Allambergenova Perxan Kudaybergenovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston televideniesi evolyusiyasi va zamonaviy tendensiyalari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil500.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Klimentina Fuzaylovna, filologiya fanlari doktori; Masharipova Tamara Joldasbaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Alimov Beruni Sultonovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston televideniesi evolyusiyasi va zamonaviy tendensiyalarning shakllanishi, Yangi O‘zbekiston sharoitida Qoraqalpog‘iston televideniesining konvergensiya, integratsiya, milliy-madaniy anʼanalarga rioya qilish, modifikatsiya, transformatsiya masalalarini nazariy va amaliy jihatdan aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston televideniesi respublikada bozor munosabatlarining ustuvorligi nodavlat teleko‘rsatuvlar sektorining shakllanishiga imkoniyat yaratib, Qoraqalpog‘iston nodavlat telekanallarning tadrijiy taraqqiyoti to‘rt bosqichda: shakllanish davri (1997-2007-yillar), ommalashish davri (2008-2014-yillar), maqsadli auditoriyaga yoʻnaltirganlik davri (2014-2021-yillar), yangi media bilan o‘zaro aloqadorlik davri (2022-yildan hozirgi kungacha) kabilarda shakllanganligi dalillangan;
davlat va xususiy televizion tizimlarning qoraqalpoq xalqi tafakkuriga ta’siri, aholining televizion kontentga nisbatan kompleks munosabati aniqlanib, telekanallar strukturasini, axborot uzatishda zamonaviy tendensiyalarni amaliyotga tadbiq etish zarurati asoslab berilgan;
Qoraqalpog‘iston telekanallardagi janrlar tizimining yangilanishi, janrlar modifikatsiyalashuvi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida telejurnalistikaning yangi bosqichga ko‘tarilganligi aniqlangan;
respublika televizion tajribasi asosida brifingning o‘ziga xos xususiyatlari, funksiyalari, mohiyati va efirga uzatilish shakliga ko‘ra informatsion janrlar guruhiga mansubligi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston telekanallarining madaniy-ma’rifiy kontent yaratish tajribasi ochib berilib, o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi bois, jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi hamda milliy o‘ziga xosligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Interaktiv telejurnalistikaning nazariy asoslari va taraqqiyot tendensiyalari yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
Qoraqalpog‘iston televideniesi respublikada bozor munosabatlarining ustuvorligi nodavlat teleko‘rsatuvlar sektorining shakllanishiga imkoniyat yaratib, Qoraqalpog‘iston nodavlat telekanallarning tadrijiy taraqqiyoti to‘rt bosqichda: shakllanish davri (1997-2007-yillar), ommalashish davri (2008-2014-yillar), maqsadli auditoriyaga yoʻnaltirganlik davri (2014-2021-yillar), yangi media bilan o‘zaro aloqadorlik davri (2022-yildan hozirgi kungacha) kabilarda shakllanganligi dalillangan bo‘yicha berilgan ilmiy tavsiyalar “Qaraqalpaqstan” telekanali ijodiy jamoasi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 25-apreldagi 05-22/206-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi televizion formatlar negizida “Qaraqalpaqstan” telekanalida ko‘rsatuvlarni tayyorlashda auditoriya bilan kommunikatsiya jarayoni Telegram messenjeri va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirish, mobil jurnalistikadan foydalanish imkoniyatini bergan;
davlat va xususiy televizion tizimlarning qoraqalpoq xalqi tafakkuriga ta’siri, aholining televizion kontentga nisbatan kompleks munosabati aniqlanib, telekanallar strukturasini, axborot uzatishda zamonaviy tendensiyalarni amaliyotga tadbiq etish zarurati yuzasidan takliflar Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum oldidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESida yangi janr sifatida talqin qilingan brifingdan saylov va referendum jarayonlarida farqli jihatlari va jurnalist pozisiyalari masalasi bo‘yicha foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining 2023-yil 25-apreldagi 08-511-son ma’lumotnomasi); Natijada dissertantning taklifi asosida efirda brifinglar faollashdi, dastur davomida harakatlanuvchi titrlarda qisqa satrli qo‘shimcha ma’lumotlar berish imkoniyatini bergan;
Qoraqalpog‘iston telekanallardagi janrlar tizimining yangilanishi, janrlar modifikatsiyalashuvi, ularning o‘zaro ta’siri natijasida telejurnalistikaning yangi bosqichga ko‘tarilganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Matbuot xizmati vakillarini qayta o‘qitish va malakala oshirish kurslarida informatsion janr – brifingdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2022-yil 17-martdagi 18-1118-son ma’lumotnomasi). Natijada matbuot xizmati vakillari televidenie orqali brifinglarni tashkil etishda, aholining media savodxonligini oshirish hamda respublikaning global axborot makoniga sifatli integratsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni joriy etish imkoniyati yuqori ekanligi ilmiy-nazariy jihatdan isbotlangan;
respublika televizion tajribasi asosida brifingning o‘ziga xos xususiyatlari, funksiyalari, mohiyati va efirga uzatilish shakliga ko‘ra informatsion janrlar guruhiga mansubligi isbotlanganligi yuzasidan takliflar globallashuv davrida auditoriyaning axborot olish va uzatishda nodavlat telekanallardagi axborot dasturlarda zamonaviy tendensiyalarni qo‘llash borasida ssenariylarni shakllantirishda qo‘llanilgan (Nukus–sayohat MChJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri “Jaslar TV” telekanalining 2022-yil 17-martdagi 01-06/617-son ma’lumotnomasi). Natijada telekanalda axborot dasturlarini milliy madaniyat va milliy o‘zlikni saqlagan holda rekreativ jihatlarni jamlagan tonggi dam olish “Dasturxon” ko‘rsatuvi ruknida “Milliy meros” sahifasi, “Mening mahallam”, “Baxtim sizler” turkum dasturlari tayyorlangan;
Qoraqalpog‘iston telekanallarining madaniy-ma’rifiy kontent yaratish tajribasi ochib berilib, o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi bois, jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi hamda milliy o‘ziga xosligi asoslab berilgan ko‘ra milliy o‘ziga xosligi yuzasidan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi “TTV To‘rtko‘l televideniesi”da konvergensiya va integratsiya jarayonining tezkor rivojlanishi, innovatsion platformalarning shakllanishi bilan bog‘liq yangiliklar amaliyotga tatbiq etilgan (“TTV To‘rtko‘l televideniesi” MChJning 2023-yil 19-apreldagi 62-son ma’lumotnomasi) Natijada ko‘rsatuv tayyorlashdagi kreativ yondashuv, turli janrdagi materiallar shakli, telejurnalist mahorati, informatsion-tahliliy dasturlardagi multimedia imkoniyatidan foydalanish bo‘yicha berilgan tavsiya va takliflar natijasida “TTV To‘rtko‘l televideniesi”ning auditoriyasi kengaydi, qo‘shimcha “TTV Kino” pullik kanali tashkil etildi, jonli efirdan samarali foydalanish ko‘rsatkichi ortishiga xizmat qilgan.