Elmanova Mastura Toshnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Joys Kerol Ousning ijtimoiy–psixologik romanlari poetikasi», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3111.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Kiselev Dmitriy Anatolevich, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Joys Kerol Ousning ijtimoiy-psixologik romanlari poetikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi jamiyatning ijtimoiy-tanqidiy muammolari, illatlari, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillarning shaxs shakllanishiga ta’siri va ularning rivojlanishi zamonaviy Amerika adabiyotida Joys Kerol Ous ijtimoiy-psixologik romanlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif badiiy qarashlari, estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
Joys Kerol Ous asarlarida personajlar psixologiyasini chuqur o‘rganishi, jamiyatda tabu bo‘lgan mavzularga munosabati, ijtimoiy hayotidagi axloqiy hodisalarni tasvirlashda mukammal mahorati, dadil va qarama-qarshi mavzulari, o‘zgarmas realizmi, psixologik holatlar va ijtimoiy hodisalarni tasvirlashda noan’anaviy yondashuvining ustivorligi dalillangan;
Joys Kerol Ous ijodida zo‘ravonlik, irqchilik, yolg‘izlik, sinfiy farqlar, gender muammosi, stereotiplar va irqiy qarashlar, shuningdek, birinchi marta "daltonik irqchilik" kabi motivlarni voqelantirishda qahramonlarning ichki monologlari, vaqt va makonning o‘ziga xos poetikasi, shaxsiy mavjudlik, muallif tafakkuri, ong oqimi, o‘zini o‘zi ifodalash poetikasi yetakchi o‘rin egallashi isbotlangan;
muallif asarlarida mazmun, janr, uslubiy xususiyat, kompozision tuzilma, shakliy ifodani qamrab olgan intertekstuallik va matnning ekstralingvistik muhitda real kommunikativ vaziyatni voqelantiradigan interdiskursivlik kategoriyalari metafora, metonomiya, o‘xshatish, epitet, alyuziyalar, qahramonlar og‘zaki nutqi kabi badiiy tasvir vositalari orqali namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Joys Kerol Ous ijodidagi ijtimoiy-psixologik romanlar poetikasi masalalarini o‘rganishda olingan natijalar asosida:
XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi jamiyatning ijtimoiy-tanqidiy muammolari, illatlari, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillarning shaxs shakllanishiga ta’siri va ularning rivojlanishi zamonaviy Amerika adabiyotida oʻziga xos uslubiga ega yozuvchi, Joys Kerol Ous ijtimoiy-psixologik romanlarining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif badiiy qarashlari, estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023- yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 31-avgustdagi 01/4-1630-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodi ochiqligi, personajlar psixologiyasini chuqur o‘rganishi, odamlarning kundalik hayoti va psixologiyasini, ijtimoiy va jamoat hayotidagi axloqiy hodisalarni tasvirlashda mukammal mahoratga ega Joys Kerol Ous asl adiba sifatida Amerika hamda jahon adabiyoti rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shganligi bilan bogʻliq qarashlar loyiha huquqiy asoslarining boyish imkonini bergan;
Joys Kerol Ous asarlarida personajlar psixologiyasini chuqur o‘rganishi, jamiyatda tabu bo‘lgan mavzularga munosabati, ijtimoiy va jamoat hayotidagi axloqiy hodisalarni tasvirlashda mukammal mahorati, dadil va qarama-qarshi mavzulari, o‘zgarmas realizmi, psixologik holatlar va ijtimoiy hodisalarni tasvirlashda noan’anaviy yondashuvining ustivorligiga doir ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 28-iyuldagi 57/02-son ma’lumotnomasi). Natijada muallif asarlaridagi ramziy ma’no va metaforalar aniqlandi va tahlil qilindi, bu esa muallifning she’riy matnlarida qo‘yadigan asosiy g‘oya va ma’nolarni aniqlash imkonini bergan;
Joys Kerol Ous ijodida zo‘ravonlik, irqchilik, yolg‘izlik, sinfiy farqlar, gender va hokimiyatning roli, stereotiplar va noto‘g‘ri qarashlar, shuningdek, birinchi marta "daltonik irqchilik" kabi motivlarni voqelantirishda qahramonlarning ichki monologlari, vaqt va makonning o‘ziga xos poetikasi, shaxsiy mavjudligi, muallif tafakkuri, ong oqimi, o‘zini o‘zi ifodalash poetikasi yetakchi o‘rin egallashi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Ayol va jamiyat”, “Assalom, Buxoro”, “Yaxshi kayfiyat”, “Psixolog huzurida”, “Mening huquqim” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-iyuldagi 02-09-189-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘lishi taminlangan hamda adabiy ko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.