Mamarajabov Odil Elmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4358.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Umit Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Saidova Moxinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bekchanova Shoira Bazarboevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat univevsiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ilmiy-metodik, tizimli-informatsion yondashuvlarning idientiv xususiyatlarini vertikal moslashtirishga qaratilgan mobillik, mediakognitivlik hamda integrativlikni ta’minlash tamoyillarini pedagogik jarayonga maqsadli transformatsiyalash va kollaboratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirish jarayoni xususiy, umumiy va gibrid hisoblash tizimlariga asoslangan modellarni realasion-ierarxik ma’lumotlar bazasiga frontal moslashtirish va maqsadli diversifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirish samaradorligi dasturiy ta’minotlardan foydalanish natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi-integrativ texnologiyalarni tizimli qo‘llash, franchayzing va validatsiya kabi masofaviy ta’lim modellarini ta’lim maqsadlariga mos kompakt unifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirish mezonlari baholashning servis vaqtini muntazam hisobga olish, saqlash hajmini provayderlarga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan hollardagi didaktik jarayonlarning kognitiv- motivasion, refleksiv-kreativ mazmuniga vektorli-dinamik tadbiq etishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalari vositasida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ilmiy-metodik, tizimli-informatsion yondashuvlarning idientiv xususiyatlarini vertikal moslashtirishga qaratilgan mobillik, mediakognitivlik hamda integrativlikni ta’minlash tamoyillarini pedagogik jarayonga maqsadli transformatsiyalash va kollaboratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-174 nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini egallash darajasini oshirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirish jarayoni xususiy, umumiy va gibrid hisoblash tizimlariga asoslangan modellarni realasion-ierarxik ma’lumotlar bazasiga frontal moslashtirish va maqsadli diversifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Raqamli texnika va dasturiy ta’minot” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-682 nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning bulutli texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirilishiga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirish samaradorligi dasturiy ta’minotlardan foydalanish natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi-integrativ texnologiyalarni muntazam qo‘llash, franchayzing va validatsiya kabi masofaviy ta’lim modellarini ta’lim maqsadlariga mos kompakt unifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid va tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-174 nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini tadbiq etish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini bulutli texnologiyalar vositasida takomillashtirish mezonlari baholashning servis vaqtini muntazam hisobga olish, saqlash hajmini provayderlarga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan hollardagi didaktik jarayonlarning kognitiv- motivasion, refleksiv-kreativ mazmuniga vektorli-dinamik tadbiq etishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Raqamli texnika va dasturiy ta’minot” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-682 nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning raqamli kompetensiyalarini egallash tayyorgarligini baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.