Matkarimov Shoxjaxon Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘ida chegaralangan suyuqlik to‘planishini kaminvaziv davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2533.
Ilmiy raxbar: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori. professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Urakov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: “Samarqand davlat tibbiyot universiteti”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fizik-kimyoviy omillarni mahalliy ta’siri bilan birga punksion-drenajlash davolash usulini ishlab chiqish orqali qorin bo‘shlig‘idagi chegaralangan suyuqlik to‘planishini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin bo‘shlig‘idagi chegaralangan suyuqlik to‘planishini asorat rivojlanishining mahalliy patogenetik mexanizmlariga ta’sir qilish va qaytalanish xavfini qisqartirgani holda qoldiq bo‘shliq obliteratsiyasini tezlashtirish bilan tavsiflanuvchi punksion-drenajlovchi usuli ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘ida chegaralangan suyuqlik to‘planishini kaminvaziv davolashda fizik-kimyoviy omillarni birgalikda qo‘llash ularning kumulyativ ta’sirini ta’minlashi va bu antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va reparativ faollikning oshishi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
chegaralangan suyuqlik hosil bo‘lishini punksion-drenajlovchi usulda davolashda qoldiq bo‘shliq devorlarini ul`trabinafsha spektrda to‘g‘ridan-to‘g‘ri lazerli nurlantirish yallig‘lanish jarayonining barcha bosqichlariga bilvosita ta’sir ko‘rsatishi, mahalliy mikrotsirkulyasiyani yaxshilashi va immun tizimini rag‘batlantirishi aniqlangan;
past intensivlikdagi lazer nurlari ta’sirida antiseptik vositaning fotosensibilizatsiyalovchi ta’sirini rag‘batlantirish natijasida ko‘proq faollashgan radikallarning shakllanishi bilan murakkab fotokimyoviy jarayonlar rag‘batlanishi, bu esa mikroorganizmlarning hujayra qobiqlari buzilishi hisobiga qo‘shimcha bakterisid ta’sirni ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin bo‘shlig‘ida chegaralangan suyuqlik to‘planishining davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birichi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘ida chegaralangan suyuqlik to‘planishini punksion-drenajlash usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning rivojlanishining mahalliy patogenetik mexanizmlariga ta’sir qiladi va qoldiq bo‘shliqni bartaraf etishni tezlashishiga yordam beradi va takrorlanish havfini kamaytiradi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi 2023-yil 31 maydagi №IAP 07422 sonli ixtiro uchun patenti) - akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 20 maydagi 455 sonli buyruq) Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialining 23.02.2024 yildagi 22-sonli va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.02.2024 yildagi 17-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «08» iyuldagi 02/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qoldiq bo‘shliqni bartaraf etish tezlashadi, chegaralangan suyuqlik to‘planishini minimal invaziv davolashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar soni minimallashtiriladi; operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifati yaxshilanadi; • bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi; uluchshaetsya kachestvo jizni patsientov; qayta operativ muolajalar soni 9,8% dan 1,5% gacha kamayadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 bemor uchun yangi jarrohlik usuli joriy etilgani tufayli tejamkorlik 5800000 so‘mni tashkil etdi (takroriy jarrohlik (ikkinchi operatsiya) qilingan bemorlarning 9,8% tajribasi asosida). Takroriy operatsiyalar ko‘rsatkichi 9,8% dan 1,5% gacha pasaytirildi (agar 1 bemorga tejamkorlik 5800000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yiliga 40 bemordan takroriy jarrohlik yo‘li bilan kasallikning qaytalanishi 5 dan 2 bemorga kamaydi, mos ravishda har bir bemorga 5800000 so‘m tejalgan bo‘lsa, yillik ko‘rsatkich 17400000 so‘mni tashkil etdi (3 ta bemorga). Xulosa: Har bir bemorga yangi jarrohlik operatsiyasining tadbiq etilishi 8400000 so‘m byudjet mablag‘larini va 5800000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘ida chegaralangan suyuqlik to‘planishini minimal invaziv davolashda fizik-kimyoviy omillardan birgalikda foydalanish ularning antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va reparativ faolligining oshishi bilan namoyon bo‘ladigan kumulyativ ta’sirini ta’minlashi isbotlanib, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 20 maydagi 455 sonli buyruq) Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialining 23.02.2024 yildagi 22-sonli va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.02.2024 yildagi 17-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «08» iyuldagi 02/19-son xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik davolashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar soni minimallashtirildi; asoratlar chastotasini kamaytirish orqali bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiyani tezroq o‘tkazadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytadi; qorin bo‘shlig‘ida chegaralangan suyuqlik to‘planishi bo‘lgan bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaradigan omillarga ko‘ra, 1 bemorga tejash ko‘rsatkichi 5800000 so‘mni tashkil qiladi (turli jarrohlik aralashuvlardan keyin qorin bo‘shlig‘ida ChST hosil bo‘ladi), kasalxonaga yotqizish va davolanish xarajatlarini kamaytirish bilan umumiy tejash ko‘rsatkichi 46400000 so‘mni tashkil qildi (8 bemor uchun). Xulosa: bitta bemorga asoslangan yangi jarrohlik texnikasini tadbiq etilishi 18000000 so‘m byudjet mablag‘lari va 12600000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: chegaralangan suyuqlik to‘planishini punksion-drenaj yo‘li bilan davolash paytida qoldiq bo‘shliq devorlarining ultrabinafsha spektrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri lazer nurlanishi yallig‘lanish jarayonining barcha bosqichlariga bilvosita ta’sir ko‘rsatishi, mahalliy mikrosirkulyasiyani yaxshilashi va immunitet tizimini rag‘batlantirishi aniqlanib akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 20 maydagi 455 sonli buyruq) Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialining 23.02.2024 yildagi 22-sonli va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.02.2024 yildagi 17-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «08» iyuldagi 02/19-son xulosasi). Ilmiy ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qoldiq bo‘shliqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri lazer bilan nurlantirish va ishlab chiqilgan jarrohlik usuli 1 bemorni davolash davolash va kasalxonadan chiqqandan keyin reabilitatsiya qilish xarajatlarni tejashga olib keldi, shu jumladan: takroriy tekshiruv - 98000 so‘m; takroriy siydik tahlili - 56000 so‘m; bog‘lov xarajatlari – 58000 so‘m; dori-darmon xarajatlari - 50000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemorga 262000 so‘m, yillik qaytalanish soni 3 ta, umumiy iqtisodiy samaradorlik 786000 so‘m). Xulosa: bitta bemorga asoslangan yangi jarrohlik texnikasini tadbiq etilishi natijasida 586000 so‘m byudjet mablag‘lari va 282000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejab qolish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: antiseptik vositaning fotosensibilizatsiya qiluvchi ta’sirini rag‘batlantirish natijasida past intensivlikdagi lazer nurlanishiga duchor bo‘lganda, ko‘proq faollashtirilgan radikallarning shakllanishi bilan murakkab fotokimyoviy jarayonlar rag‘batlantirilishi aniqlandi, bu esa mikroorganizmlarning xujayra qobig‘ining emirishi   hisobiga qo‘shimcha bakterisid ta’sirini ta’minlaydi va akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 20 maydagi 455 sonli buyruq) Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy filialining 23.02.2024 yildagi 22-sonli va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.02.2024 yildagi 17-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil «08» iyuldagi 02/19-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: qorin bo‘shlig‘ida chegaralangan suyuqlik to‘planishi bor bemorlarni minimal invaziv davolashning texnik jihatlarini optimallashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasalxonada har bir bemorga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy ko‘rsatkich: • bemorning kasalxonada qolishini 7,2 kundan 3,2 kungacha (4 kun) qisqartirish, kasalxonada yotganlik uchun to‘lov miqdorini 1460480 so‘mga kamaytirish (RIXIATM peyskuranti bo‘yicha kasalxonada qolish sutkasiga 365120 so‘mni tashkil etadi); kasalxonada qolish muddati 4 kunga qisqartirilganligi sababli 600000 so‘mga kam dori-darmon talab qilinadi (kuniga o‘rtacha 150000 so‘m dori-darmon iste’moli uchun sarflanadi); kasalxonada yotish muddati 4 kunga qisqartirilganligi sababli 226000 so‘mga kamroq bog‘lov materiallari talab qilinadi (kuniga o‘rtacha 56 500 so‘m bog‘lov materiallari uchun sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra, umumiy yillik iqtisodiy samaradorlik 43800000 so‘mni tashkil etadi (40 operatsiya uchun 2175480 * 40 = 91459200 so‘m (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan; byudjet mablag‘lari 54875520 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar 36583680 so‘m); 12600000 - takroriy jarrohlik xarajatlarni kamaytirish orqali erishilgan samaradorlik (4 ta bemorda operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish orqali tejash ko‘rsatkichi 729000 so‘m). Jami: 68594400 so‘m). Xulosa: bitta bemorga asoslangan yangi jarrohlik texnikasining tadbiq qilinishi 54875520 so‘m byudjet mablag‘larini va 36583680 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish