Shaeva Ra’no G‘ayratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tanglay tug‘ma kemtigini jarrohlik davolashda to‘qima etishmovchiligini bartaraf etish usullarining samaradorligini qiyosiy baholash”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib918.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent Davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dusmuxamedov Maxmudjon Zokirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fomenko Irina Valerevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Malaya universiteti (Malayziya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uranoplastikada lateral nuqsonlarni qoplashning an’anaviy usullari natijalarini qiyosiy baholash va tanglayning anatomik-funsional yaxlitligini tiklash imkonini beruvchi to‘qimalar etishmovchiligini to‘ldirish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv tahlil asosida tanglayning lateral nuqsonlar (87,7%) yuzasini qoplash uchun asosan yodoformli bintning qo‘llanishi va operatsiyadan keyingi erta va kechki mahalliy asoratlarning yuzaga kelish chastotasi bilan ijobiy korrelyasion bog‘liqlik (r > 0) aniqlangan;
tanglayning lateral nuqsonlar yuzasini to‘ldirish uchun lunj yog‘ yostig‘idan foydalanish algoritmining umumiy klinik samaradorligi yara epitelizatsiyasini 2 marotabaga tezlashishi, tanglayni 76,6±0,6 mm ga uzayishi va tanglay-yutqin halqasini 28,6±0,5 mm kenglikda shakllanishida ifodalangani isbotlangan;
tanglay shilliq qavatining lazer doppler floumetriya ma’lumotlariga asoslanib, to‘qima mikrotsirkulyasiyasining eng kam darajada ifodalangan buzilishlari va ishemiyaning tezroq bartaraf etilishi lunj yog‘ yostig‘i bilan to‘ldirilgan lateral nuqsonlar sohasida aniqlangan, bu esa chekka nuqsonlar bo‘ylab to‘qimalar tarangligi mavjud emasligi va yaraning bitish jarayoni me’yorda kechishi asoslangan;
tanglayning lateral nuqsonlarini davolash dinamikasini klinik-sitologik baholashga oid ma’lumotlarga ko‘ra, to‘liq epitelizatsiyaga o‘rtacha 18±1,5 kun ichida erishilganligi isbotlangan, bu boshqa materiallarga (yodoformli bint, PRF, kollagenli yostiqcha) nisbatan jami ikki baravar tezroqligi aniqlangan;
tanglayning chekka nuqsonlari yuzasini qoplash uchun yodoformli bintdan foydalanish jag‘ning o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi operatsiyadan keyingi qalin ikkilamchi chandiqlarning paydo bo‘lishi sababli yuqori jag‘ning transversal (7,2 %ga) va sagittal (12,7 %ga) o‘lchamlarini maksimal darajadagi reduksiyasiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 25 iyundagi №01/19-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tanglayning lateral nuqsonlar yuzasini qoplash uchun asosan yodoformli bintning qo‘llanishi va operatsiyadan keyingi erta va kechki mahalliy asoratlarning yuzaga kelish chastotasi bilan ijobiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 4 maydagi №41-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3 maydagi №2-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, optimal estetik va funsional natijaga erishildi, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Davolashning umumiy davomiyligi, dori-darmonlarni sotib olish xarajatlari, reabilitatsiya davri, funsional tiklanish vaqti, nazorat tekshiruvlarga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha kamida 2000000 so‘m tejalishiga olib kelishi aniqlandi. Xulosa: «Tanglay tug‘ma kemtigini jarrohlik davolashda to‘qima etishmovchiligini bartaraf etish usullarining samaradorligini qiyosiy baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024 yil 15 iyundagi №04-1331-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tanglayning lateral nuqsonlar yuzasini to‘ldirish uchun lunj yog‘ yostig‘idan foydalanish yara epitelizatsiyasini 2 marotabaga tezlashtiradi, tanglay parametrlarini normal ko‘rsatkichlarga yaqin tiklash imkoniyatini beradi va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 4 maydagi №41-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3 maydagi №2-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yara chetlarining tortilishi va qo‘pol chandiqlanishni oldini olish orqali tish-jag‘ tizimi, nutq, chaynash va yutish funksiyalarini shakllanishi uchun maqbul sharoitlar yaratiladi va bu o‘z navbatida bolalarning ijtimoiy integratsiyasi, aqliy va ruhiy rivojlanishi uchun muhim o‘ringa ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Epitelizatsiya va yarani bitish muddatini o‘rtacha 2 barobarga qisqartiradi hamda kamida 2000000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: «Tanglay tug‘ma kemtigini jarrohlik davolashda to‘qima etishmovchiligini bartaraf etish usullarining samaradorligini qiyosiy baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024 yil 15 iyundagi №04-1331-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: lunj yog‘ yostig‘i bilan to‘ldirilgan lateral nuqsonlar sohasida to‘qima mikrotsirkulyasiyasi buzilishini eng kam darajadaligi va ishemiyaning tezroq bartaraf etilishi aniqlangan, bu esa chekka nuqsonlar bo‘ylab to‘qimalar tarangligi mavjud emasligi va yaraning bitish jarayoni kechishini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 4 maydagi №41-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3 maydagi №2-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, optimal estetik va funsional natijaga erishildi, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Epitelizatsiya va yarani bitish muddatini o‘rtacha 2 barobarga qisqartiradi hamda kamida 2000000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: «Tanglay tug‘ma kemtigini jarrohlik davolashda to‘qima etishmovchiligini bartaraf etish usullarining samaradorligini qiyosiy baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024 yil 15 iyundagi №04-1331-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tanglayning lateral nuqsonlar yuzasini to‘ldirish uchun lunj yog‘ yostig‘idan foydalanish yara epitelizatsiyasini 2 marotabaga tezlashtiradi, tanglay parametrlarini normal ko‘rsatkichlarga yaqin tiklash imkoniyatini beradi va epitelizatsiya dinamikasini klinik-sitologik o‘rganishning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 4 maydagi №41-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3 maydagi №2-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yara chetlarining tortilishi va qo‘pol chandiqlanishni oldini olish orqali tish-jag‘ tizimi, nutq, chaynash va yutish funksiyalarini shakllanishi uchun maqbul sharoitlar yaratiladi va bu o‘z navbatida bolalarning ijtimoiy integratsiyasi, aqliy va ruhiy rivojlanishi uchun muhim o‘ringa ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Epitelizatsiya va yarani bitish muddatini o‘rtacha 2 barobarga qisqartiradi hamda kamida 2000000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: «Tanglay tug‘ma kemtigini jarrohlik davolashda to‘qima etishmovchiligini bartaraf etish usullarining samaradorligini qiyosiy baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024 yil 15 iyundagi №04-1331-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: tanglayning chekka nuqsonlari yuzasini qoplash uchun turli materiallardan foydalanish jag‘ning o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi operatsiyadan keyingi qalin ikkilamchi chandiqlarning paydo bo‘lishi sababli yuqori jag‘ning transversal va sagittal o‘lchamlari reduksiya darajasini o‘rganishning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 4 maydagi №41-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 3 maydagi №2-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi, optimal estetik va funsional natijaga erishildi, an’anaviy jarrohlik usullariga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Epitelizatsiya va yarani bitish muddatini o‘rtacha 2 barobarga qisqartiradi hamda kamida 2000000 so‘m tejalishiga olib keldi. Xulosa: «Tanglay tug‘ma kemtigini jarrohlik davolashda to‘qima etishmovchiligini bartaraf etish usullarining samaradorligini qiyosiy baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2024 yil 15 iyundagi №04-1331-sonli xat yuborilgan.