Azimov Xolmumin Gulboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qurilish konstruksiyalarining issiqlik izolyasiyalash va olovbardoshlilik xususiyatlarini oshirish usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3528.
Ilmiy rahbar: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi “Umumkasbiy va umumilmiy fanlar” kafedrasi boshlig‘i, t.f.d, dotsent Murtazaev Quvondiq Mustafaevich.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponentlar sifatida O‘zbekiston-Belorussiya qo‘shma ta’lim instituti direktori, t.f.d, professor Baxadirov Azizbek Abdulazizovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy tatqiqot instituti boshlig‘i, t.f.f.d. (PhD), professor, Djuraev Sobir Mirzaevichlar.
Yetakchi tashkilot sifatida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Temir-beton konstruksiyalarining yong‘inga chidamliligini oshirish hamda issiqlik fizik xususiyatlariga ega bo‘lgan polimer qoplamalarni olovga bardoshliligini oshirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
akril sopolimerlari asosida yong‘indan himoyalovchi qoplamalarning mahalliy va ikkilamchi xomashyolardan yangi tarkibli polimer kompozitlari tarkiblarining metall, temir-beton konstruksiyalarni issiqlik va olov ta’siridan samarali himoyalovchi yangi namunadagi qoplamalar tarkiblari olingan;
yangi tarkibli polimer qoplamalar fizik-kimyoviy va mexanik xossalari polifunksional ta’sirga ega kimyoviy qo‘shimchalarni optimal nisbatlardan kelib chiqib polimer qoplamaning adgeziyasi 1 ball, maydalanish darajasi 40 mkm, ta’sirlariga nisbatan mustahkam ekanligi aniqlangan;
bino-inshootlarda qo‘llanadigan temir-beton konstruksiyalarining yong‘indan himoyalovchi qoplamalarining yong‘in-texnik talablari asosida kislorod indeksini 19,5 % dan 40 % gacha oshirishga erishilgan bo‘lib, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti λ=0,386 [W/(m•K)] dan λ=0,181 [W/(m•K)] gacha ekanligi asoslangan;
akril sopolimerlari asosida yong‘indan himoyalovchi qoplamalarning olov va termikbardosh qavariqlanadigan polimer kompozitlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi past, issiqlik sig‘imi yuqori ekanligi, tashqi ta’sir omillariga chidamligi ekanligi, yuqori harorat ta’sirida qavariqlanishi hisobiga metall, temir-beton konstruksiyalarning olov va termikbardoshligini 900-1200 0S gacha muxofazalashga erishilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish konstruksiyalarining issiqlik izolyasiyalash va olovbardoshlik xususiyatlarini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bino-inshootlarning temir-beton konstruksiyalarini yong‘indan himoyalashda qo‘llanadigan yong‘indan himoyalovchi akril sopolimerlari asosida yong‘indan himoyalovchi qoplamalar tarkiblari olingan. Olingan yangi tarkibli qoplamalar, “O‘zog‘irsanoatloyiha” institutiga joriy etilgan (2023-yil 3-oktyabrdagi 7/801-son dalolatnoma). Natijada ishlab chiqarish jarayonida qoplamalar temir-beton konstruksiyalarini yong‘in va issiqlik o‘tkazuvchanlikdan yuqori darajada himoyalash imkoniyatini berishi bilan birgalikda, yuqori va ko‘p qavatli imoratlarning xavfsizligini ta’minlashga loyiha smetalariga kiritilishiga erishilgan.
akril sopolimerlari asosida yong‘indan himoyalovchi qoplamalarning yangi tarkiblari O‘zbekiston Respublikasi FVVning tegishli xizmatlariga tatbiq etilgan (2024-yil 15-yanvar kunidagi 5/4/40–125-sonli ma’lumotnomasi). Natijada termik va yong‘inbardosh qavariqlanuvchi kompozitlarning yangi tarkiblarii, metall, temir-beton va po‘lat konstruksiyalarining termik va issiqlik izolyasiyalash xususiyatlari 20-25 % gacha yaxshilashga, mustahkamligini 10-12% gacha, avariya-qutqaruv ishlarini tashkillashtirishga ketadigan vaqt, sarflanadigan kuch va vositalarning xarakatini 2-3 daqiqagacha qisqarishiga erishilgan.