiga imkon beradi. Bunda iqtisodiy samaradorlik 1 bemorga 1 yotoq kuni uchun o‘rtacha 360000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: yangi diagnostik usulni qo‘llanilishi bir bemor uchun o‘rtacha 360000 so‘mni tejash, bir urologik statsionarda bemorlar uchrash darajasini o‘rtacha xisoblaganda 1 yil davomida 44 nafar bemorga 15840000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir yiringli epididimitni erta bosqichda tashxislashda moyak ortig‘i endovideotashxisotining diagnostik ahamiyati ul`tratovush tekshiruvidan ustuvor ekanligi, shuningdek operativ aralashuv turini optimallashtirishga imkon berishi aniqlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert Kengashining 30.10.2023 yildagi yig‘ilishida 7n-r/54-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir epididimitni endovideotashxisot usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialining 01.11.2023 yildagi 59α-sonli va Samarqand shahar 1-son shifoxonasining 03.11.2023 yildagi 88-21-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining «08» iyul 2024 yildagi yig‘ilishining 02/18-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir epididimitli bemorlarda moyak ortig‘ida yallig‘lanish bosqichini to‘g‘ri aniqlash davolash usulini tanlashga imkoniyat beradi. Bemorlarga o‘z vaqtida tayinlangan to‘g‘ri davo ularning umumiy ahvolini tezda yaxshilanishiga va mehnat faoliyati qisqa muddatda tiklanishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir epididimit bo‘lgan bemorlarda moyak ortig‘i endovideotashxisoti ko‘rsatmaga ko‘ra to‘g‘ri qo‘llanilganda UTTda aniqlanmagan yiringli o‘choqlarni aniqlash va ko‘rsatma bo‘lganda kaminvaziv davolash imkonini beradi. Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki 5 tadan 1 nafar bemorda moyak ortig‘ida yiringli o‘choqlarni, UTT aniqlamagan. UTTda har 5 nafar bemordan birida moyak ortig‘ida yiringli o‘choqlarning o‘z vaqtida aniqlanmasligi ularning statsionardagi yotoq kunlarini o‘rtacha 3 kunga uzaytiradi, shunga mos ravishda ularning mehnat faoliyati tiklanishi kechikadi. Tadqiqot yillarida (2017-2022yy) 215 nafar yiringli epididimit bo‘lgan bemorlardan 39 (18%) nafarida UTT yiringli o‘choqlarni aniqlamagan. 1 nafar bemorda yotoq kunini o‘rtacha 3 sutkaga uzayishi 360000 so‘mdan 1080000 so‘m, 39 nafar bemor uchun 39 x 3 x 360000 = 42120000 so‘m byudjet mablag‘lari ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. Taklif qilingan endovideotashxisot usulining amaliyotga tadbiq qilinishi shu mablag‘larni tejab qolish imkonini beradi. Xulosa: taklif qilingan usulning amaliyotga tadbiq qilinishi UTTda tashxislash imkoni bo‘lmagan o‘tkir epididimitning yiringli bosqichlari bo‘lgan bemorlarni tashxislash imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida xar 5 nafar bemordan birida 1080000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir epididimitda kasallikning asoratli kechishini erta tashxislash va yiringli-destruktiv o‘choqlarning topik verifikatsiyasini yaxshilashga imkon beruvchi, yallig‘lanish jarayoni rivojlanishining klinik va laborator xususiyatlari aniqlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert Kengashining 30.10.2023 yildagi yig‘ilishida 7n-r/54-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir epididimitni endovideotashxisot usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialining 01.11.2023 yildagi 59α-sonli va Samarqand shahar 1-son shifoxonasining 03.11.2023 yildagi 88-21-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining «08» iyul 2024 yildagi yig‘ilishining 02/18-sonli xulosasi).   Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir epididimitli bemorlarning klinik, labarator va instrumental tekshiruv natijalarining o‘ziga xosligi kasallikda yiringli yallig‘lanish jarayonlari boshlanishini erta bosqichlarda bashorat qilish imkonini beradi. Yiringli yallig‘lanishning boshlang‘ich davrida kaminvaziv davo usulini qo‘llash moyak ortig‘ida abssesslar hosil bo‘lishini oldini oladi, natijada yorg‘oq a’zolarining fertillik va gormonal faoliyati saqlab qolinadi, bemorlarda reabilitatsiya davri qisqarib mehnat faoliyati tez tiklanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir epididimitning yiringli shakllarida kaminvaziv operativ davo olgan bemorlarda reabilitatsiya davri qisqaligi va mehnat faoliyati tez tiklanishi (o‘rtacha 10 kun, an’anaviy jarroxlik amaliyotini o‘tkazganlarda o‘rtacha 20 kun) iqtisodiy samaradorlikka ega. Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra 2024 yilning birinchi choragida o‘rtacha ish haqi 4920000 so‘mni tashkil etganini inobatga olganda, 1 bemor uchun 10 kunga 1800000 so‘m kasallik varaqasiga ajratiladigan mablag‘lar tejab qolinadi. Xulosa: ilmiy yangilikning amaliyotga tadbiq qilinishi bemorlarda reabilitatsiya vaqtini qisqartirishi, mehnat faoliyatini tez tiklanishi orqali 1 bemor uchun 1800000 so‘m kasallik varaqasiga ajratiladigan mablag‘larni tejab qolish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir epididimitda apostemalarni ochish uchun gol`miy lazeridan foydalangan holda endoskopik miniinvaziv davolash samarali usul ekanligi, lazer ta’siri yiringli-destruktiv o‘choqlarni mahalliy vaporizatsiyalashi hisobiga atrof to‘qimalarga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi isbotlanganligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert Kengashining 30.10.2023 yildagi yig‘ilishida 7n-r/54-son bilan tasdiqlangan “O‘tkir epididimitni endovideotashxisot usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialining 01.11.2023 yildagi 59α-sonli va Samarqand shahar 1-son shifoxonasining 03.11.2023 yildagi 88-21-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining «08» iyul 2024 yildagi yig‘ilishining 02/18-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir epididimitli bemorlar taklif qilingan kaminvaziv usulda davolanganda ularda amaliyotdan keyingi davrda, an’anaviy ochiq jarroxlik usulda davolangan bemorlarga nisbatan og‘riqlar intensivligi pastligi aniqlandi. Ochiq jarroxlik usuli bilan solishtirilganda taklif qilingan kaminvaziv usul operatsion kesmaning kaltaligi, qon yoqotish miqdorining kamligi va operatsiya davomiyligi muddati qisqaligi bilan ustunligi isbotlandi. Bundan tashqari usulning ijobiyligi bemorlarning umumiy ahvoli, o‘zlarining sub’ektiv xissiyotlari orqali baholanganda xam ular o‘zlarini turli darajada yaxshi his qilishlari bilan namoyon bo‘ldi. Endoskopik usulda davolangan bemorlarda amaliyotdan keyin 6 oy o‘tgach spermiologik tekshiruvlar gol`miy lazerining xavfsizligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir yiringli epididimitni davolashning yangi kaminvaziv usulini amaliyotga tadbiq qilish tibbiyot muassasalariga katta foyda keltiradi. Jumladan: bemorlarning statsionarda davolanish kunini qisqartiradi. Operatsion jaroxat kichikligi sababli bemorlarda tiklanish davri qisqa bo‘ladi va ochiq usulda jarroxlik o‘tkazganlarga nisbatan statsionar yotoq kuni o‘rtacha 1 sutkaga kamayadi, bu esa 1 bemor uchun 360000 so‘m byudjet mablag‘larini tejaydi; Endoskopik usulda operatsiya bo‘lgan bemorlarda amaliyotdan keyingi davrda og‘riq sindromi intensivligi past bo‘lishi hisobiga ular anal`getiklarga kam muhtoj bo‘ladi, bu esa bir bemor uchun o‘rtacha 30000 so‘m byudjet mablag‘larini tejaydi; bemorlarning statsionar yotoq kuni kamayishi xisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 1 kunga antibakterial dori vositalari (o‘rtacha 70000 so‘m) tejaladi; operatsion jaroxatni parvarishlashga ishlatiladigan materiallar va xodimlar uchun to‘lovlar kabi shifoxonaning qo‘shimcha xarajatlari tejaladi. Xulosa: o‘tkir epididimitni davolashning yangi kaminvaziv usulini iqtisodiy samaradorligi hisoblanganda, unda yotoq kuni 1 sutkaga kamayishidan 1 bemor uchun 360000 so‘m, 1 yil davomida bemorlar uchrash darajasini inobatga olganda 44ta bemorga 15840000 so‘m; anal`getik va antibakterial davo vositalaridan 1 bemorga 100000 so‘m, 1 yil davomida 44 bemorga esa 4 400000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish