Djuraeva Zilola Aramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xakida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi nomi): «Go‘daklarning salomatlik holatini "ona-bola" tizimida mikroelementlar disbalansi bilan bog‘lagan holda baholash» 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/ Tib1084.
Ilmiy raxbar: Rasulov Saydullo Kurbonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furqat Muxiddinovich, fanlari doktori, professor; Sharipov Rustam  Xayitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Samarqanl viloyatining biogeokimyoviy xususiyatlari bilan bog‘liq holda "ona-bola" tizimidagi  makro-mikroelementlar etishmasligini baxolash natijasida erta tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
go‘daklarning salomatlik holatini baholashda mikroelementlar etishmasligining juda yuqori xavfi ular hayotining 9 oyidan 12 oyigacha- 62,5%, o‘rtacha xavfi 6-9 oyligida 37,1% va minimal xavfi dastlabki 6 oyigacha ekanligi aniqlangan;
ilk bor onalar va bolalar organizmida hamda biologik muhitda 6 turdagi makro (ca, mg) va mikroelementlar (fe, zn, cu, se) miqdorini qiyosiy baholash natijasida ularning o‘zaro bog‘liqligi va me’yoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Samarqand viloyati xududlarida onalar va bolalar sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi atrof muhitda (tuproq, suv va oziq-ovqat) temir(15%), xrom(20,2%), yod(20%) va bromning (12,8%) past kotsentratsiyada ekanligi "ona-bola" biomuhitiga nojo‘ya ta’sir qilishi ilmiy asoslangan;
maxalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida essensial elementlarning ko‘pligi, abiogen va toksik elementlar miqdorining kamligini aniqlash orqali "ona-bola" tizimida mikronutrientlar etishmovchiligini oldini olish chora tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2024-yil 29-aprel 33-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: go‘daklarning salomatlik holatini baholashda mikroelementlar etishmasligining juda yuqori xavfi ular hayotining 9 oyidan 12 oyigacha- 62,5%, o‘rtacha xavfi 6-9 oyligida 37,1% va minimal xavfi dastlabki 6 oyigacha ekanligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida 2021 yil 11-yanvardagi 2-u sonli buyrug‘i bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 2021 yil 15-dekabrdagi 36-p sonli buyrug‘i bilan, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2021 yil 17-fevraldagi 30-u sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida 2022 yil 22-yanvardagi 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Mikroelementlar muvozanatini hisobga olgan holda bolaning ahvolini baholash algoritmi va anketa so‘rovnomasi (kartasi) va sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini tibbiy muassasalarida mikroelementlarni aniqlash elektron dasturini - "bolalarda mikroelementlar tanqisligi ehtimolini aniqlash bo‘yicha dasturiy ta’minot" yordamida amalga oshirilishi bois ushbu kontingentdagi bolalarda kelgusida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni o‘z vaqtida aniqlanib bolalarni tezroq sog‘ayishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: "Bolalarda mikroelementlar tanqisligi ehtimolini aniqlash bo‘yicha dasturiy ta’minot" elektron dasturi asosida mikroelemntlar etishmovchilik gradatsiyasiga ko‘ra mikroelementlarni erta aniqlash algoritmi ishlab chiqildi, erishilgan natijalar asosida 1 nafar bola uchun 6 xil mikroelementlarni aniqlash uchun 450000 so‘m, byudjetdan tashqari 250000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: mikroelemntlarni erta aniqlash jarayonida zamonaviy kompyuter elektron dasturini qo‘llash natijasida mikroelementlar etishmovchilik darajasini aniqlab, tashxislash jarayonini olib borishda to‘g‘ri yo‘lni tanlash imkoniyatini berdi. Bu esa 1 nafar bola uchun 6 xil mikroelementlarni aniqlash uchun 450000 so‘m, byudjetdan tashqari 250000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor onalar va bolalar organizmida hamda biologik muhitda 6 turdagi makro (Ca, Mg) va mikroelementlar (Fe, Zn, Cu, Se) miqdorini qiyosiy baholash natijasida ularning o‘zaro bog‘liqligi va me’yoriy ko‘rsatkichlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida 2021 yil 11-yanvardagi 2-u sonli buyrug‘i bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 2021 yil 15-dekabrdagi 36-p sonli buyrug‘i bilan, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2021 yil 17-fevraldagi 30-u sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida 2022 yil 22-yanvardagi 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan biogeokimyoviy monitoring asosida bolalar organizmidagi makro va mikroelementlar miqdori bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlar asosida kuzatilishi mumkin bo‘lgan mikroelemenlar etishmovchiligini erta tashxislashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: go‘daklarning salomatligi holatini "ona-bola" tizimida mikroelemenlar disbalansi bilan bog‘lagan holda baholash, boshqa qo‘shimcha tekshirishlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan;  biogeokimyoviy monitoring asosida bolalar organizmidagi makro va mikroelementlar miqdori bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlar hisobiga sarflangan xarajatlarni 450000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: onalar va bolalar organizmida 6 turdagi makroelementlar (Ca, Mg) va mikroelementlar (Fe, Zn, Cu, Se) holati aniqlandi. Biologik muhitida makro va mikroelementlar miqdorini qiyosiy baholash o‘tkazildi va me’yoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash va buning natijasida byudjet mablag‘laridan 450000 so‘mni tejash hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini yaratdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Samarqand viloyati xududlarida onalar va bolalar sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi atrof muhitda (tuproq, suv va oziq-ovqat) temir(15%), xrom(20,2%), yod(20%) va bromning (12,8%) past kotsentratsiyada ekanligi "ona-bola" biomuhitiga nojo‘ya ta’sir qilishi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida 2021 yil 11-yanvardagi 2-u sonli buyrug‘i bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 2021 yil 15-dekabrdagi 36-p sonli buyrug‘i bilan, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2021 yil 17-fevraldagi 30-u sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida 2022 yil 22-yanvardagi 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlashning birlamchi zvenolarida atrof muhitdagi biogeokimyoviy omillarni va "ona-bola" biomuhitlaridagi makro va mikroelementlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda ularni etishmovchiligini aniqlashni engillashtiruvchi normal ko‘rsatkichlarini ijtimoiy samaradorligini belgilab berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: makro va mikroelementlar etishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar natijasida statsionarda davolanayotgan 1 bemor hisobida intensiv terapiya bo‘limlarida to‘shak kunini 1 barobarga qisqarishi, dori-darmonlarni tejalishi, keyingi asoratlarni kamayishi, to‘shak kunini qisqarishi evaziga 980000 so‘mni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: biologik muhitida makro va mikroelementlar miqdorini qiyosiy baholash o‘tkazildi va me’yoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash va buning natijasida byudjet mablag‘larini tejash hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkoni yaratildi.
turtinchi ilmiy yangilik: maxalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida essensial elementlarning ko‘pligi, abiogen va toksik elementlar miqdorining kamligini aniqlash orqali "ona-bola" tizimida mikronutrientlar etishmovchiligini oldini olish chora tadbirlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida 2021 yil 11-yanvardagi 2-u sonli buyrug‘i bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 2021 yil 15-dekabrdagi 36-p sonli buyrug‘i bilan, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2021 yil 17-fevraldagi 30-u sonli buyrug‘i bilan, Samarqand shahar 1-son bolalar shifoxonasida 2022 yil 22-yanvardagi 4 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Zarafshon vohasida etishtiriladigan tabiiy meva-sabzavotli oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida essensial elementlarning ko‘pligi, abiogen va toksik elementlar miqdorining kamligi aniqlangan, ushbu oziq-ovqat ona va bola salomatligi uchun yuqori biologik faolligi va xavfsizligi ko‘rsatilgan. Tarkibida makro - va mikroelementlarga boy milliy taomlarni "Ona-bola" tizimida mikronutrientlar etishmovchiligini oldini olishda va xattoki davolashda ham foydalanish mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Onaning salomatlik holatini laktatsiya davrida baholash natijasida mikroelementlar tanqisligi bilan bog‘liq holatlar 50% dan ortiq ayollarda aniqlandi: yuqori xavfi bo‘lgan vaqtda bolaning tez-tez kasallanishida davolanishi uchun o‘rtacha 1 nafar bola hisobida 480000 so‘m, shifoxonadan tashqari xarajatlarni esa 210000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: an’anaviy tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi asosiy makro va mikro'lementlar miqdorini o‘rganish, hamda oziqlanishni qo‘llab-quvvatlash va oldini olishning ilmiy asoslangan usullari va hisoblash jadvali ishlab chiqilgan algoritmga muvofiq ushbu toifadagi bolalarda asoratlar sonining kamayishiga olib keldi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanilishi: “Go‘daklarning salomatlik holatini "ona-bola" tizimida mikroelementlar disbalansi bilan bog‘lagan holda baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshka sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish buyicha Soglikni saklash vazirligiga Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 16 apreldagi 2885-sonli xati yuborilgan (Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 29 apreldagi 33-son xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish