Raximov Akmal Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli jarroxlik amaliyotidan keyin burun shilliq qavatining morfo-funksional xususiyatlari» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1491.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saidakromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Jaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Guseynov Nazim Mamed o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi)  
Yetakchi tashkilot: Ostona tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: burun to‘sig‘i qiyshayishida o‘tkazilgan turli jarrohlik amaliyotlaridan keyin shilliq qavatning holatini klinik-funksional va morfologik ko‘rsatkichlar yordamida baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mladina klassifikatsiyasi bo‘yicha burun to‘sig‘i qiyshiqligining 2-5-turida Cottle usulida endoskopik jarrohlik amaliyoti, 1-6-turida  modifikatsiyalangan Killian bo‘yicha endoskopik septoplastika, 3-4-7 turlarida  Killian usulida endoskop nazorati ostida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi samaradorligini isbotlangan;
burun to‘sig‘i qiyshayishining 3-4-7-turlarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin burun shilliq qavatining mukotsiliar transport (24,1±1,4 daqiqa), so‘rish (65,4±4,6 daqiqa), shilliq ajratish (55,6±0,07 mlgr) faoliyati ko‘rsatkichlarining pasayishi, qolgan turlarida esa o‘tkazilgan jarrohlik amali burun shilliq qavatining faoliyatiga sezilarli ta’sir etmasligi aniqlangan;
burun to‘sig‘i qiyshayishining 3-4-7-turlarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin burun shilliq qavatining reparativ regeneratsiyasi o‘zgarishi, ya’ni makrofaglar, limfotsitlar, neytrofillar soni oshishi, epiteliotsitlar, qadahsimon xujayralar soni kamayishi, qolgan turlarida esa deyarli me’yoriy ko‘rsatchkichlarda ekanligi isbotlangan;
Kilian usulida endoskop nazorati ostida o‘tkazilgan septoplastikadan keyin burun ichiga qo‘yilgan splint va gemostatik tiqma hisobiga organizmdagi gemik  gipoksiya holatini engil darajada kelib chiqishi, ya’ni fetal gemoglobin miqdori oshishi, rO2  venoz va arterial qondagi parsial bosimi pasayishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yil 9- apreldagi №04/093-son xulosasiga ko‘ra:
 birinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasining 2023 yil 3-sentabrdagi 11-I-sonli buyrug‘i va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 10-noyabrdagi 14-U sonli buyrug‘iga binoan klinikaning amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: burun to‘sig‘i qiyshayishi turiga ko‘ra jarrohlik amaliyotini tavsiya etilgan usuli sodda, oson amalga oshiriladigan va yuqori darajada ishonchli ekanligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: burun to‘sig‘i qiyshiqligi bo‘lgan bemorlarda klinik-funksional, endoskopik va sitologik xamda bioximik natijalarini ko‘rsatkichlarga asoslangan holda baholash jarrohlik usullarini hajmini va ortiqcha sarf-harajatni kamaytiradi. Burun to‘sig‘i qiyshiqligi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun quyidacha hisoblandi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kundan 1 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1750000 so‘mdan 1000000 so‘mga kamaytirdi (TTA Urganch filiali klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 134000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 345 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 115000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 138 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 46000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy  samaradorlik 7965000 so‘mni tashkil qildi. “Burun bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan qo‘shma jarrohlik amaliyotidan so‘ng burun shilliq qavatining holatini baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil apreldagi №05-3522-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasining 2023 yil 3-sentabrdagi 11-I-sonli buyrug‘i va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 10-noyabrdagi 14-U sonli buyrug‘iga binoan klinikaning amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: burun to‘sig‘i qiyshiqligi turiga ko‘ra burun shilliq qavatining funksional xolatini yaxshilashga va davolashni optimallashtirishga asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: burun to‘sig‘i qiyshiqligi turiga ko‘ra endoskopik va rentgen tekshiruvi xamda sitologik natijalarga asoslangan holda jarrohlik amaliyoti rejasini tuzish ortiqcha sarf-harajatni kamaytiradi. Xulosa: burun to‘sig‘i qiyshiqligi bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash, davolash va boshqa kasalliklarni kelib chiqishi oldini olinadi va xarajatlarni 534000dan 875000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. “Burun bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan qo‘shma jarrohlik amaliyotidan so‘ng burun shilliq qavatining holatini baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil apreldagi №05-3522-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasining 2023 yil 3-sentabrdagi 11-I-sonli buyrug‘i va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 10-noyabrdagi 14-U sonli buyrug‘iga binoan klinikaning amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: burun to‘sig‘i qiyshiqligi turiga ko‘ra burun shilliq qavatini jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin sitologik tekshiruvdan o‘tkazilishi bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyin burun ichini bo‘sh qoldirish yallig‘lanish jarayonini pasayishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: burun to‘sig‘i qiyshiqligi turiga ko‘ra burun shilliq qavatini jarrohlik amaliyotidan oldin sitologik tekshiruvdan o‘tkazilishi jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni oldini olishga, intranazal splintni qo‘yish muddatini qisqartirishiga, jarrohlik amaliyoti xajmini baholashda asosiy usul xisoblanadi. “Burun bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan qo‘shma jarrohlik amaliyotida burun tamponadasi turli usullarining samaradorligini baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil apreldagi №05-3522-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: burun to‘sig‘i qiyshiqligining turlariga ko‘ra jarrohlik amaliyotlarining xajmi va turi belgilangan biz taklif qilayotgan jarrohlik amaliyotida klassik usuldagi jarrohlik amaliyotidan keyingi davolashga nisbatan samaradorligini 22,5%ga oshirganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasining 2023 yil 3-sentabrdagi 11-I-sonli buyrug‘i va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2023 yil 10-noyabrdagi 14-U sonli buyrug‘iga binoan klinikaning amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: burun to‘sig‘i qiyshiqligi turiga ko‘ra 3-4-7-turlarida organizmda kechayotgan gipoksiya xolatini baholashda fetal gemoglabin , pO2 arterial va venoz qondagi ko‘rsatkichlarining yuqoriligi sabab o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotlarini endoskop nazorati ostida o‘tkazilishi  davolash samaradorligini oshiradi, asoratlar sonini 1,5 martaga qisqartirdi, kasallik belgilarining regressiyasiga va bemorlarning tez tuzalishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: burun to‘sig‘i qiyshiqligini 2-5-tularida va 1-6-turlarida jarroxlik amaliyotidan so‘ng bemorlarda burun ichi vositalarisiz  o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotidan keyin o‘rin kuni qisqarishiga, antibiotiklardan foydalanilmaslik, tampon, gupka, splint xarajatlarigan ketadigan mablag‘ning tejalishiga erishilgan. “Burun bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan qo‘shma jarrohlik amaliyotidan so‘ng burun shilliq qavatining holatini baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil apreldagi №05-3522-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish