Otaqulova Dilorom Azimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda empatik munosabatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P761.
Ilmiy rahbar: Tursunov Lutfulla Sayfullaevich, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axrorov Voris Yunusovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda empatik munosabatlar shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda bu xususiyat shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillarni ochib berish orqali tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda konstruktiv empatik munosabat namoyon bo‘lishi natijasida o‘quv faoliyatida yetakchilik, identifikatsion empatiya, empatiyani rivojlanish dinamikasi, emotsional holatlarda o‘zini nazorat qilish, emotsional vaziyatlarda o‘zini boshqara olish hamda konformlik singari shaxsning motivatsion-emotsional omillari ijobiy darajada ta’sir qilishi asoslangan;
talabalarda empatik munosabat shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik xususiyatlarga kognitiv, konativ hamda affektiv xulq-atvor xususiyatlari bilvosita ta’sir etishi hamda inqirozli vaziyatlarga munosabat, o‘quv faoliyatidagi vaziyatlarga munosabat, guruhdoshlar bilan munosabat hamda o‘qituvchilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda yaqqol ko‘zga tashlanishi dalillangan;
turli yo‘nalishda tahsil oladigan talabalarda empatik munosabat shakllanishining psixologik xususiyatlari tahlil qilinib, bunda ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga qaraganda ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarda empatik munosabat shakllanganligi isbotlangan;
empatik munosabatlarning psixologik jihatlarini ta’minlovchi sifatlar shakllanishi natijasida, talabalarda mustaqillik, hamkorlik, kelishuvchanlik, moslashuvchanlik, mas’uliyatlilik va liderlik xususiyatlari asosiy faktorlarni tashkil etganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda empatik munosabatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda konstruktiv empatik munosabat namoyon bo‘lishi natijasida o‘quv faoliyatida yetakchilik, belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajara olish, irodaviy mas’uliyatlilik, emotsional holatlarda o‘zini nazorat qilish, emotsional vaziyatlarda o‘zini boshqara olish hamda konformlik singari shaxsning motivatsion-emotsional omillari ijobiy darajada ta’sir qilishi asoslanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 23-noyabrdagi PM-90-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-noyabrdagi PM-90-a son ma’lumotnomasi). Buning natijasida talabalarda empatik munosabatni shakllantirishga nisbatan malaka-ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
talabalarda empatik munosabat shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik xususiyatlarga kognitiv, konativ hamda affektiv xulq-atvor xususiyatlari bilvosita ta’sir etishi hamda inqirozli vaziyatlarga munosabat, o‘quv faoliyatidagi vaziyatlarga munosabat, guruhdoshlar bilan munosabat hamda o‘qituvchilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda yaqqol ko‘zga tashlanishi dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 23-noyabrdagi PM-90-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-noyabrdagi PM-90-a son ma’lumotnomasi). Bu esa, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari faoliyatining uslubiy metodik ta’minotini boyitishga xizmat qiladi;
turli yo‘nalishda tahsil oladigan talabalarda empatik munosabat shakllanishining psixologik xususiyatlari tahlil qilinib, bunda ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga qaraganda ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarda empatik munosabat shakllanganligi isbotlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 23-noyabrdagi PM-90-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-noyabrdagi PM-90-a son ma’lumotnomasi). Natijada, empatik munosabatlarni shakllantirishga mo‘ljallangan metodikalarning ilmiy-amaliy ta’minotini oshirishga xizmat qilgan;
empatik munosabatlarning psixologik jihatlarini ta’minlovchi sifatlar shakllanishi natijasida, talabalarda mustaqillik, hamkorlik, kelishuvchanlik, moslashuvchanlik, mas’uliyatlilik va liderlik xususiyatlari asosiy faktorlarni tashkil etganligi aniqlanganligiga oid natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy 2023-yil 23-noyabrdagi PM-90-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-noyabrdagi PM-90-a son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz faoliyatidagi laboratoriyalarning ilmiy-amaliy imkoniyatlarni yanada oshirishga xizmat qiluvchi empatik munosabatlar bilan bog‘liq metodik ta’minot imkoniyatlari boyitilgan.