Obidova Gulmira Kuzibaevananing
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompleks yondashuv asosida talabalarda ekologik madaniyatni rivojlanish texnologiyasi (texnika oliy o‘quv yurtlarida ingliz tilini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped520.
Ilmiy maslahatchi: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid umrzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc) dotsent; Jumaxanov Shavkatjon Zairjonovich, geografiya fanlari doktori (DSc) dotsent; Salieva Zuhra Taxirovna pedagogika fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika (bakalavriat) yo‘nalishi talabalarida ingliz tili va ekologik ta’limni integratsiyalash orqali ekologik madaniyatni rivojlantirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning diagnostikasi til bilish indikatorlari hamda ingliz tilini o‘rganish bosqichlaridagi kommunikativlik, motivatsion, improvizatsion so‘zlashuv faoliyatidagi ko‘nikmalarining amaliyotdagi mutanosibligini tizimli baholash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlarida ingliz tili fanidan o‘tiladigan mashg‘ulotlarda talabalarning eko-texnologik faoliyatga tayyorlashda texnikaga oid terminlarni o‘zlashtirish bosqichlarini individual va shaxslararo munosabatlarda qayta aloqaga kirish darajasini subekt – subekt munosabatlarining qayta aloqasiga ustuvorlik belgilash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishda antroposentrik ekologik ong strukturasi mantiqiy va tanqidiy fikrlash darajalarining motivatsion, aksiologik, etik, operatsion harakat, hissiy - irodaviy komponentlari, ingliz tilidagi bilimlarni tizimlashtirish subektiv munosabat bildirish malakasini intensiv rivojlantirish asosida muvofiqlashtirilgan ;
ingliz tili mashg‘ulotlasrida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, qo‘shimcha til o‘rganish imkonini beruvchi hamda individual xususiyatlari, mutaxassislik fanlarining integratsion mazmuni o‘rtasidagi reproduktiv aloqadorligiga ko‘ra motiv va qiziqishlarini diagnoz qilishga yo‘naltirilgan “Thirdface” platformasi ishlab chiqilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarining ekologik madaniyatini rivojlantirishda ekologik tushunchalarning reproduktiv hamda produktiv darajalari ingliz tili darslarida ekotexnologiyaning mazmuniga doir dalillarga ko‘ra aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy o‘quv yurtlarida ingliz tilini o‘rgatishda talabalarning ekoligik madaniyatlarini rivojlantirishdagi o’rni va ilmiy natijalar asosida:
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarining ekologik madaniyatini rivojlantirishda ekologik tushunchalarni xalqaro baholsh dasturlaridan foydalangan holda reproduktiv hamda produktiv darajalari ingliz tili darslarida ekotexnologiyaning mazmuniga doir dallilari “Pathway to IT” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, №391136 raqamli guvohnomasi). Natijada kompleks yondashuv asosida texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarining ekologik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning diagnostikasi til bilish indikatorlari hamda ingliz tilini o‘rganish bosqichlaridagi kommunikativlik, motivatsion, improvizatsion so‘zlashuv faoliyatidagi ko‘nikmalari amaliyotdagi mutanosibligi tizimli baholash jarayonlari “Pathway to IT” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, №391136 raqamli guvohnomasi). Natijada ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarning kommunikativlik, motivatsion, improvizatsion so‘zlashuv faoliyatidagi ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlarida ingliz tili fanidan o‘tiladigan mashg‘ulotlarda talabalarning eko-texnologik faoliyatga tayyorlashda texnikaga oid terminlarni o‘zlashtirish bosqichlarini individual va shaxslararo munosabatlarda qayta aloqaga kirish darajasini subekt – subekt munosabatlarining qayta aloqalari Farg‘ona viloyati telekanalining “Kun mavzusi” ko‘rsatuvini tayyoralashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2024 yil 29–fevraldagi 02-12/40–son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni eko-texnologik faoliyatga tayyorlashdagi tarbiyaviy omillari interfaol ta’lim metodlari asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishda antroposentrik ekologik ong strukturasi mantiqiy va tanqidiy fikirlash darajalarining motivatsion, aksiologik, etik, operatsion harakat, hissiy - irodaviy komponentlari, ingliz tilidagi bilimlarni tizimlashtirish subektiv munosabat bildirish malakasini intensiv rivojlantirish jarayoni “Pathway to IT” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, №391136 raqamli guvohnomasi). Natijada ingliz tili mashg‘ulotlarida talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishda antroposentrik ekologik ong strukturasi shaxsiy-qadriyatli yondashuvlarining samaradorligi oshgan.