Kenjaeva Nargiza Kuvatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Giyohvand moddalarga tobelikning tarqalishi, klinik dinamikasi va profilaktikasining mintaqaviy xususiyatlari (Samarqand viloyati misolida)», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menedjment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2491.
Ilmiy rahbarlar: Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/15.12.2022.Tib.154.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kenagsh.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asadulin Azat Railevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida giyohvand moddalarga tobelikning tarqalishi, klinika va dinamikasining mintaqaviy xususiyatlarini hamda giyohvandlikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geroin va sintetik moddalarga tobelik natijasidagi abstinent sindromining og‘irlik darajasi postabstinent davrda yuzaga keladigan affektiv buzilishlarning klinik sindromologiyasi  o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
yuqori xavf mavjud bo‘lgan xulq-atvorli shaxslarda psixofaol moddalarni iste’mol qilishning erta boshlanishi va tezlikda shakllanishi bilan xarakterlanadigan qaramlikning yuqori darajadagi progredient kechishi asoslangan;
yashirin polinarkomaniya kuzatilgan shaxslarda bekor qilish hamda narkotikga bo‘lgan patologik mayl sindromining destruktiv xulq-atvor va affektiv buzilishlarning ustunligi ijtimoiy moslashuvga ta’siri isbotlangan;
xavf guruhlarini erta aniqlash uchun klinik-ijtimoiy, xulq-atvor skriningi hamda ijtimoiy moslashuv “portreti” ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Giyohvand moddalarga tobelikning tarqalishi, klinik dinamikasi va profilaktikasining mintaqaviy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: geroin va sintetik moddalarga tobelik natijasidagi abstinent sindromining og‘irlik darajasi postabstinent davrda yuzaga keladigan affektiv buzilishlarning klinik sindromologiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 29 mayda 20-son bilan tasdiqlangan «Giyohvand moddalar iste’molchilarini erta aniqlash va giyohvandlikning tarqalish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish (Samarqand viloyati ma’lumotlari bo‘yicha)» nomli hamda 2024 yil 10 yanvarda 3-son bilan tasdiqlangan «Giyohvand moddalarga tobe shaxslarda OIV infeksiyasini aniqlash va tibbiy xizmat taqdim etishining algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 03.06.2023 yildagi 162-son hamda Jizzax viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 186-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: giyohvand moddaga tobelik bilan kasallanish jadalligidagi izchil pasayish maromining buzilishi, kasallanishning epizodik ko‘tarilish shaklidagi nomuntazam tebranishlarining prognostik imkoniyatlaridan foydalanib Samarqand va Toyloq tumanlarida kasallikning keskin o‘sishi bartaraf etilgan: giyohvand moddalarga tobelik bilan kasallanish ko‘rsatkichini 2022 yilda Samarqand shahriga bevosita yondosh Samarqand va Toyloq tumanlarida tegishlicha 6,3 va 3,6 marta pasaytirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: Samarqand va Toyloq tumanlarida giyohvand moddalarga tobelik bilan kasallanish o‘sishi bartaraf etilishi natijasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlar Samarqand tumanida 2010 yildagi 5460000 so‘mdan 2022 yilda 780000 so‘mga, Toyloq tumanida 2010 yildagi 17160000 so‘mdan 2022 yilda 6240000 so‘mga qisqartirildi, natijada Samarqand tumanida 4680000 so‘m va Toyloq tumanida 10920000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori xavf mavjud bo‘lgan xulq-atvorli shaxslarda psixofaol moddalarni iste’mol qilishning erta boshlanishi va tezlikda shakllanishi bilan xarakterlanadigan qaramlikning yuqori darajadagi progredient kechishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 29 mayda 20-son bilan tasdiqlangan «Giyohvand moddalar iste’molchilarini erta aniqlash va giyohvandlikning tarqalish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish (Samarqand viloyati ma’lumotlari bo‘yicha)» nomli hamda 2024 yil 10 yanvarda 3-son bilan tasdiqlangan «Giyohvand moddalarga tobe shaxslarda OIV infeksiyasini aniqlash va tibbiy xizmat taqdim etishining algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 03.06.2023 yildagi 162-son hamda Jizzax viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 186-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavf mavjud bo‘lgan xulq – atvorli shaxslarda kasallik shakllanishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan erta aniqlash va profilaktik tadbirlar hamda tibbiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan resurslar taqsimoti xududiy joylashuvi va aholining “xavf guruhlari” ni