Boboev Behzod Muminjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ruxning lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining gipolipidemik samaradorligini baholash» 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2820.
Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Juraqulovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Pulatova Nargiza Ixsanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aminov Saloxiddin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Eksperimental dislipidemiyada ruxning α-lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining gipolipidemik ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dislipidemiya modelida ruxning α-lipoy kislotasi kompleks birikmasining gipolipidemik xususiyati va aterosklerozni davolashdagi samaradorligi aniqlangan;
ruxning α-lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining antiaterosklerotik ta’sir mexanizmlari katalaza faolligini oshirib, malondialdegid miqdorini kamaytirish orqali antioksidant ta’sir etishi, uning pleyotrop ta’siri qon tomir endoteliysida nitrergik tizimni faolligini oshishi  bilan bog‘liqligi isbotlangan;
eksperimental giperxolesterinemiyada ruxning α-lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining yallig‘lanishga qarshi ta’siri qon zardobidagi interleykin-1β, interleykin–6, α-o‘sma nekrozi omili, C-reaktiv oqsil miqdorlarini hamda fibrinogen darajasini kamaytirishi asosida aniqlangan;
tajribada ilk bor ruxning α-lipoy kislotasi kompleks birikmasining alimentar giperlipidemiya modelida sitoliz va xolestaz jarayonlariga salbiy ta’sir qilmasligi aniqlanib, qonning shaklli elementlari bilan alaninaminotransferaza va aspartataminotransferaza ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 14 iyundagi 05-23/86 son xulosasiga ko‘ra:
Rux va α-lipoy kislotasi kompleks birikmasining farmakologik samaradorligi asosida « Experimental evaluation of the hipolipidemic effectiveness of thiotzine” va “Tiotsin preparatining gipolipidemik samaradorligini tajribaviy baholash» mavzularidagi monografiyalar chop etilgan. «Osenka farmakodinamicheskix svoystv Tiotsina v eksperimental`nix issledovaniyax» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (SSVning 2023 yil 13 fevraldagi №8 An-r/884-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tiotsin dori vositasini dislipidemiyada 35, 70 mg/kg miqdorlarda aterosklerozni oldini olishda va davolashda atorvastatinga deyarli yaqin, α-lipoy kislotadan samarali ta’sir etishi kasallik asoratlarini rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini bergan; Yangi dori vositasining gipolipidemik samaradorligi bo‘yicha tan olingan va foydalanishga topshirilgan «Tiotsin dori vositasining gipolipidemik samaradorligini baholash algoritm» mavzusida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi № DGU 27291), «Eksperimental tadqiqotlarda Tiotsinning farmakodinamik xususiyatlarini baholash» mavzusida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi № DGU 26571), «Tiotsin dori vositasining spetsifik faolligi xususiyatini o‘rganish natijalari» (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi № BGU 1083) va «Tiotsin dori vositasining surunkali toksiklik xususiyatini o‘rganish natijalari» mavzularida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi № BGU 1082) elektron dasturlar ishlab chiqilgan.
birinchi ilmiy yangilik: tajribada ilk bor yangi dori vosita – ruxning lipoy kislotasi (tiotsin) kompleks dori vositasining dislipidemiya modelida gipolipidemik xususiyati bo‘yicha samaradorligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati - yangi mahalliy dori vositalarining, xususan ruxning α-lipoy kislotasi (tiotsin) kompleks dori vositasini gipolipidemik xususiyatlarini va ta’sir mexanizmlarini ochib berish va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish afzalliklari isbotlangan; Mazkur dori vositasini klinik amaliyotga tadbiq etilishi dislipidemiya bilan xastalangan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi, uning tannarxini pasaytiradi va import dori vositalari o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 14-iyul, 2023-yil, №-05-23/54-t-soni bilan tasdiqlangan. Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo’yicha 05.01.2024-yildagi 07/11-sonli buyruq hamda Toshkent shahar, MChJ “New Innovation Pharm Group” farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasida, 02.02.2023-yildagi 22-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Eksperimental tadqiqotda giperxolesterinemiya modelida gipolipidemik samaradorligi isbotlangan tiotsin dori vositasining klinik amaliyotga tatbiq etilishi ateroskleroz bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tiotsin dori vositasini klinik amaliyotga tatbiq etilishi ateroskleroz bilan og‘rigan bemorlarni davolash xarajatlarini pasaytiradi (atorvastatin 10 mg №30 sotuvdagi narxi 35000 so‘m, atorvastatin 20 mg №30 sotuvdagi narxi 70000 so‘m, yangi dori vosita tiotsin 10 mg №30 sotuvdagi narxi 15000 so‘m, tiotsin 20 mg №30 sotuvdagi narxi 30000 so‘m atrofida bo’lishi kutilmoqda) va import dori vositalari o‘rnini bosuvchi bo‘lib hisoblanadi. Xulosa: Tajribada rux va lipoy kislotasi hosil qilgan tiotsin dori vositasining giperxolesterinemiya modelida gipolipidemik ta’siri isbotlandi. Tiotsin dori vositasini klinik amaliyotga tadbiq etilishi ateroskleroz bilan og‘rigan bemorlarni davolanish mablag’larini atorvastatin 10 mg bilan davolanadigan bemorlarda 20000 so‘m, atorvastatin 20 mg bilan davolanadigan bemorlarda esa 40000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ruxning lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining gipolipidemik samaradorligini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil, 14-iyuldagi 05-23/54-t-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tajriba natijalariga ko‘ra, dislipidemiyaning eksperimental modelida tiotsin dori vositasining gipolipidemik ta’sir mexanizmlari ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tajribada qon tomir ateroskleroz kasalliklarini oldini olishda va davolashda zamonaviy, zaharli ta’siri kam, yuqori samarali dori vositalari bilan davolashning yangi usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Joriy qilingan tadqiqot natijalari qon zardobidagi xolesterin, triglitseridlar, zichligi past lipoproteinning miqdori nazorat guruhiga nisbatan 58%, 57% va 49,6% ga kamayganligi, zichligi yuqori lipoproteinlarning qon zardobidagi miqdori esa 60% ga oshganligi aniqlandi. Ushbu eksperimental tadqiqot natijalari klinik amaliyotga kiritilgach ateroskleroz rivojlanishini profilaktikasi va terapevtik davolashni, kasallik asoratlanish salmog’ini kamayishiga olib keladi va mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarda yuzaga keladigan erta noqironlikni kamaytirish orqali ish unumdorligini oshirishni optimallashtirishga yo‘naltirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 14-iyul, 2023-yil, №-05-23/54-t-soni bilan tasdiqlangan. Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo’yicha 05.01.2024-yildagi 07/11-sonli buyruq hamda Toshkent shahar, MChJ “New Innovation Pharm Group” farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasida, 02.02.2023-yildagi 22-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yangi ruxning lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasi – tiotsin dori vositasining qon tomir ateroskleroz kasalliklarini oldini olishda va davolashda tavsiya etishga, mamlakatimizda yangi mahalliy gipolipidemik dori vositalarining tanlov imkoniyatini kengayishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tajribada tiotsin dori vositasi qon tomir aterosklerozining profilaktikasi va terapiyasida tijoriy dori vositasi atorvastatinga deyarli teng gipolipidemik ta’sir ko‘rsatishi statistik ishonchli darajada (p<0.05) ekanligi isbotlandi. Natijada yangi tiotsin dori vositasi bilan davolashning tavsiya etilgan taktikasi samaradorligi ma’lum gipolipidemik vositalar bilan solishtirganda farmakoterapiya narxining pasayishi bilan tasdiqlanadi. Xususan, atorvastatin bilan kunlik farmakoterapiya har bir bemorga, atorvastatin 10 mgli dozasiga 1166,67 so‘m, atorvastatin 20 mg uchun 2333,33 so‘mni tashkil qiladi. Atorvastatin 10 mg va 20 mg dozasi bilan 30 kunlik davolash kursi mos ravishda 35000 va 70000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan yangi mahalliy mahsulot tiotsin uchun bu 1 kunlik davolash kurslari 10 mg va 20 mg dozasi uchun mos ravishda 500 so‘m va 1000 so‘m va 30 kunlik davolash kurslari uchun mos ravishda 15000 va 30000 so‘mni tashkil qiladi. Binobarin, yangi dori aterosklerozni davolash va oldini olishda amaliyotda keng qo‘llaniladigan atorvastatinga nisbatan bemorlarning farmakoterapiya xarajatlarini 20000 va 40000 so‘mga tejash imkonini beradi. Xulosa: Yangi tiotsin dori vositasi qon tomir ateroskleroz kasalligini davolash va oldini olishda amaliyotda keng qo‘llaniladigan atorvastatinga nisbatan bemorlarning farmakoterapiya xarajatlarini 20000 va 40000 so‘mga tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ruxning lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining gipolipidemik samaradorligini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil, 14-iyuldagi 05-23/54-t-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Tiotsinning antiaterosklerotik ta’sir mexanizmlari katalaza faolligini oshirib, malondialdegid miqdorini kamaytirish orqali antioksidant ta’sir etishi, uning pleyotrop ta’siri qon tomir endoteliysida azot oksidi, eNOS faolligini oshishi, nitratreduktaza fermenti va peroksinitrit darajasining kamayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Erkin radikalli oksidlanish - oksidativ stressning rivojlanishi ko‘pgina patologiyalar, shu jumladan ateroskleroz patogenezida asosiy bo‘g‘inlaridan biri ekanligi aniqlangan. Shundan kelib chiqqan xolda aterosklerozning oldini olish uchun antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Tiotsinni profilaktik yuborganda lipidlarning perekis oksidlanish jarayoni susayadi. Bu tajriba modelida katalaza qonda tekshirib ko’rilganda nazorat guruhiga nisbatan 2,67 marta oshganligi, malondialdegid miqdori nazorat guruhiga nisbatan 59,63% ga kamayishi kuzatildi. Quyonlar tiotsin bilan 35 va 70 mg/kg dozalarda davolanganda qon zardobidagi azot oksidi miqdorini nazorat guruhi quyonlari ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,63 va 1,83 martaga oshirdi (p<0,05). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 14-iyul, 2023 yil, №-05-23/54-t-soni bilan tasdiqlangan. Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo’yicha 05.01.2024 yildagi 07/11-sonli buyruq hamda Toshkent shahar, MChJ “New Innovation Pharm Group” farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasida, 02.02.2023 yildagi 22-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Eksperimental giperxolesterinemiya modellarida yangi mahalliy rux va lipoy kislotadan tashkil topgan dori vositasi gipolipidemik ta’siri endotelioprotektorlik, enterogepatik siklni yaxshilashi, preparat G oqsiliga ta’siri gepatotsitlarda zichligi past lipoproteinlar reseptorlarini oshirishiga, antioksidant ta’sir esa malondialdegid miqdorini kamayishi va katalaza faolligi oshishi ko’rsatkichlariga bog’liq. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tajribada eksperimental giperxolesterinemiya modelida o‘rganiladigan diagnostik ko‘rsatkichlari yordamida tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish, byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berishi mumkin. 2023 yilda Respublikaga import bo‘lgan aterosklerozda gipolipidemik maqsadida qo‘llaniladigan dori vositalarining hajmi 25.527.317 AQSh dollarini tashkil etishi inobatga olinsa, ushbu preparat yuqori iqtisodiy tejamkor ekanligi ma’lum bo‘ladi (ma’lumot “drug audit” ma’lumotlar bazasidan olingan). Xulosa: Rux va lipoy kislotasi komleks birikmasidan tashkil topgan Tiotsin qon tomir aterosklerozida aterogenezni sekinlashtirishi isbotlandi, undan aterosklerozni profilaktikasi va terapiyasida foydalanish davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ruxning lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining gipolipidemik samaradorligini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil, 14-iyuldagi 05-23/54-t-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tajribada ilk bor tiotsinning giperxolesterinemiyada yallig‘lanishga qarshi ta’siri qon zardobidagi oshgan interleykin - 1β, interleykin – 6, o‘sma nekrozi omili, C reaktiv oqsil miqdorini hamda fibrinogen darajasini kamaytirishi asosida aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Eksperimental guruhning qon zardobidagi o‘rganilayotgan Tiotsinni qo‘llash fonida giperxolesterinemiya + yallig‘lanishni modellashtirishda nazorat guruhi ma’lumotlari bilan solishtirilganda interleykin -1 β ning 60,2% ga va interleykin-6 ning 42% ga pasayishi kuzatildi. O‘sma nekrozi omili miqdori, pg/ml, nazorat bilan solishtirilganda 26% ga kamaydi. Giperxolesterinemiya chaqirilgan quyonlarga dori vositasini 35 va 70 mg/kg dozada 1 oy davomida davolash maqsadida yuborilganda, qon zardobidagi C reaktiv oqsil miqdori nazorat guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan 38,8% ga (7,50±0,32; r<0,001) hamda 49% ga (6,34±0,46; r<0,001) kamayganligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 14 iyul, 2023 yil, №-05-23/54-t-soni bilan tasdiqlangan. Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo’yicha 05.01.2024 yildagi 07/11-sonli buyruq hamda Toshkent shahar, MChJ “New Innovation Pharm Group” farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasida, 02.02.2023 yildagi 22-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Tajribada tiotsinning qon zardobidagi yallig‘lanish omillarini, shuningdek qon tomirlarda ateroskleroz rivojlanishini kamaytirishga, o‘z navbatida endotelial disfunksiya rivojlanishini oldini olishga olib kelib, davolanishning yangi usullarini ishlab chiqilishi va qo‘llanilishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tiotsin dori vositasining muhim iqtisodiy samaradorlik salohiyati giperxolesterinemiyada yallig‘lanishga qarshi ta’siri tufayli tajriba hayvonlari qonidagi interleykin-1β, interleykin-6, o’sma nekrozi omili, C-reaktiv oqsil, fibrinogen darajasini pasaytirishga asoslangan bo‘lib, natijada amaliyotda yallig‘lanish hamda aterosklerotik kasalliklarni davolash xarajatlarini kamaytirish, endotelial disfunksiya rivojlanishining oldini olish,  yangi davolash usullarini yaratish imkonini taqdim etishi orqali, pirovardida bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va tibbiy xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Xulosa: Ushbu dori vositasining ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi, yallig‘lanish va aterosklerotik kasalliklarni davolash xarajatlarini kamaytirish orqali ateroskleroz tufayli yuzaga keladigan asoratlar sonini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ruxning lipoy kislotasi bilan hosil qilgan kompleks birikmasining gipolipidemik samaradorligini baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil, 14-iyuldagi 05-23/54-t-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish