Davirov Sharof Majidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Uzun naysimon suyaklarning jaroxat va osteomielitdan keyingi suyak to‘qimasi defektlarida davolash usulini takomillashtirish”, 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2520.
Ilmiy rahbar: Urinbaev Payzilla Urinbaevich, tibbiyot fanlari fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Borzunov Dmitriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Karimov Murodilla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik N.D.Batpenov nomidagi travmatologiya va ortopediya milliy ilmiy markazi, Astana, Qozog‘iston Respublikasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ilizarov apparati uchun distraksion-fiksatsion modulni ishlab chiqish orqali uzun naysimon suyaklarning suyak defektlarini davolash natijalarini yaxshilashdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan uzun naysimon suyak defektlarini distraksion- fiksatsion modul yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli suyak to‘qimalariga yanada samarali ta’sir ko‘rsatishi, bemorlarni statsionar davolash vaqtini qisqartirishi va ularning hayot sifatini yaxshilashi, shu jumladan jismoniy faoliyat 14,7% ga yaxshilanishi SF-36 so‘rovnomasi natijalari asosida isbotlangan;
qoniqarsiz natijalar xavfini kamaytiradigan, individual xususiyatlarga va defektning o‘lchamiga moslashtirilgan uzun naysimon suyaklarning defektlarini batafsil tashxislash va davolash usulini tanlash uchun algoritm ishlab chiqilgan;
osteosintez uchun optimallashtirilgan geometrik parametrlar va yumaloq qirralari bo‘lgan ikkita nosimmetrik burmalar bilan sterjen-shurup ishlab chiqilgan bo‘lib, terining shikastlanishini va chandiq kengligini 2 baravar kamaytirish, shu bilan birga yuqori egilish kuchini saqlab qolish va bemor uchun muolajaning qulayligini yaxshilash imkonini bergan;
suyak iligi kanali, yumshoq to‘qimalar va suyak qirralarining yaxlitligini saqlab, kam shikastli osteotomiyani ta’minlaydigan egilgan kesuvchi qirrasi va simmetrik cheklovchi maydonchalari bo‘lgan osteotom ishlab chiqilgan bo‘lib, bu uning asoratlar xavfini kamaytirishi va jarrohlik jarayonini soddalashtirishda samaradorliligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert komissiyasining 2024 yil 6 maydagi 38-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan uzun naysimon suyak defektlarini distraksion- fiksatsion modul yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli suyak to‘qimalariga yanada samarali ta’sir ko‘rsatishi, bemorlarni statsionar davolash vaqtini qisqartirishi va ularning hayot sifatini yaxshilashi, shu jumladan jismoniy faoliyat 14,7% ga yaxshilanishi SF-36 so‘rovnomasi natijalari asosida isbotlangan. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida (18.11.2021 y., №60-3), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida (05.11.2022 y., №71) va Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida (02.11.2021y., №55-I) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qurilma bilan manipulyasiyalar soni 16 baravar kamaydi, bunda bemorning o‘zi mustaqil ravishda ularni bajaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: statsionar davolanish kunlarini 6,6 baravar (63 kundan 9,5 kungacha) qisqartirish imkonini berdi, bu esa bemorni ambulatoriya sharoitida boshqarish hisobiga har bir bemor uchun xarajatlarni 10352250 so‘mga kamaytirdi. Xulosa: Ilizarov apparati uchun kam shikastli fiksatsiya bilan ishlab chiqilgan distraksion-fiksatsion modul suyak defektlarini davolashni tezlashtiradi, statsionar vaqtini 6,6 baravar kamaytiradi va davolash xarajatlarini kamaytiradi, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining patentlari bilan tasdiqlngan bo‘lib bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, tibbiyot markazlariga joriy etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qoniqarsiz natijalar xavfini kamaytiradigan, individual xususiyatlarga va defektning o‘lchamiga moslashtirilgan uzun naysimon suyaklarning defektlarini batafsil tashxislash va davolash usulini tanlash uchun algoritm ishlab chiqilgan. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida (18.11.2021 y., №60-3), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida (05.11.2022 y., №71) va Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida (02.11.2021y., №55-I) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: klinik va radiologik ko‘rsatkichlarni, MRT va MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanib, suyak nuqsonining kattaligiga qarab jarrohlik davolash usulini tanlash uzun naysimon suyaklarning suyak nuqsonini davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, statsionar davolanish muddatini qisqartirdi, reabilitatsiyani erta boshlash va to‘liq tiklanish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: defekt hajmiga qarab, jarrohlik texnikasi usulini tanlash uchun tabaqalashtirilgan yondashuv qo‘llaniladi, bu tekshiruv vaqtida jarrohlik davolashning to‘g‘ri taktikasini tanlash imkonini beradi. Algoritmga ko‘ra, bemor taktikaga qarab 590 000 dan 1073000 so‘mgacha tejash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xulosa: yaratilgan davolash-diagnostik algoritmi klinik va diagnostika ma`lumotlarini tahlil qilish asosida davolash taktikasini aniqlaydi, asoratlar xavfini kamaytiradi, suyak defektlarining davolash natijalarini yaxshilaydi va bemorlarning iqtisodiy samaradorligi va tez tiklanishini ta’minlaydigan statsionar vaqtini qisqartiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: osteosintez uchun optimallashtirilgan geometrik parametrlar va yumaloq qirralari bo‘lgan ikkita nosimmetrik burmalar bilan sterjen-shurup ishlab chiqilgan bo‘lib, terining shikastlanishini va chandiq kengligini 2 baravar kamaytirish, shu bilan birga yuqori egilish kuchini saqlab qolish va bemor uchun muolajaning qulayligini yaxshilash imkonini bergan. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida (18.11.2021 y., №60-3), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida (05.11.2022 y., №71) va Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida (02.11.2021y., №55-I) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sterjendan keyingi chandiqning kattaligi 50% ga kamaydi va qurilma qo‘yilgan vaqtda bemorning og‘riqli hislari 0,81 baravar kamaydi (VASh shkalasi bo‘yicha), shuningdek, yallig‘lanish jarayonlari 41,3% ga kamaytirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorda yallig‘lanish asoratlarini kamaytirish takroriy ambulator yoki statsionar davolanishni oldini oladi, bu esa xarajatlarni kuniga o‘rtacha 38 000 so‘mga, davolash kursi uchun esa 276 000 so‘mga kamaytiradi. Xulosa: optimallashtirilgan geometriya va nosimmmetrik liskalar bilan osteosintez uchun mo‘ljallangan sterjen-shurup shikastlanishni kamaytiradi va distraksiyada infeksion asoratlar xavfini kamaytiradi, bemorning qulayligini yaxshilaydi va samarali reabilitatsiyaga yordam beradi, og‘riq xissini va operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytiradi, bu esa davolanish xarajatlarini sezilarli darajada tejaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: suyak iligi kanali, yumshoq to‘qimalar va suyak qirralarining yaxlitligini saqlab, kam shikastli osteotomiyani ta’minlaydigan egilgan kesuvchi qirrasi va simmetrik cheklovchi maydonchalari bo‘lgan osteotom ishlab chiqilgan bo‘lib, bu uning asoratlar xavfini kamaytirishi va jarrohlik jarayonini soddalashtirishda samaradorliligi isbotlangan. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida (18.11.2021 y., №60-3), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida (05.11.2022 y., №71) va Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida (02.11.2021y., №55-I) joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati: osteotom, o‘lchamiga qarab 5-5,5; 10-11 sm suyak nuqsonlarini o‘rnini bosish kunlari sonini 0,94; 0,95 martaga kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: suyak nuqsonining bitish kunlari sonini 5,3%; 5,0% ga kamaytirish bemorga ish qobiliyatini tezroq tiklashga imkon beradi, bu mehnatga layoqatsizlik to‘lovlarini ish haqidan 14,1% ga kamaytiradi. Xulosa: suyak iligi kanali, yumshoq to‘qimalar va suyak iligi kanalinining yaxlitligini saqlab, kam shikastli osteotomiyani ta’minlaydigan egilgan kesuvchi qirrasi va simmetrik cheklovchi maydonchalari bo‘lgan osteotom ishlab chiqilgan bo‘lib, defektlarni tiklashni yaxshilaydi, reabilitatsiya vaqti va xarajatini kamaytiradi, bu patentlar bilan tasdiqlangan, tibbiy amaliyotga joriy etilgan.