Kabulova Sabohat Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oilaviy shajaraning shaxs professional shakllanishiga ta’sirining psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P641.
Ilmiy rahbar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Hojiboev Ilhomjon Islomjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy shajaraning shaxs professional shakllanishiga ta’sirini psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farzandning «ota kasb»ga intiluvchanligi «psixologik meros» va «nasliy meros» fenomenlari ta’siri natijasida sulola vakilining ichki tuyg‘usi va genetik asosidan kelib chiqib subsotsial obektlarga yo‘nalganligi bilan identiv namoyon bo‘lishi tufayli, sifat va belgilar(irsiyat)ning ustuvor omil ekanligi dalillangan;
oilaviy shajarining shaxs professionalizmini shakllanishidagi ta’siriga ko‘ra, farzandlardagi sotsial obektlarga yo‘nalganlikning maskulinlik va femininlik stereotiplari bilan integratsiyasi tufayli «inson-inson» tipidagi o‘qituvchi va shifokor kasblarini tanlashida «dixotomik» xususiyatlarning ustuvorligi pedagogik-psixologik jihatdan asoslangan;
to‘g‘ri va yon shajarali sulolaviy o‘qituvchi va shifokorlar farzandlarining kasbiy-shaxsiy qobiliyatlari rivojlanishida «xotirada mavjud bo‘lgan kishilar», «hodisalar», «vaziyatni idrok etish» kabi «ijtimoiy-biologik» dilemmalarning ustuvor xarakterda ekanligi tufayli kasb tanlashni amalga oshirish istagi darajasi va ijtimoiy manfaatlar indeksi o‘rtasidagi farqlarni mavjudligi isbotlangan;
farzandlarning ota-onalariga identifikatsiyalashuviga ko‘ra «ijtimoiy etuklik» va «mustaqillik» sifatlari parametrlarining o‘zaro bir semantik maydondagi differensiatsiyasi «kirishimli», «harakatchan», «faol», «o‘ziga ishongan» kuch va faollikni ifodalovchi shaxslilik sifatlariga ega uchinchi va to‘rtinchi avlod vakillari kutilmalarida «ota-kasb»ga da’vogarlik darajasini baholovchi kasbiy sifatlar ustuvor ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy shajaraning shaxs professional shakllanishiga ta’sirining psixologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yisha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
farzandning «ota kasb»ga intiluvshanligi «psixologik meros» va «nasliy meros» fenomenlari ta’siri natijasida sulola vakilining ishki tuyg‘usi va genetik asosidan kelib shiqib subsotsial obektlarga yo‘nalganligi bilan identiv namoyon bo‘lishi tufayli, sifat va belgilarning ustuvor omil ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-109-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-109-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, «psixologik meros» va «nasliy meros» fenomenlari asosida farzandning «ota kasb»ga intiluvshanligini ilmiy jihatdan asoslashga imkon yaratilgan;
oilaviy shajarining shaxs professionalizmini shakllanishidagi ta’siriga ko‘ra, farzandlardagi sotsial obektlarga yo‘nalganlikning maskulinlik va femininlik stereotirlari bilan integratsiyasi tufayli «inson-inson» tipidagi o‘qituvchi va shifokor kasblarini tanlashida «dixotomik» xususiyatlarning ustuvorligi pedagogik-psixologik jihatdan asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-109-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-109-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, maskulinlik va femininlik stereotirlarining shaxs professionalizmga ta’sirini psixologik jihatdan emririk o‘rganish ko‘lami kengaytirilgan;
to‘g‘ri va yon shajarali sulolaviy o‘qituvchi va shifokorlar farzandlarining kasbiy-shaxsiy qobiliyatlari rivojlanishida «xotirada mavjud bo‘lgan kishilar», «hodisalar», «vaziyatni idrok etish» kabi «ijtimoiy-biologik» dilemmalarning ustuvor xarakterda ekanligi tufayli kasb tanlashni amalga oshirish istagi darajasi va ijtimoiy manfaatlar indeksi o‘rtasidagi farqlarni mavjudligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-109-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-109-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘ri va yon shajarali sulolaviy o‘qituvchi va shifokorlar misolida oilaviy shajaraning kasbiy-shaxsiy qobiliyatlar rivojidagi rolini emririk tadqiq etishga muvaffaq bo‘lingan;
farzandlarning ota-onalariga identifikatsiyalashuviga ko‘ra «ijtimoiy etuklik» va «mustaqillik» sifatlari parametrlarining o‘zaro bir semantik maydondagi differensiatsiyasi «kirishimli», «harakatchan», «faol», «o‘ziga ishongan» kuch va faollikni ifodalovchi shaxslilik sifatlariga ega uchinchi va to‘rtinchi avlod vakillari kutilmalarida «ota-kasb»ga da’vogarlik darajasini baholovchi kasbiy sifatlar ustuvor ekanligi dalillangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-109-son buyrug‘i bilan «Psixologik maslahat va korreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM-109-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, farzandlarning ota-onalariga nisbatan identifikatsiyalashuvida oilaviy shajaraga xos psixologik indikatorlar aniqlangan hamda professional shaxsni shakllanishiga ko‘maklashuvchi amaliy tavsiyalar takomillashtirishga erishilgan.