Abduqahhorova Shahnoza Abdurasul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eshitishida nuqsoni bor o‘smirlar  emotsional-frustratsion holatlari namoyon bo‘lishining psixologik jihatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P621.
Ilmiy rahbar: Juraev Baxrom, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kasimova Xulkar Atabaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional-frustratsion holatlari namoyon bo‘lishining psixologik jihatlarini ochib berish hamda unga ta’sir etuvchi psixologik omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 imkoniyati cheklangan maktablardagi eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional-frustratsion holatlarini belgilashning asosiy konstruktlari natijasida, ularda emotsional yo‘nalganligi, emotsional holatlarda o‘zini nazorat qilish, noverbal muloqotda suhbatdoshning emotsional kechinmalarini prognoz qila olish, noverbal qobiliyati, o‘zga insonlar kechinmalarini seza olish va o‘zini nazorat qila olish qobiliyati isbotlangan;
eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  kuchsiz emotsional intellekt, o‘zgalarni emotsional jihatdan tushuna olmaslik, shaxslararo munosabatlarning passivligi, muloqotda o‘zini nazorat qila olmaslik, boshqalarning emotsional kechinmalarini noto‘g‘ri prognozlash, negativizm va antipatiya xususiyatlari shakllanishi natijasida, ularda emotsional-frustratsion xususiyatlar vujudga kelishi asoslangan;
eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional holatlar bilan frustratsion vaziyatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aks etishi natijasida, ularda o‘zi va o‘zga insonlar kechinmalarini sezish, o‘zi va boshlarning his-tuyg‘ularini boshqara olish, hissiy empatiya, emotsional intellekt va tangli emotsional vaziyatlarda o‘zini boshqarish kabi omillar quyilashgan sari, ularda emotsional xususiyatlar salbiy jihatdan, frustratsion vaziyatlar esa ijobiy jihatdan shakllanishi dalillangan;
eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional xususiyatlar shakllanishi natijasida, ularda zarur bo‘lgan sifatlar ya’ni o‘quv faoliyatga chidamlilik, emotsional-intellektual faollik, o‘zini va atrofdagilarni tushunish, o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqalarning his-tuyg‘ularini sezish, emotsional kechinmalarini boshqarish, emotsional vaziyatlarda hamda muloqot jarayonida o‘zini nazorat qilish shakllanganligi aniqlangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eshitishida nuqsoni bor o‘smirlar  emotsional-frustratsion holatlari namoyon bo‘lishining psixologik jihatlarining o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
imkoniyati cheklangan maktablardagi eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional-frustratsion holatlarini belgilashning asosiy konstruktlari natijasida, ularda emotsional yo‘nalganligi, emotsional holatlarda o‘zini nazorat qilish, noverbal muloqotda suhbatdoshning emotsional kechinmalarini prognoz qila olish, noverbal qobiliyati, o‘zga insonlar kechinmalarini seza olish va o‘zini nazorat qila olish qobiliyati isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-145-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi PM-145-a-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan maktablardagi eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional-frustratsion holatlari namoyon bo‘lishining psixologik jihatlarini belgilashning asosiy konstruktlari aniqlashtirilgan;
eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  kuchsiz emotsional intellekt, o‘zgalarni emotsional jihatdan tushuna olmaslik, shaxslararo munosabatlarning passivligi, muloqotda o‘zini nazorat qila olmaslik, boshqalarning emotsional kechinmalarini noto‘g‘ri prognozlash, negativizm va antipatiya xususiyatlari shakllanishi natijasida, ularda emotsional-frustratsion xususiyatlar vujudga kelishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-145-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi PM-145-a-son ma’lumotnomasi). Natijada eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional-frustratsion holatlar vujudga kelishini asoslash imkoniyati yaratilgan.
eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional holatlar bilan frustratsion vaziyatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aks etishi natijasida, ularda o‘zi va o‘zga insonlar kechinmalarini sezish, o‘zi va boshlarning his-tuyg‘ularini boshqara olish, hissiy empatiya, emotsional intellekt va tangli emotsional vaziyatlarda o‘zini boshqarish kabi omillar quyilashgan sari, ularda emotsional xususiyatlar salbiy jihatdan, frustratsion vaziyatlar esa ijobiy jihatdan shakllanishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-145-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi PM-145-a-son ma’lumotnomasi). Natijada eshitishda nuqsoni bor o‘smirlarda emotsional holatlar bilan frustratsion vaziyatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik darajasini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
eshitishida nuqsoni bor o‘smirlarda  emotsional xususiyatlar shakllanishi natijasida, ularda zarur bo‘lgan sifatlar ya’ni o‘quv faoliyatga chidamlilik, emotsional-intellektual faollik, o‘zini va atrofdagilarni tushunish, o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqalarning his-tuyg‘ularini sezish, emotsional kechinmalarini boshqarish, emotsional vaziyatlarda hamda muloqot jarayonida o‘zini nazorat qilish shakllanganligi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-iyundagi PM-145-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-iyundagi PM-145-a-son ma’lumotnomasi). Natijada eshitishda nuqsoni bor o‘smirlarda emotsional xususiyatlar shakllanishi natijasida, ularda zarur bo‘lgan sifatlar ya’ni o‘quv faoliyatga chidamlilik, emotsional-intellektual faollik, o‘zini va atrofdagilarni tushunishning shakllanganligini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish