Maxarov Qodirbek Tolkunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Berilganlarda noaniqlik bo‘lganda qaror qabul qilish tizimi”, 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4194
Ilmiy rahbar: Madraximov Shavkat Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, professor;
Muxamediyeva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tanlanma obektlari tavsifidagi mantiqiy mos kelmaydigan qiymatlarni aniqlash va to‘liq bo‘lmagan berilganlar mavjud holatlarda tasniflash masalasining algoritmlari hamda dasturiy majmuasini (tizimini) ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miqdoriy alomatlar juftligi bo‘yicha mantiqiy mos kelmaslikni aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
miqdoriy alomatlar juftliklari bo‘yicha mumkin bo‘lgan qiymatlarni hisobga olgan holda bilimlar bazasini shakllantirish uslubiyati ishlab chiqilgan;
turg‘unlik o‘lchovi asosida alomatlar to‘plamining informativligini baholash algoritmi va qaror qabul qilish tizimi ishlab chiqilgan;
berilganlarda noaniqlik bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun umumlashgan baholar asosida alomatlar fazosi o‘lchamini qisqartirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Berilganlarda noaniqlik bo‘lganda qaror qabul qilish uchun ishlab chiqilgan algoritmlar va ularning dasturiy ta’minoti yordamida olingan ilmiy yangiliklar asosida:
miqdoriy alomatlar juftliklari uchun mumkin bo‘lgan qiymatlar bo‘yicha intervallarni hisoblash algoritmi asosida mantiqiy mos kelmaydigan qiymatlarni aniqlash, berilganlarda noaniqliklar bo‘lgan holatlarda qabul qilinadigan qarorlarning ishonchliligini baholash algoritmlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil
16 maydagi № 33-8/3190-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘pka sili bo‘yicha berilganlar bazasini shakllantirish jarayonida berilganlarni tekshirish va qaror qabul qilish jarayoni vaqti 10-15% ga qisqartirish imkonini bergan;
berilganlarda noaniqlik bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun umumlashgan baholar asosida alomatlar fazosini qisqartirish algoritmi va latent alomatlar fazosini shakllantirish jarayonining parallel algoritmi asosida yaratilgan qaror qabul qilish tizimi “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024 yil 16 maydagi № 33-8/3190-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilish jarayoni vaqtini 15-20 foizga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish