Kuldasheva Sanobar Xayotovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tilini o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1654.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matjonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodieva Matluba, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tilini o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tili ta’limida multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari matn, tasvir, audio, video va animatsiya kabi multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tashxislash, motivatsiyaviy hamda integrativ yondashuvlar imkoniyatlariga o‘quvchilarning rivojlanish vektoriga muvofiq integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning intellektual-bilish malakalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti sinflar kesimi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlari doirasida material tanlash, me’yor, hajm, mezon kabi multimedia dasturlarining ko‘pfunksional xususiyatlarini ularning individual ta’lim traektoriyasiga ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga muvofiq yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
ona tili o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishning funksional modeli izlanuvchanlikka xos ta’kidiy, mantiqiy, umumlashtiruvchi texnologiyalar komponentlari tarkibidagi til materialini estetik idrok etish va o‘zlashtirishga doir evristik, pozitivlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik va motivatsion elementlariga deterministik omillar vositasida uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
multimedia vositalari asosida o‘quvchilarning o‘quv predmetiga oid qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi o‘quvchilarning lingvistik va nutqiy ko‘nikmalari, intellektual, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan kommunikativ-faoliyatli yondashuvlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning determinantlariga muammoli evristik modellashtirish orqali intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tilini o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
matn, tasvir, audio, video va animatsiya kabi multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tashxislash, motivatsiyaviy hamda integrativ yondashuvlar imkoniyatlariga o‘quvchilarning rivojlanish vektoriga muvofiq integratsiyalash asosida takomillashtirilgan ona tili ta’limida multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlariga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida bajarilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish” loyihasida ona tili va adabiyot fanlari mazmunini ishlab chiqishga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 20-sentyabrdagi 01/11-01/6-1504-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanining o‘quv-metodik materiallarini ishlab chiqishda xizmat qilgan;
izlanuvchanlikka xos ta’kidiy, mantiqiy, umumlashtiruvchi texnologiyalar komponentlari tarkibidagi til materialini estetik idrok etish va o‘zlashtirishga doir evristik, pozitivlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik va motivatsion elementlariga deterministik omillar vositasida uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan ona tili o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishning funksional modeliga oid tavsiyalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan I-OT-2019-7 Umumiy o‘rta maktablar uchun mo‘ljallangan 3D-tizimli interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish (5-sinf “Adabiyot” fani uchun) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2022-yil 11-oktyabrdagi 450-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalarining pedagogik faoliyat samaradorligi oshgan, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmasi shakllantirilgan, ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sinflar kesimi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlari doirasida material tanlash, me’yor, hajm, mezon kabi multimedia dasturlarining ko‘pfunksional xususiyatlarini ularning individual ta’lim traektoriyasiga ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga muvofiq yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan ona tili darslarida o‘quvchilarning intellektual-bilish malakalarini rivojlantirishning didaktik ta’minotiga doir takliflardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” dasturi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-yanvardagi 06-28-1127-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning badiiy qiymatini oshirish, teletomoshabinga qiziqish orttirish, uning estetik didini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, fizik va ruhiy ta’sir o‘tkazish, ma’lumotlarni saralash va tanlash qobiliyatini shakllantirish, shaxsiy xususiyatlarini takomillashtirish, turli ma’lumotlarni obrazli qilib etkazib berishga xizmat qilgan.