Xusanova Feruza Zoxidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirish texnologiyalari (filologiya yo‘nalishi talabalari misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3683.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Muminova Dilafro‘z Akbaralievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
       Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘ulxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari mazkur jarayon pedagogik texnologiyalari va didaktik imkoniyatlarini pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga konseptual asosda metodologik jihatdan muvofiqlashtirish hamda ijodiy komponentlar, mazmun va shakl birligiga ko‘ra tasniflash asosida modernizatsiyalashtirilgan;
talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirish texnologiyasi auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning didaktik komponentlarini talabalarni ijodiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarga metodik jihatdan integratsiyalash va rivojlantirish tamoyiliga ko‘ra talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini kvalimetrik baholash sifatini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirishning  funksional  modeli talabalarda badiiy-ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirishning  motivatsion, kognitiv, mazmunli, faoliyatli, jarayonli, refleksiv va texnologik komponentlarini bilimlarni ilmiy dalillarga asoslangan holda o‘rganish imkoniyatini beruvchi individuallashtirish va differensatsiyalashtirish, o‘z-o‘zini faollashtirish hamda shaxsiy portfoliosini boyitish faoliyatiga maqsadli yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini oshirishning metodik ta’minoti ularning ijodiy qobilyati, kasbiy mahoratini to‘garaklarda innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar metodikasini o‘rganish  orqali  badiiy  ijodiy faollikka doir bilim va ko‘nikmalarini adabiy ta’limning faoliyatga yo‘naltirilgan va kommunikativ usullariga verbal, noverbal va individual ravishda kompleks qo‘llash asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirishning nazariy-amaliy xususiyatlari tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik texnologiyalari va didaktik imkoniyatlarini pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga konseptual asosda metodologik jihatdan muvofiqlashtirish hamda ijodiy komponentlar, mazmun va shakl birligiga ko‘ra tasniflsh asosida modernizatsiyalashtirilgan talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari bo’uisha taklif va tavsiualaridan Farg‘ona davlat universitetida 2018-2020-uillarda bajarilgan RZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqqiu jamiuatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiu faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliu  louiha doirasida foudalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-uil 01-maudagi 01-1846-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni to’garaklar orqali ijodiu faolligini samaradorligini oshirishga erishilgan;
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning didaktik komponentlarini talabalarni ijodiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarga metodik jihatdan integratsiyalash va rivojlantirish tamoyiliga ko‘ra talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini kvalimetrik baholash sifatini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirish  texnologiyasi bo’uisha taklif va tavsiualardan Respublika tashxis markazining 2020 yil 25-sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 46-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘qituvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarini oshirish bo‘yicha yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/11-02/02-1920-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo’lajak o’qituvshilarning to’garaklar orqali kasbiu metodik  tauuorlgarlik  salohiuati,  ijodkorlik samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda badiiy-ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirishning  motivatsion, kognitiv, mazmunli, faoliyatli, jarayonli, refleksiv va texnologik komponentlarini bilimlarni ilmiy dalillarga asoslangan holda o‘rganish imkoniyatini beruvchi individuallashtirish va differensatsiyalashtirish, o‘z-o‘zini faollashtirish hamda shaxsiy portfoliosini boyitish faoliyatiga maqsadli yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini rivojlantirishning  funksional  modeli, ularning ijodiy qobilyati, kasbiy mahoratini to‘garaklarda innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar metodikasini o‘rganish  orqali  badiiy  ijodiy faollikka doir bilim va ko‘nikmalarini adabiy ta’limning faoliyatga yo‘naltirilgan va kommunikativ usullariga verbal, noverbal va individual ravishda kompleks qo‘llash asosida takomillashtirilgan talabalarni to‘garaklar orqali ijodiy faolligini oshirishning metodik ta’minoti bo’uisha taklif va tavsiualardan  Respublika tashxis markazining 2020 yil 25-sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 46-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘qituvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarini oshirish bo‘yicha yo‘riqnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/11-02/02-1920-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavriuat ta’lim uo’nalishi ushun ilmiu metodik adabiuotlar ta’minoti mazmunini bouitilishiga hamda talabalarda ijodiu faoliuat tajribasini shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish