Axrorova Umida Xamidullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik jarayonni tizimli tahlil etishning nazariy asoslari (Oliy ta’lim misolida)”, 13.00.01-Redagogika nazariuasi. Redagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3955.
Ilmiy rahbar: Alimardanov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafaelovich, pedagogika fanlar doktori, professor; Isyanov Ravil Genadevich, pedagogika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik jarayonlarni tizimli tahlil etishning nazariy usullar va yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tizimli tahlil” tushunchasining mohiyati ilmiy bilimlar haqida ularning shakli, mazmuni, shuningdek, batafsil tekshirish, aniq tushuncha va tasdiqlarni ilgari surish darajasiga muvofiq maqbul tasavvurni yaratishga qaratilgan jarayon sifatida kichik, o‘rta, katta va ulkan pedagogik tizimlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi obektivligini faktik materiallarning retrospektivlik darajasi izchilligi va uzviyligiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
tizimli tahlilni amalga oshirishning boshqaruvchanlik, diagnostik, ogohlantiruvchi funksiyalari funksional-strukturaviy, morfologik, genetik, o‘xshashlik, samaradorlik kabi tadqiqiy metodlarni pedagogik jarayonlarda qo‘llashning o‘rganiladigan hamda o‘rganuvchi tizimning dastlabki (kirish) va yakuniy (xulosa) bosqichlari bilan integrativlik darajasi intensiv ta’siri maqbulligi, validligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
pedagogik jarayonni tizimli tahlil etishning funksional-tuzilmaviy modeli kompleks, normativ, innovatsion, integratsion, vaziyatli, xulqqa oid yondashuvlarning pedagogik jarayonni tashkil etish va tizimli tahlil qilish funksiyalari (oldindan ko‘rish, axborot tahlil, maqsadli-motivlashtirish, tartibga solish, shaxs-faoliyatli) va usullarining (funksional, aksiologik, vaziyatli, konseptual) identivligi produktogenligi in’ikosi va jadalligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik jarayonlarni tizimli tahlil qilishning trendlari(tendensiyalari)ni aniqlash, muammolar diagnostikasi, faktor (omilli) tahlil kabi ustuvor yo‘nalishlari “dinamik tizim”ning texnologik ta’minotini ishlab chiqishga doir konseptual, innovatsion, tadqiqiy, edukologik asoslarning pragmatiklik xususiyati dialektikasini formal mantiq bilan integratsiyalashish darajasini tizim hosil qilish imkoniyatini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda pedagogik jarayonlarni tizimli tahlil etishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
“tizimli tahlil” tushunchasining mohiyatini ilmiy bilimlar haqida ularning shakli, mazmuni, shuningdek, batafsil tekshirish, aniq tushuncha va tasdiqlarni ilgari surish darajasiga muvofiq maqbul tasavvurni yaratishga qaratilgan jarayon sifatida kichik, o‘rta, katta va ulkan pedagogik tizimlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi obektivligini faktik materiallarning retrospektivlik darajasi izchilligi va uzviyligiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, 537126-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik tizim va tizimli tahlilga doir bilimlarini tarkib toptirishga xizmat qilgan;
tizimli tahlilni amalga oshirishning boshqaruvchanlik, diagnostik, ogohlantiruvchi funksiyalarini funksional-strukturaviy, morfologik, genetik, o‘xshashlik, samaradorlik kabi tadqiqiy metodlarni pedagogik jarayonlarda qo‘llashning o‘rganiladigan hamda o‘rganuvchi tizimning dastlabki va yakuniy bosqichlari bilan integrativlik darajasi intensiv ta’sirini maqbulligi, validligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” (2018-2020 yy.) amaliy loyihasining innovatsion pedagogik texnologiyalar qismini amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 17-noyabrdagi 02-07-5082/04-son dalolatnomasi). Natijada, pedagogikada tizimli tahlilning innovatsion pedagogik texnologiyalari takomillashtirishga xizmat qilgan;
pedagogik jarayonni tizimli tahlil etishning funksional-tuzilmaviy modelini kompleks, normativ, innovatsion, integratsion, vaziyatli, xulqqa oid yondashuvlarning pedagogik jarayonni tashkil etish va tizimli tahlil qilish funksiyalari va usullarining identivligi produktogenligi in’ikosi va jadalligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish” 39-bandiga muvofiq “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-noyabrdagi 415-son dalolatnomasi). Natijada, uzlyuksiz ma’naviy tarbiyada tizimli tahlilni qo‘llash metodologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
pedagogik jarayonlarni tizimli tahlil qilishning trendlarini aniqlash, muammolar diagnostikasi, faktor tahlil kabi ustuvor yo‘nalishlarini “dinamik tizim”ning texnologik ta’minotini ishlab chiqishga doir konseptual, innovatsion, tadqiqiy, edukologik asoslarning pragmatiklik darajasi dialektikasini formal mantiq bilan integratsiyalashish darajasini tizim hosil qilish imkoniyatini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, 537126-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik jarayonni tizimli tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan.