Xasanov Mardon Muxammadikulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Supravezikal obstruksiyada ratsional davolash taktikasini tanlash», 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib817.
Ilmiy maslahatchi: Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Chaliy Mixail Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Mersaid, fizika-matematka fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: L.Managadze nomidagi milliy urologiya markazi (Gruziya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  optimal taktik yondashuvlarni ishlab chiqish yo‘li bilan xavfsiz genezli supravezikal obstruksiyani tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
supravezikal obstruksiyaning asoratli kechishi uchun asosiy xavf omillari koeffisientlarining diskriminant tahlil jarayonida olingan qiymatlari hamda kasallikning progressiv kechishining erta tashxislash mezonlari aniqlangan;
supravezikal obstruksiyaning asoratli kechishini prognoz qilishda piuriyaning og‘irligi, leykotsitlar sonining chapga siljishi, mochevina va kreatinin darajasining chegara qiymatlaridan yuqori bo‘lishining ahamiyati isbotlangan;
buyrak parenximasining 6 mm va undan kam yupqalashish darajasi, buyrak funksiyasining pasayishi yoki yo‘qligi a’zo saqlovchi rejalashtirilgan tashrixlar samaradorligini baholashning asosiy prognostik omillari ekanligi aniqlangan;
supravezikal obstruksiya kechishini prognoz qilish uchun ishlab chiqilgan model davolash taktikasini tanlashda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar qiymatlarining chegaralarini aniqlashga imkon berishi isbotlangan;
supravezikal obstruksiyaning diskriminant tahlilga asoslangan asoratli va asoratsiz kechish mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asoratlangan supravezikal obstruktsiyani davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: diskriminant tahlil o‘tkazilganda olingan suprravezikal obstruksiyaning asoratli kechishida asosiy xavf omillari koeffisientlarining qiymatlari aniqlangan, shuningdek kasallikning progressiv kechishini erta tashxislash mezonlari verifikatsiya qilingan. Asoslovchi takliflar "Supravezikal obstruksiyaning asoratlangan kechishi bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasida prognozlashning diskriminant modelini qo‘llash" uslubiy tavsiyanomasi O‘zR SSV "RIUIATM" DM ekspert kengashi tomonidan 19.12.2023-yildagi 0016-19/XIIm-son bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlashning davolash-profilaktika muassasalari, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va "Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" DM Xorazm filiali amaliyotiga joriy etilgan (RIUIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 06.05.2024-yildagi 06-05-014-son ma’lumotnomasi va O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 08.07.2024-yildagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Jarrohlik amaliyoti samaradorligini aniqlashda prognostik omillarni hisobga olish qo‘shimcha muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va takroriy murojaatlar sonini 2,2% dan 0,8% gacha kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asoratlar rivojlanishining oldini olish orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddati hamda asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha muolajalar qisqaradi. SVOning asorati bo‘lgan 206 nafar bemorda asosiy tashxis bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, 35 nafar bemorda yuqori siydik yo‘llarini oldindan drenajlash amalga oshirildi. Shifoxonada o‘rin-kun xarajati 155000 so‘mni tashkil etib, jami 465000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi. Asoratlangan kechishi bo‘lgan barcha 35 nafar bemorga qayta hisoblanganda 16275000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: asoratlangan SVOni davolashning ushbu taktikasidan foydalanish kelajakda asoratlar rivojlanishining oldini olish va bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish, shuningdek, har bir bemor uchun xarajatlarni 465000 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: piuriyaning ifodalanishi, qon leykotsitar formulaning chapga siljishi, mochevina va kreatinin darajasining chegaraviy qiymatlardan oshishi, asoratlangan supravezikal obstruksiyani bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Asoslovchi takliflar "Supravezikal obstruksiyaning asoratlangan kechishi bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasida prognozlashning diskriminant modelini qo‘llash" uslubiy tavsiyanomasi O‘zR SSV "RIUIATM" DM ekspert kengashi tomonidan 19.12.2023-yildagi 0016-19/XIIm-son bilan tasdiqlangan. mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlashning davolash-profilaktika muassasalari, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘limlari va "Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" DM Xorazm filiali amaliyotiga joriy etilgan (RIUIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 06.05.2024-yildagi 06-05-014-son ma’lumotnomasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 08.07.2024-yildagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati: Ko‘rsatilgan omillar deyarli har qanday davolash-profilaktika muassasasida osonlik bilan qayta tiklanadi. Ushbu mezonlarning ma’lum chegara qiymatlari esa, davolovchi shifokorga SVOning asoratli kechishi bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasida to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asoratlar rivojlanishining oldini olish orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddati, shuningdek, asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha manipulyasiyalar qisqaradi. SVOning asorati bo‘lgan 206 nafar bemorda asosiy tashxis bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, 35 nafar bemorda yuqori siydik yo‘llarini oldindan drenajlash amalga oshirildi. Shifoxonadagi o‘rin-kun narxi 155000 so‘mni tashkil etib, jami 465000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi. Asoratlangan kechishi bo‘lgan barcha 35 nafar bemorga qayta hisoblanganda 16275000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: asoratlangan SVOni davolashning ushbu taktikasidan foydalanish kelajakda asoratlar rivojlanishining oldini olish va bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish, shuningdek, har bir bemor uchun xarajatlarni 465000 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: rejalashtirilgan a’zolarni saqlab qolish operatsiyalari samaradorligini baholashda buyrak parenximasining 6 mm va undan kam yupqalashish darajasi, buyrak funksiyasining pasayishi yoki yo‘qligi asosiy prognostik omillar ekanligi aniqlangan. Asoslovchi takliflar "Supravezikal obstruksiyaning asoratlangan kechishi bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasida prognozlashning diskriminant modelini qo‘llash" uslubiy tavsiyanomasi O‘zR SSV "RIUIATM" DM ekspert kengashi tomonidan 19.12.2023-yildagi 0016-19/XIIm-son bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlashning davolash-profilaktika muassasalari, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va "Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" DM Xorazm filiali amaliyotiga joriy etilgan (RIUIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 06.05.2024-yildagi 06-05-014-son ma’lumotnomasi va O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 08.07.2024-yildagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati: rekonstruktiv operatsiyalarning samaradorligini bashorat qilish odatiy ravishda ikkilamchi nefrektomiya bilan tugaydigan keyingi ikkilamchi operatsiyalarning oldini olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asoratlar rivojlanishini oldini olish orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddati, shuningdek, asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha manipulyasiyalar qisqaradi. SVOning asorati bo‘lgan 206 nafar bemorga asosiy tashxis bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, 22 nafar bemorda buyrak funksiyasi yo‘qligi sababli bog‘lam nefrektomiyasi o‘tkazildi. Shifoxonada o‘rin-kun narxi 155000 so‘mni, ikkilamchi nefrektomiya 899500 so‘mni tashkil etdi, jami 1364500 so‘m iqtisod qilindi. Asoratli kechishi bo‘lgan barcha 22 nafar bemorga qayta hisoblanganda 30019000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: asoratlangan SVOni davolashning ushbu taktikasidan foydalanish takroriy jarrohlik aralashuvlarini oldini olish va bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish, shuningdek, har bir bemor uchun xarajatlarni 1364500 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan supravezikal obstruksiya kechishini bashorat qilish modeli davolash taktikasini tanlashda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar qiymatlarining chegaralarini aniqlash imkonini berishi isbotlangan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlashning davolash-profilaktika muassasalari, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va "Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" DM Xorazm filiali amaliyotiga joriy etilgan (RIUIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 06.05.2024-yildagi 06-05-014-son ma’lumotnomasi va O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 08.07.2024-yildagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Sabab va xavf omillarini hisobga olgan holda prognozlashning diskriminant modelidan foydalanish asoratlangan supravezikal obstruksiyaning kechishini va o‘z navbatida 87 dan 98% gacha sezuvchanlik va 75 dan 95% gacha o‘ziga xoslik bilan faol aralashuv zarurligini belgilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asoratlar rivojlanishining oldini olish orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddati, shuningdek, asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha manipulyasiyalar qisqaradi. SVOning asorati bo‘lgan 206 nafar bemorda asosiy tashxis bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, 35 nafar bemorda yuqori siydik yo‘llarini oldindan drenajlash amalga oshirildi. Shifoxonadagi o‘rin-kun narxi 155000 so‘mni tashkil etib, jami 465000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi. Asoratlangan kechishi bo‘lgan barcha 35 nafar bemorga qayta hisoblanganda 16275000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: asoratlangan SVOni davolashning ushbu taktikasidan foydalanish kelajakda asoratlar rivojlanishining oldini olish va bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish, shuningdek, har bir bemor uchun xarajatlarni 465000 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: supravezikal obstruksiyaning asoratlangan va asoratlanmagan kechishi mezonlari diskriminant tahlil asosida aniqlashtirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlashning davolash-profilaktika muassasalari, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va "Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" DM Xorazm filiali amaliyotiga joriy etilgan (RIUIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 06.05.2024-yildagi 06-05-014-son ma’lumotnomasi va O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 08.07.2024-yildagi 02/14-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: har bir guruh uchun Z soni chegarasi (bo‘sag‘aviy qiymatlar) aniqlangan, undan yuqori holat asoratlangan kechish sifatida baholanadi va SVOning asoratlangan kechishi bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasi qo‘llaniladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asoratlar rivojlanishining oldini olish orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddati, shuningdek, asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha manipulyasiyalar qisqaradi. SVOning asorati bo‘lgan 206 nafar bemorda asosiy tashxis bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, 35 nafar bemorda yuqori siydik yo‘llarini oldindan drenajlash amalga oshirildi. Shifoxonadagi o‘rin-kun narxi 155000 so‘mni tashkil etib, jami 465000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi. Asoratlangan kechishi bo‘lgan barcha 35 nafar bemorga qayta hisoblanganda 16275000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: asoratlangan SVOni davolashning ushbu taktikasidan foydalanish kelajakda asoratlar rivojlanishining oldini olish va bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish, shuningdek, har bir bemor uchun xarajatlarni 465000 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish