Xurramov Asliddin Shokir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l transporti radioaloqa tarmog‘ini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4293.
Ilmiy rahbar: Xalikov Abdulxak Abdulxairovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Boltaev Sunnatillo Tuymurodovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti radioaloqa tarmog‘ini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tezkor texnologik tarmoqlarni raqamlashtirish va zahiralash orqali harakatlanuvchi tarkiblar mashinistlari bilan stansiya navbatchisi va poezd dispetcheri o‘rtasida uzlyuksiz raqamli radioaloqa so‘zlashuv usuli takomillashtirilgan;
raqamli radioaloqa tarmog‘i qurilmalari ishlarini tahlil qilish va raqamli retranslyatorni optimal joylashtirishni hisobga olib ovozli so‘zlashuvlarni uzlyuksiz uzatish jarayonining matematik modellari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan aloqa tarmog‘ini mantiqiy-ehtimoliy modeliga asoslangan holda radioaloqa qurilmalarini masofadan turib ularning ishchi holatini monitoringlash orqali tezkor texnologik tarmoqda raqamli ma’lumotlarni uzatish ishonchliligi oshirilgan;
raqamli aloqa tarmog‘iga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda tarmoqlararo ekranlash orqali tezkor texnologik radioaloqa liniyalaridagi ma’lumotlar almashinuvi va so‘zlashuvlar xavfsizligini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transporti radioaloqa tarmog‘ini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
poezd radioaloqasi tizimini berk (yopiq) bo‘shliqda radioto‘lqinlar tarqalishining matematik modellari majmui ishlab chiqilib, ular o‘z ichiga quyidagilarni olgan: radioto‘lqinlar bilan qoplashga qo‘yiladigan talablarni qondiradigan raqamli retranslyatorlarni optimal joylashtirish matematik modeli; radioaloqa tarmog‘ini chastota-hududiy jihatidan rejalashtirishning matematik modeli; radioaloqa tizimining algoritmi va ishlashining matematik modeli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli “Angren-Pop” tonnelida va “Pop-1–Namangan–Andijon-2” uchastkalarida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 4 apreldagi №01/1049-22-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan matematik modellashtirishlar asosida temir yo‘l uchastkalarida texnologik jihatdan yagona temir yo‘l radioaloqa tarmog‘ini qurish, radioaloqa tizimining taqdim etilayotgan funksionalligini ko‘paytirish (oshirish), temir yo‘l radioaloqasi tarmog‘i ishonchliligini oshirish orqali poezd radioaloqasi ma’lumotlar uzatish aniqligi va xalaqitbardoshligini oshirishga erishilgan;
temir yo‘l transportida raqamli radioaloqaga asoslangan DMR standarti radiostansiyalarining GPS signallari ma’lumotlariga asoslangan holda shu uchastka despetcheriga poezdlardan onlayn ma’lumotlari asosida harakatdagi poezdlarni monitoring qilish usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ga qarashli “Pop-1–Namangan–Andijon-2” temir yo‘l uchastkasida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 4 apreldagi №01/1049-22-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar temir yo’l uchaskasida radioaloqani tashkil qilish va poezdlar harakati xavfsizligini oshirish shu bilan birga ularni onlayn monitoring qilish orqali olingan ma’lumotlarni uchastka dispetcheriga va elektromexaniklariga onlayn uzatish imkoniyati yaratilgan.