Qurbonova Yulduz Qulmurot qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasi mazmunini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1969.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Yusubova Rano Norboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa Muradovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasi mazmunini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasi mazmunini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ona tili darslarida sodda gap sintaksisiga oid lingvistik bilim berishda spiralsimon o‘qitish, kommunikativ, integrativ, kognitiv-pragmatik va assotsiativ yondashuvlar asosida o‘quvchilarning mantiqiy va kritik fikrlash, voqelikka kreativ munosabat bildirish malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish mazmuni gap strukturasini murakkablashtiruvchi komponentlar: uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, undalmalar, kirish va kiritmalarni o‘qitish, egallangan lingvistik bilimlarni kontekstda qo‘llay olishga yo‘naltirilgan nutqiy faoliyatning reseptiv va produktiv turlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasini takomillshtirish modeli sodda gap sintaksisini o‘qitish orqali o‘quvchilarda tinglab tushunish (anglash), gapirish (nutq so‘zlash), o‘qib tushunish (fahmlash) va yozish (savodli va mazmunli matn (insho) tuzish) ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol usullarni kreativ, faollik, reflektiv, empatik yondashuvlarga markazlashtirish, natijaviylik, refleksivlik, ko‘pomillilik prinsiplari orqali integratsiyalsh asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasi sodda gap sintaksisini o‘qitishning lingvistik bilim kontekstiga hamda 4K modeliga asoslangan interfaol usullarni o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga o‘quv topshiriqlari va algoritmik mashqlar asosida moslashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasi mazmunini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ona tili darslarida sodda gap sintaksisiga oid lingvistik bilim berishda spiralsimon o‘qitish, kommunikativ, integrativ, kognitiv-pragmatik va assotsiativ yondashuvlar asosida o‘quvchilarning mantiqiy va kritik fikrlash, voqelikka kreativ munosabat bildirish malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasi mazmunini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlariga doir xulosalardan ona tili ta’limi jarayonida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 4-martdagi 01/11-01/6-129-son ma’lumotnomasi). Natijada sodda gapni o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning turli nutqiy vaziyatlarda sodda gap sintaksisidan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan;
gap strukturasini murakkablashtiruvchi komponentlar: uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, undalmalar, kirish va kiritmalarni o‘qitish, egallangan lingvistik bilimlarni kontekstda qo‘llay olishga yo‘naltirilgan nutqiy faoliyatning reseptiv va produktiv turlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish mazmuniga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1-GOO3 raqamli, «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental loyihasining “Umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitishning mazmuni, shakli va vositalari” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 10-sentabrdagi 17.01/207-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasi lingvistik bilimni kontekstda berish, evristik intuisiya, loyiha metodlari asosida takomillashtirish ko‘zda tutilgan nazariy asoslarni shakllantirishga xizmat qilgan;
sodda gap sintaksisini o‘qitishning lingvistik bilim kontekstiga hamda 4K modeliga asoslangan interfaol usullarni o‘quvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga o‘quv topshiriqlari va algoritmik mashqlar asosida moslashtirish orqali takomillashtirilgan umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan FA-A1-G007 raqamli «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obyekti sifatida» mavzusidagi fundamental loyihasini “Ona tili ta’limida sodda gap sintaksisini o‘qitishda didaktik vositalarning o‘rni va ahamiyati” qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi QQB Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 10-sentabrdagi 17.01/206-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili darslarida o‘quvchilarning sodda gaplarga oid lingvistik kompetensiyasini shakllantirish metodikasining takomillashuviga xizmat qilgan;
sodda gap sintaksisini o‘qitish orqali o‘quvchilarda tinglab tushunish (anglash), gapirish (nutq so‘zlash), o‘qib tushunish (fahmlash) va yozish (savodli va mazmunli matn (insho) tuzish) ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol usullarni kreativ, faollik, reflektiv, empatik yondashuvlarga markazlashtirish, natijaviylik, refleksivlik, ko‘pomillilik prinsiplari orqali integratsiyalsh asosida takomillashtirilgan umumta’lim maktablarida sodda gap sintaksisini o‘qitish metodikasini takomillshtirish modelidan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini “Ona tili ta’limida sodda gap sintaksisini o‘qitishning metodik muammolari” qismini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlar ilmiy tadqiqot Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 1-dekabrdagi 352/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘qib tushunish, tinglab tushunish, og‘zaki va yozma nutq hamda lingvistik ko‘nikmalari rivojlanishiga xizmat qilgan.