Saitov Elyor Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nikel kirishma atomlariga ega bo‘lgan kremniy asosida samaradorligi yuqori fotoelementlar texnologiyasini yaratish va olish», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T81.
Ilmiy rahbar: Zikrillaev Nurullo Fatxullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.FM/T.03.05.
Rasmiy opponentlar: Abduqodirov Muxiddin Abdurashidovichtexnika fanlari doktori, professor; Tagaev Marat Baymuratovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tartiblangan mikro va nanostrukturalarga ega bo‘lgan materiallarni olish texnologiyasi va nikel kirishma atomlariga ega bo‘lgan kremniy asosida samaradorligi yuqori quyosh elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kremniy materiallarining hajmi bo‘yicha teng taqsimlangan va elektrofizik parametrlari boshqariladigan nikel kirishma atomlarining tartiblanishga imkon beradigan past haroratli diffuziya jarayonining texnologiyasi takomillashtirilgan;
fotoelementlardagi fotoo‘tkazuvchanlikda zaryad tashuvchilarning tunnel` o‘tish effektlari uchun nikel` nanoklasterlari o‘rtasidagi masofalarni hajm bo‘yicha teng taqsimlanish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
qo‘shimcha haroratli ishlov berishdan so‘ng klasterlarning turli konsentratsiyalariga ega bo‘lgan namunalari asosida fotoelementlar tayyorlangan va ularning elektrofizik parametrlari aniqlangan;
nikel kirishma atomlari klasterlariga ega kremniy asosida ishlab chiqilgan fotoelementlarning samaradorligi, degradatsiyaga chidamliligi va radiatsion nurlanishga barqarorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nikel kirishma atomlariga ega bo‘lgan kremniy asosida samaradorligi yuqori fotoelementlar texnologiyasini yaratish va olish asosida:
nikel kirishma atomlarini kremniy materiallariga diffuziya orqali yuqori haroratda kiritish va ishlov berish texnologiyasi “FOTON” aksiyadorlik jamiyatida kirishmalar bilan ligerlangan kremniyga qayta ishlov berishda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” aksiyanerlik kompaniyasining 2018 yil 9 iyuldagi 02-1517-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llanilishi kremniyda nikel klasterlarning hosil qilish va tartiblanishiga imkon bergan;
kremniy materiallarining hajmi bo‘yicha teng taqsimlangan va elektrofizik parametrlari boshqariladigan nikel kirishma atomlarining tartiblanishiga imkon beradigan past haroratli diffuziya jarayonining takomillashtirilgan texnologiyasi “FOTON” aksiyadorlik jamiyatida kirishma atomlari nanoklasterlarini tartibli shakllantirishda qo‘llanilgan (“O‘zeltexsanoat” aksiyanerlik kompaniyasining 2018 yil 9 iyuldagi 02-1517-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kirishma atomlari bilan ligerlangan kremniy materiallarini haroratga, radiatsiyaga va gamma nurlanishga barqarorligini oshirishgan.