Uzakova Saltanat Paraxatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish (V-IX qoraqalpoq sinflari misolida)”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (qoraqalpoq adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7163.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yusupov Qonisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Matekeev Seytjan Tajatdinovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining V-IX sinflarida qoraqalpoq adabiyoti bo‘yicha o‘quv materiallarini samarali o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari, innovatsion texnologiyalardan amaliyotda foydalanish yo‘llarini va qo‘llash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarining V-IX sinf o‘quvchilarida adabiyot darslarida o‘tilgan mavzular asosida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion texnologiya turlarini qo‘llash metodikasi zamonaviy didaktik ilmiy paradigmalar asosida shaxsning xarakterologik dunyoqarashi, mafkuraviy va estetik pozisiyasini germenevtik rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
V-IX sinf qoraqalpoq adabiyoti fanini o‘qitishda innovatsion texnologiya turlarini qo‘llashda adabiyot darslarining mintaqaviy-madaniy xususiyatlarini rivojlantirish, etnospesifik, etno-madaniy tipining uslubiy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan metasistema va gumanizm aksiologiyasi singari dominantlarning samaradorlik natijalari aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablarining V-IX sinflarida qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishning tizimli-faoliyatli, ijtimoiy-madaniy va pragmatik komponentlarini rivojlantirishning metodik modelining estetik, izchillik, mavjudlik, uzlyuksizlik va istiqbollik tamoyillarini reseptiv+reproduktiv rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarining V-IX sinf adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi va sifati dialogik pozisiyani shakllantirishga yordam beradigan o‘quv harakatlarining algoritmi tabaqalashtirilgan-aniqlovchi, kognitiv-shakllantiruvchi jarayonlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarining V-IX sinf qoraqalpoq adabiyoti darslarida inzasnovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot asosida:
umumta’lim maktablarining V-IX sinf o‘quvchilarida adabiyot darslarida o‘tilgan mavzular asosida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion texnologiya turlarini qo‘llash metodikasi zamonaviy didaktik ilmiy paradigmalar asosida shaxsning xarakterologik dunyoqarashi, mafkuraviy va estetik pozisiyasini germenevtik rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 18-avgustdagi 441-son ma’lumotnomasi). Natijada maktablarda o‘qitish jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari va darslarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkillashtirishning samaradorligi oshgan;
V-IX sinf qoraqalpoq adabiyoti fanini o‘qitishda innovatsion texnologiya turlarini qo‘llashda adabiyot darslarining mintaqaviy-madaniy xususiyatlarini rivojlantirish, etnospesifik, etno-madaniy tipining uslubiy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan metasistema va gumanizm aksiologiyasi singari dominantlarning samaradorlik natijalariga doir takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagoglarni yangi metodikaga o‘rgatish milliy markazida “Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb muammolari” fani modullarini ishlab chiqilishi va yaratilishida ilmiy-metodologik manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 20-maydagi 66-son ma’lumotnomasi). Natijada maktablarda pedagogik-innovatsion texnologiyalardan amaliyotda foydalanish usullarini qo‘llashga doir tavsiyalar va fan modullarining yaratilishida ilmiy-metodologik manba sifatida foydalanilib, qoraqalpoq adabiyotini o‘qitish metodikasi mazmuni takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarining V-IX sinflarida qoraqalpoq adabiyotini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasini takomillashtirishning tizimli-faoliyatli, ijtimoiy-madaniy va pragmatik komponentlarini rivojlantirishning metodik modelining estetik, izchillik, mavjudlik, uzlyuksizlik va istiqbollik tamoyillarini reseptiv+reproduktiv rivojlantirish, adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi va sifati dialogik pozisiyani shakllantirishga yordam beradigan o‘quv harakatlarining algoritmi tabaqalashtirilgan-aniqlovchi, kognitiv-shakllantiruvchi jarayonlar asosida takomillashtirishga oid takliflar “Qoraqalpog‘iston” televideniesida “Erkin fikr”, “Munosabat” madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida va “Qoraqalpog‘iston” radiokanalining “Ma’naviyat bo‘stoni” eshittirishida dissertatsiya materiallari ommalashtirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 23-iyuldagi 05-22/329-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar orqali tinglovchilarga adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash metodikasi keng targ‘ib qilingan.