Jo‘raev Ilyos Ro‘ziqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Sirojiddin Alixon Orzuning “Charog‘i hidoyat” izohli lug‘atining leksikografik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2821.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Ixtiyor Rizoqulovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yusubova Ra’no Norboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirojiddin Alixon Orzuning 1734-yilda Hindistonda bitilgan “Charog‘i hidoyat” lug‘atining leksikografik tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Charog‘i hidoyat” lug‘ati 2279 ta leksik, frazeologik va sintaktik birlikdan iborat bo‘lib, ularning leksikografik izohi sinonim, antonim, muqobil so‘z, birlik variantlari, so‘z birikmasi, gap va matn shakli ko‘rinishlarda kelishi ochib berilgan;
bosh so‘zlarning masdar, bo‘lishli-bo‘lishsiz, xabar, buyruq-istak, shart kabi fe’l shakllarida hamda birlik, ko‘plik, musanno (ikkilik), muxaffaf (qisqargan so‘z), kichraytirish-erkalash singari ism shakllarida berilishi asoslangan;
lug‘atda berilgan tog‘ora qoqmoq, mis qoqmoq, yada (yomg‘ir toshi) kabi etnografizm, adabxona, oftobxona, makoni zarurat singari evfemizm hamda tirdon, osiy kabi disfemizmlarning mumtoz lug‘atlarda lingvistik qiymatidan tashqari xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyati, turmush tarzi, milliy urf-odati va qadriyatlari xususida lingvomadaniy axborotni o‘zida ifodalovchi birliklar ekanligi dalillangan;
lug‘at matnidagi arabcha, turkcha, hindcha kabi o‘zlashma so‘zlar qo‘llanishining sabablari – qadimiy so‘zlarning muomaladan chiqishi, biror tushunchani ifodalashda muqobil so‘zning mavjud emasligi, tarixiy va eskirgan tushunchalarning o‘rnida vujudga kelgan yangi hodisalar nomlanishining leksik-semantik, badiiy-estetik va ijtimoiy xususiyatlari semantik o‘zgarishlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Alixon Orzuning “Charog‘i hidoyat” lug‘atining leksikografik xususiyatlarini tadqiq etishda olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
lug‘at matnidagi arabcha, turkcha, hindcha kabi o‘zlashma so‘zlar qo‘llanishining sabablari – qadimiy so‘zlarning muomaladan chiqishi, biror tushunchani ifodalashda muqobil so‘zning mavjud emasligi, tarixiy va eskirgan tushunchalarning o‘rnida vujudga kelgan yangi hodisalar nomlanishining leksik-semantik, badiiy-estetik va ijtimoiy xususiyatlari ochib berilib, chiqarilgan nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2017 2020 yillarda bajarilgan FA F1 OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023 yil 22 dekabrdagi 504/1 son ma’lumotnomasi). Natijada tilda so‘zlarning o‘zlashishida xalq og‘zaki ijodining mavqeyi ko‘rsatilgan va bu hodisa xalq madaniy taraqqiyotining barcha davrlariga xos ijtimoiy jarayon ekanligi asoslangan;
“Charog‘i hidoyat” lug‘ati 2279 ta leksik, frazeologik va sintaktik birlikdan iboratligi, ularning leksikografik izohi sinonim, antonim, muqobil so‘z, birlik variantlari, so‘z birikmasi, gap va matn shakli ko‘rinishlarda kelishi ochib berilishidan olingan ilmiy xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 26-oktyabrdagi 966/02-son ma’lumotnomasi). Natijada tillararo aloqani ta’minlashda leksikografiya sohasining alohida ahamiyatini qayd etish, tizimlashtirish, axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordami bilan tilning lug‘at boyligini tekshirish, yozuvchi va shoirlar qo‘llangan birliklarning izohli lug‘atlarini yaratish haqidagi fikrlar bilan takomillashtirilgan;
lug‘at bosh so‘zlarning masdar, bo‘lishli-bo‘lishsiz, xabar, buyruq-istak, shart kabi fe’l shakllarida hamda birlik, ko‘plik, musanno (ikkilik), muxaffaf (qisqargan so‘z), kichraytirish-erkalash singari ism shakllarida berilishi hamda lug‘atda berilgan tog‘ora qoqmoq, mis qoqmoq, yada (yomg‘ir toshi) kabi etnografizm, adabxona, oftobxona, makoni zarurat singari evfemizm hamda tirdon, osiy kabi disfemizmlarning mumtoz lug‘atlarda lingvistik qiymatidan tashqari xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyati, turmush tarzi, milliy urf-odati va qadriyatlari xususida lingvomadaniy axborotni o‘zida ifodalovchi birliklar ekanligi dalillanib, olingan ilmiy-amaliy xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2021–2022 yillarda bajarilgan OF-185-s3/21-son “O‘zbekiston nomoddiy madaniy meros elementlarini muhofaza qilish” ijtimoiy buyurtma loyihasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2023 yil 18 dekabrdagi ML-01/01 57 son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atlarning etnografizmlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari va xalqning madaniyatini ko‘rsatib beruvchi manba sifatidagi ahamiyati asosida tayyorlangan ma’lumotlarning saviyasi yuksalgan.