inobatga olingan holda, differensial yondashuv asosida amalga oshirilishi natijasida Samarqand shahrida va Urgut tumanida 2010 yildagiga qaraganda 2022 yilda kasallanish darajasining tegishlicha 3,7 va 1,7 marta kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: giyohvand moddalarga tobelik bilan kasallanish darajasining kamayishi hisobiga yillik bevosita tibbiy xarajatlar sarfi Samarqand shahrida 2010 yildagi 20748000 so‘mdan 2022 yilda 5616000 so‘mga kamayib, Urgut tumanida 2010 yildagi 21528000 so‘mdan 2022 yilda 12948000 so‘mga kamaydi, natijada Samarqand shahrida 15132000 so‘m va Urgut tumanida 8580000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: yashirin polinarkomaniya kuzatilgan shaxslarda bekor qilish hamda narkotikga bo‘lgan patologik mayl sindromining destruktiv xulq-atvor va affektiv buzilishlarning ustunligi ijtimoiy moslashuvga ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 29 mayda 20-son bilan tasdiqlangan «Giyohvand moddalar iste’molchilarini erta aniqlash va giyohvandlikning tarqalish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish (Samarqand viloyati ma’lumotlari bo‘yicha)» nomli hamda 2024 yil 10 yanvarda 3-son bilan tasdiqlangan «Giyohvand moddalarga tobe shaxslarda OIV infeksiyasini aniqlash va tibbiy xizmat taqdim etishining algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 03.06.2023 yildagi 162-son hamda Jizzax viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 186-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: giyoxvand moddalarga qaram bemorlarni olib borilishida hamda kasallik dinamikasining prognozini belgilashda giyohvand moddalar iste’moli tarkibida geroin ulushining oshishi hamda sintetik giyohvandlik va dori vositalari iste’moli shakllanishi kabi affektiv buzilishlarning tabiati, kasallik kechishi og‘irlashuvining klinik-epidemiologik sindromologiyasini inobatga olinishi xamda differensial yondashuv qo‘llanilishi natijasida Samarqand viloyatidagi giyoxvand moddalarga qaram bemorlarning OIV infeksiyasi bilan zararlanganlik darajasi 2010¬2014 yillardagiga qaraganda 2015-2021 yillarda 3,2 marta kamayishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik dinamikasining prognozini belgilashda iste’mol qilinadigan giyohvand moddalar tarkibini, kasallik kechishi og‘irlashuvining klinik- epidemiologik belgilarini inobatga olgan holda, differensial yondashuv Samarqand viloyatidagi bemorlarning OIV infeksiyasi bilan zararlanganlik darajasi kamaytirilishi evaziga, giyohvandlik va OIV infeksiyasi bilan bir paytda zararlangan patsientlarga sarflanadigan o‘rtacha yillik mablag‘ 2010-2014 yillardagi 26588000 so‘mdan 2015-2021 yillarda 5945100 so‘mgacha kamayishiga erishildi, natijada 20642900 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xavf guruhlarini erta aniqlash uchun klinik-ijtimoiy, xulq-atvor skriningi hamda ijtimoiy moslashuv “portreti” ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 29 mayda 20-son bilan tasdiqlangan «Giyohvand moddalar iste’molchilarini erta aniqlash va giyohvandlikning tarqalish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish (Samarqand viloyati ma’lumotlari bo‘yicha)» nomli hamda 2024 yil 10 yanvarda 3-son bilan tasdiqlangan «Giyohvand moddalarga tobe shaxslarda OIV infeksiyasini aniqlash va tibbiy xizmat taqdim etishining algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 03.06.2023 yildagi 162-son hamda Jizzax viloyati mintaqaviy filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 186-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: giyoxvand moddalarga tobelik sindromi shakllanishiga ko‘maklashuvchi, xavf guruxlarini erta aniqlovchi, kasallik kechishini belgilovchi va remissiya barqarorlashuviga monelik ko‘rsatuvchi biologik, ijtimoiy-demografik, ma’naviy-axloqiy determinantlarni inobatga olingan holda, klinik – ijtimoiy, xulq – atvor skriningi xamda ijtimoiy moslashuvini yaxshilash “portreti” asosida Samarqand viloyatida 2010 yildagiga (3917) qaraganda 2022 yilda (576) 6,8 marta kamaytirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: Samarqand viloyatida qaramlik bilan zararlanganlik darajasining kamayishi hisobiga yillik bevosita tibbiy xarajatlar sarfi 2010 yildagi 61105200 so‘mdan 2022 yilda 8985600 so‘mga kamaydi. Giyoxvand moddalarga tobelik sindromi shakllanishiga ko‘maklashuvchi, xavf guruxlarini erta aniqlovchi, kasallik kechishini belgilovchi va remissiya barqarorlashuviga monelik ko‘rsatuvchi biologik, ijtimoiy-demografik, ma’naviy-axloqiy determinantlarni inobatga olingan holda, klinik – ijtimoiy, xulq – atvor skriningi xamda ijtimoiy moslashuvini yaxshilash “portreti” amalga oshirilishining zarurligiga asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish