Bolikulov Jo‘rabek Sag‘dullaevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini olish bo‘yicha taqdimnoma himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Tadqiqot mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy xomashyolar asosida yong‘in o‘chirish ko‘piklarining yangi tarkiblarini ishlab chiqish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi  tadqiqot mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3530.
Ilmiy rahbar: Boltaboev Raxmat, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Tadqiqot bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Tadqiqot yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mahalliy tabiiy o‘simlik va qo‘shimcha xomashyolar asosida yangi tarkibli ekologik bezarar (xavfsiz) ko‘rik hosil qiluvchi modda tarkibini ishlab chiqish, uning fizik–kimyoviy xossalarini tadqiq etish hamda yong‘in o‘chirish amaliyotiga joriy etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor sirt faol modda va suvda eriydigan polimerlar asosida yangi ko‘pikli yong‘in o‘chiruvchi tarkiblarning fizik-kimyoviy xossalari tadqiq qilinishi evaziga, etmak o‘simlik ildizidan olingan modda, sulfanol (sirt faol modda), OP–10 (ho‘llovchi modda), polietilenglikol, polivinilspirt, karboksimetilsellyuloza (polimer) kabi kimyoviy birikmalar asosida yangi tarkibli ko‘pik hosil qiluvchi modda olingan (№IAR 20230625 raqamli ixtiro ratenti).
zamonaviy fizik-kimyoviy jihozlar asosida olingan tahlillarga muvofiq, etmak o‘simlik ildizidan olingan modda, sulfanol (sirt faol modda), OP–10 (ho‘llovchi modda), polietilenglikol, polivinilspirt, karboksimetilsellyuloza (polimer)  va ularning turli xil nisbatli mexanik aralashmalaridan tashkil topgan, samarador ko‘pik hosil qiluvchi moddani olishning optimal konsentratsiyalari aniqlangan;
olingan yangi tarkibli ko‘pik hosil qiluvchi modda yordamida yong‘inlarni tezkorlik bilan o‘chirish imkoniyati va samaradorligi 20–25% gacha yaxshilanganligi, yong‘in o‘chog‘iga ko‘pik moddasini tezkorlik bilan purkash orqali qattiq va suyuq moddalarni benuqson o‘chira olish xususiyati oshirilgan;
yangi olingan ko‘pik hosil qiluvchi tarkib GOST–27331–87 (Yong‘inlar klassifikatsiyasi) meyor talabi bo‘yicha tahlil qilinganda A1, A2, V1 va V2 yong‘in sinflariga mansub bo‘lgan moddalarni tezkorlik bilan samarali o‘chirishi amaliy jihatdan isbotlanishi bilan birgalikda, ko‘pik hosil qiluvchi tarkiblarini toʻliq mahalliylashtirish va ishlab chiqarish imkoniyati borligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida olingan yangi tarkibli yong‘in o‘chirish ko‘rigi bilan yong‘inlarni samarali bartaraf etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘rik hosil qiluvchi moddaga O‘zbekiston Resrublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan (№IAR 20230625) raqamli ixtiro ratenti olingan. Yangi olingan ko‘rik hosil qiluvchi tarkib O‘zbekiston Resrublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023–yil 4–maydagi 6/4/30–1284–son ma’lumotnomasi). Yangi olingan ko‘rik hosil qiluvchi tarkib “Westtexsintez” MChJ korxonasida ishlab chiqarilishga joriy qilinishiga erishilgan (“Westtexsintez” MChJ korxonasiga ishlab chiqarishga tadbiq etilganligi to‘g‘risidagi 2024–yil 28–fevral kunidagi dalolatnoma).
Natijada, texnik ko‘rsatkichlari va shartlarga mos keladigan, tannarxi arzonlashgan ko‘rik hosil qiluvchi moddaning yangi tarkibini ishlab chiqishga erishilishi bilan birgalikda, mahalliy xomashyolar asosida yangi tarkibli ekologik toza ko‘rik hosil qiluvchi moddalarni to‘liq mahalliylashtirish hamda xorijdan imrort qilinayotgan ko‘rik hosil qiluvchi moddalarni xarid qilishni kamaytirish mumkinligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish