Maxmadieva Gulchexra Sait-Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Immersiv o‘qitish dasturlari vositasida rus tilini o‘zga til sifatida o‘rganish  texnologiyasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2224.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimova Shahnoza Shukurovna, pedagogika fanlari doktori (PhD), dostent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik oliy ta’lim o‘quv yurtlarida immersiv o‘quv dasturlari yordamida talabalarga rus tilini chet tili sifatida o‘qitishni asoslash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning rus tilini o‘zga til sifatida o‘rganishda nutq kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga immersiv texnologiyaning VR-Virtual Reality, AR-Augmented Reality va MR -Mixed Reality komponentlarini raqamli dasturiy-pedagogik vositalar orqali integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
rus tilini o‘zga til sifatida o‘rganishda nutq kompetensiyalarini immersiv texnologiyalar orqali rivojlantirishning faoliyatli modeli talabalarda motivatsion, intellektual, amaliy, hissiy-irodaviy, tashkilotchilik va kommunikativ kasbiy-pedagogik faoliyat funksiyalari mazmunini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
immersiv texnologiyalar orqali rus tilini o‘qitishning metodik ta’minoti dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan talabalarning rus tilini o‘rganishdagi tezkor, qisqa muddatli, operativ, uzoq muddatli va genetik xotiralarini rivojlantiruvchi raqamli dasturiy-pedagogik  vositalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
rus tilini o‘zga til sifatida o‘qitishda immersiv texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari virtual ta’lim sharoitida o‘qitishning motivatsion-qimmatlilik, kogniktivlik, operatsion-faoliyatlilik tamoyillari mazmunini funksional algoritmik shaklda ochib berish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Immersiv o‘qitish dasturlari vositasida rus tilini o‘zga til sifatida o‘rganish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
immersiv texnologiyalar orqali rus tilini o‘qitishning metodik ta’minotini dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan talabalarning rus tilini o‘rganishdagi tezkor, qisqa muddatli, operativ, uzoq muddatli va genetik xotiralarini rivojlantiruvchi raqamli dasturiy-pedagogik  vositalarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Rus tili 1-qism” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 17-iyuldagi 02/01-01-109-son ma’lumotnomasi). Natijada, immersiv o‘quv dasturlari vositalari yordamida rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda talabalarning grammatik va leksik kompetensiyalarining rivojlanish darajasi yaxshilangan;
rus tilini o‘zga til sifatida o‘rganishda nutq kompetensiyalarini immersiv texnologiyalar orqali rivojlantirishning faoliyatli modelini talabalarda motivatsion, intellektual, amaliy, hissiy-irodaviy, tashkilotchilik va kommunikativ kasbiy-pedagogik faoliyat funksiyalari mazmunini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Rus tili 1-qism” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 17-iyuldagi 02/01-01-109-son ma’lumotnomasi). Natijada rus tili o‘qituvchilarida oliy o‘quv yurtlarida immersiv ta’lim dasturlaridan foydalanish metodikasini o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘lgan;
talabalarning rus tilini o‘zga til sifatida o‘rganishda nutq kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga immersiv texnologiyaning VR-Virtual Reality, AR-Augmented Reality va MR -Mixed Reality komponentlarini raqamli dasturiy-pedagogik vositalar orqali integratsiyalash asosida takomillashtirishga takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi 617309-EPP-1-2020 -1-SK-EPPKA2-CBHE- JP “TRIGGER” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz davlat universitetining 2023-yil 5-iyuldagi 06/12-2846-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni til o‘qitishdan foydalanish va uning madaniyatlararo aloqalari asosida tayyorlashning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoit yaratilgan;
rus tilini o‘zga til sifatida o‘qitishda immersiv texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini virtual ta’lim sharoitida o‘qitishning motivatsion-qimmatlilik, kogniktivlik, operatsion-faoliyatlilik tamoyillari mazmunini funksional algoritmik shaklda ochib berish asosida  takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniya “O‘zbekiston” teleradiokanali “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvlarining senariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 13-iyundagi 04-36-945-son ma’lumotnomasi). Natijada rus tili o‘qituvchilarida oliy o‘quv yurtlarida immersiv ta’lim dasturlaridan foydalanish metodikasini o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish