Satipov Bekzod Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dastlabki tayyorgarlik bosqichida erkin kurashchilarda jismoniy sifatlarni bog‘liqli rivojlanish va asosiy usullarini shakllantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7262.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Komil Burxonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ibragimov Begzod Baxtiyorovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy sifatlar va texnik harakatlarning asosiy elementlarini birga rivojlantirish asosida yosh erkin kurashchilarning harakat tayyorgarligi samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi erkin kurashchilarga tik va parter holatidagi texnik harakatlarni o‘rgatishda usullarni murakkablik darajasi bo‘yicha (qo‘lidan tortib parterga o‘tkazish kabi) eng samarali asosiy elementlarini bir-biriga (bel va qo‘lini ushlab aylantirib to‘ntarish kabi) bog‘lovchi klassifikatsiya tizimini ishlab chiqish hisobiga texnik harakatlar kombinatsiyalashtirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi erkin kurashchilarning tik turish va parterdagi usullarni samarali o‘rganish uchun har bir (birinchi, ikkinchi va uchunchi) o‘quv yili bo‘yicha ularni ketma-ketligi va asosiy texnika tarkibida uchraydigan (burilish paytida muvozanatni yo‘qotishga olib keladigan kabi) tipik xatolarni ekspert baholash usuliga ko‘ra aniqlash hisobiga sportchilarni usullarga o‘rgatish uslubiyati takomillashtirilgan;
sportchilarning maxsus jismoniy sifatlari va asosiy texnik usullarni o‘zlashtirishini pedogogik nazorat qilish tizimi dastlabki tayyorgarlik bosqichida erkin kurashchilarning texnik harakatlari samaradorligni oshirishda bellashuv tavsiflari va ko‘rsatkichlarini texnik-taktik (tik turish va parterda) mashqlarni bajarish orasidagi statistik korrelyatsion uzviylikni o‘zaro bog‘liqlik darajasi bo‘yicha aniqlash hisobiga takomillashtirilgan;
dastlabki tayyorgarlik bosqichidagi erkin kurashashchilarning alohida mashg‘ulot turlari uchun harakat sifatlarini rivojlantrishga va texnikani o‘rgatishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan o‘yinlarning yuklama parametrlarini (bajarish vaqti, takrorlashlar soni, dam olish tanaffuslari kabi) o‘z ichiga oluvchi tabaqalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot modulini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga sportchilarning asosiy texnik usullarni o‘zlashtirish hamda jismoniy sifatlarni maqsadli rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida 7-10 yoshdagi erkin kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligini optimallashtirish bo‘yicha tajriba natijalariga asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi erkin kurashchilarga tik va parter holatidagi texnik harakatlarni o‘rgatishda usullarni murakkablik darajasi bo‘yicha (qo‘lidan tortib parterga o‘tkazish kabi) eng samarali asosiy elementlarini bir-biriga (bel va qo‘lini ushlab aylantirib to‘ntarish kabi) bog‘lovchi klassifikatsiya tizimini qo‘lash bo‘yicha tavsiyalar Xorazm viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi 03-01/04/20/9916-son ma’lumotnomasi). Natijada, sportchilarni texnik harakatlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari 21 % ga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi erkin kurashchilarning tik turish va parterdagi usullarni samarali o‘rganish uchun har bir (birinchi, ikkinchi va uchunchi) o‘quv yili bo‘yicha ularni ketma-ketligi va asosiy texnika tarkibida uchraydigan (burilish paytida muvozanatni yo‘qotishga olib keladigan kabi) tipik xatolarni ekspert baholash usuliga ko‘ra aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch shahar sport maktabi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi 03-01/04/20/9916-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh sportchilarni tayyorlash bo‘limidagi murabbiylarning bilimlari 8-16% ga oshgan;
sportchilarning maxsus jismoniy sifatlari va asosiy texnik usullarni o‘zlashtirishini pedogogik nazorat qilish tizimi dastlabki tayyorgarlik bosqichida erkin kurashchilarning texnik harakatlari samaradorligni oshirishda bellashuv tavsiflari va ko‘rsatkichlarini texnik-taktik (tik turish va parterda) mashqlarni qo‘lash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch tuman sport maktabi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-setyabrdagi 03-01/04/20/9916-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh erkin kurashchilarning texnik usullarni o‘zlashtirish darajasini 18 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
dastlabki tayyorgarlik bosqichidagi erkin kurashashchilarning alohida mashg‘ulot turlari uchun harakat sifatlarini rivojlantrishga va texnikani o‘rgatishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan o‘yinlarning yuklama parametrlarini (bajarish vaqti, takrorlashlar soni, dam olish tanaffuslari kabi) o‘z ichiga oluvchi tabaqalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot modulni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 1-son sport maktabi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-sentyabrdagi 03-01/04/20/9916-son ma’lumotnomasi). Natijada texnik harakatlarni o‘rgatish vaqti 16-21% ga qisqarishiga va texnik harakatlarni bajarish sifati 23% ga oshishiga erishlgan.