Kurbanova Raxima Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1830.
Ilmiy rahbar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Muxamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasining formal-sintaktik hamda funksional-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gapning X+V, N+X, X kabi propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasi o‘zbek tilidagi bir bosh bo‘lakli, to‘liqsiz gaplar, so‘z gap kabi tiplarda qisqa va sodda shaklda namoyon bo‘lishi asoslangan;
gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasi doirasida tub so‘z Samarqand – xarita nomi, yasama so‘z O‘qituvchi – tasviriy san’at asari nomi, so‘z birikmasi Universitet xiyoboni kabilarda kelishi dalillanib, sodda gap, parataktik va gipotaktik qurilmalarning propozitiv strukturasi hamda predikativlik belgilarining implisit va eksplisit jihatlarda uchrashi asoslangan;
gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasining propozisiya va predikativlik haqidagi nazariy qarashlarga ko‘ra predikativlik va kesimlilik, predikativlik hamda ega va kesim munosabati, predikativlik va gap bo‘laklari kabilar bilan bog‘liq formal-struktur va semantik xususiyatlari ochib berilgan;
gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasining qiyosiy chog‘ishtirish, sistem-struktur, antropologik jihatlari ochib berilib, ularning sintaktik va semantik tomondan propozitiv hamda presupozitiv jihatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasi tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasining propozisiya va predikativlik haqidagi nazariy qarashlarga ko‘ra predikativlik va kesimlilik, predikativlik hamda ega va kesim munosabati, predikativlik va gap bo‘laklari kabilar bilan bog‘liq formal-struktur va semantik xususiyatlaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining  2023-yil 29-dekabrdagi 22/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarda til va nutq hamda sintaktik qurilmalar derivatsiyasi bilan bog‘liq ilmiy aniqlikning oshirilishiga erishilgan;
gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasi doirasida tub so‘z Samarqand – xarita nomi, yasama so‘z O‘qituvchi – tasviriy san’at asari nomi, so‘z birikmasi Universitet xiyoboni kabilarda kelishi dalillanib, sodda gap, parataktik va gipotaktik qurilmalarning propozitiv strukturasi hamda predikativlik belgilarining implisit va eksplisit jihatlarda uchrashi asoslanganligidan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2023-yil 29-dekabrdagi 1409/02-son ma’lumotnomasi). Natijada gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasi umumnazariy yondashuv asosida tahlili matn mazmunini belgilab berishga xizmat qilishi ushbu loyihani boyitishga xizmat qilgan;
gapning X+V, N+X, X kabi propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasi o‘zbek tilidagi bir bosh bo‘lakli, to‘liqsiz gaplar, so‘z gap kabi tiplarda qisqa va sodda shaklda namoyon bo‘lishidan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil  28-dekabrdagi 1400/02-son ma’lumotnomasi). Natijada gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasida propozisiya, predikativlik haqidagi nazariy qarashlardan foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgani bilan bog‘liq ilmiy xulosalar asosida o‘quv qo‘llanma, darslik, dissertatsiyalar yaratilishda va oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan hozirgi o‘zbek tili (sintaksis), matn tahlili, tahliliy o‘qish, stilistika kabi ko‘plab fanlar doirasida yangi manbalar yaratilishiga erishilgan;
gapning propozitiv strukturasi va sintaktik qurilmalar derivatsiyasining qiyosiy chog‘ishtirish, sistem-struktur, antropologik jihatlari ochib berilib, ularning sintaktik va semantik tomondan propozitiv hamda presupozitiv jihatlaridan Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2021-2023-yillarda bajariligan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada dissertatsiyaning yasama so‘z, so‘z birikmasi, sodda gap, parataktik va gipotaktik qurilmalarning lingvistik tahlili, tavsifidan hamda  propozisiya, predikativlik haqidagi qarashlardan nazariy va amaliy foydalanilgan (Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2023-yil 29-dekabrdagi 898/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan maqolalar va til korpusi haqidagi olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish