Xo‘jjiev Ma’murjon Yangiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlarini kognitiv-vizual yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1042.
Ilmiy rahbar: Alimov A’zam Anvarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimov Jamshid Oktyamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlarini kognitiv-vizual yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning shaxsiy kompetensiyalari (tanqidiy fikrlash, muammoni tezkor aniqlash, maqbul qaror qabul qilish va moslashuvchanlik) bilan intellektual dizayn va 3D modellashtirish kabi muhandislik paradigmalarini integrativ yondashuvga ko‘ra transformatsiyalash orqali ixtisoslik fanlarini tizimli kontent, differensial baholash va elektron qaydnoma kabi o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
globallashuv muhitida bo‘lajak muhandislarning vizual tasavvur, loyihaviy konstruktorlik va texnik yaratuvchanlik kabi innovatsion kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik qobiliyatlarini multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillari asosida rivojlantirish mazmuni (vizual stend, keyslar banki) takomillashtirilgan;
kurrukulim nazariyasi asosida talabalarni innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlashda visual clues, problem-based learning, mistake-led teaching kabi interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali dasturiy ta’lim vositalariga ko‘ra ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
ixtisoslik fanlarini kognitiv-vizual o‘zlashtirish asosida reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan va kreativlik kabi kasbiy tayyorgarlik darajalarini shakllantirish bo‘yicha vizual-intuitiv, kognitiv, faoliyatli va innovatsion baholash mezonlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda ixtisoslik fanlarini kognitiv-vizual yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kurrukulim nazariyasi asosida talabalarni innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatiga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish uchun ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik turkum fanlarini o‘qitishga qaratilgan “Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasidan laboratoriya praktikumi” o‘quv-qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28 dekabrdagi 676-455–raqamli guvohnomasi). Mazkur materiallar bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning shaxsiy kompetensiyalari bilan intellektual dizayn va 3D modellashtirish kabi muhandislik paradigmalarini integrativ yondashuv asosida transformatsiyalash orqali ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishga oid tavsiyalar “Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi” va “Gazni qayta ishlash texnologiyasi” fanlaridan vizual elektron qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 89-02-388-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim sifatini oshirish va talabalarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirish imkonini bergan;
axborot komunikatsion texnologiyalarning (Adobe Flash, 3D Max, Google forms) funksiyalaridan foydalanish asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda “visual clues”, “problem-based learning” va “mistake-led teaching” kabi interfaol metodlarni qo‘llash orqali ixtisoslik fanlarni o‘qitishga oid takliflardan AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malaksini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022-yil 30-sentyabrdagi 02/02-84-885-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar texnika yo‘nalishidagi oily ta’lim muassasalari talabalari uchun ixtisoslik fanlardan amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ixtisoslik fanlarini kognitiv-vizual o‘zlashtirish asosida reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan va kreativlik kabi kasbiy tayyorgarlik darajalarini shakllantirish bo‘yicha vizual-intuitiv, kognitiv, faoliyatli va innovatsion baholash mezonlari taklif etilganligiga oid takliflar 5321400-Neft–gaz kimyo sanoati texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi fanlari blokidagi “Neft bazalar va avtoyoqilg‘i quyish shaxobchalarini ishlatish” fanidan “Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarini qurish va ishlatish” nomli darslik (Guvohnoma 233-0933-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-0933-raqamli guvohnomasi) mazmuni umumkasbiy va ixtisoslik fanlararo integratsiya asosida ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 89-02-388-son ma’lumotnomasi). Mazkur darslik bo‘lajak mutaxassislarni amaliy o‘qitish asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish