Xakimov Akramjon Dilshodbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Displastik koksartrozda endoprotezlashni takomillashtirish» 14.00.22-Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3619.
Ilmiy raxbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shorustamov Muxammadjon Tadjialievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: displastik koksartroz mavjud bo‘lgan bemorlarda quymich kosachasi rimmerlash nuktasini xisoblovchi moslama ishlab chiqish va implantning optimal turini va endoprotezlash taktikasini tanlash orqali displastik koksartroz darajasiga karab davolash natijalarini va samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli darajada namoyon bo‘ladigan displastik koksartrozlarda bemorlar chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash jarayonida quymich kosasining rimmerlash nuktasini aniqlashda MSKT tekshiruvi ahamiyati aniqlangan;
endoprotezning quymich komponentini chin quymich kosachasida to‘g‘ri o‘rnatishni ta’minlovchi ishlab chiqilgan burchak o‘lchagich moslamasining ustunligi isbotlangan;
displastik koksartrozning o‘rta va og‘ir shakllarida MSKT va maxsus ishlab chiqilgan burchak o‘lchagich moslamasini qo‘llash endoprotez komponentlarini notravmatik ravishda va yuqori aniqlik bilan o‘rnatishni ta’minlanishi isbotlangan;
displastik koksartrozda son suyagi kanali shakliga mos bo‘lgan anteverziya burchagini boshkarish xususiyatiga ega konik va kalta turdagi endoprotez oyoqchalaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 03/42-son 01.03.2024 yildagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: turli darajada namoyon bo‘ladigan displastik koksartrozlarda bemorlar chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash jarayonida quymich kosasining rimmerlash nuktasini aniqlashda MSKT tekshiruvi ahamiyati aniqlangan. Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (01.03.2023y.;№ 14a), Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (02.06.2023y.;№ 01-08/190) joriy etilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 28 noyabr 2023 yil 03/30-son hulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: • turli darajadagi displastik koksartrozlarda chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlashda kuymich kosasini rimmerlash nuqtasini aniklash orqali o‘lchov natijalari prognostik nuqtai nazardan adekvat xirurgik davolash taktikasini qo‘llashga imkon beradi • bu o‘z navbatida noto‘g‘ri davolanish holatlarini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning operatsiyadan oldingi to‘g‘ri tayyorlashimiz tufayli burchaklar va implant o‘lchovlari to‘g‘ri va aniq tanlanadi, ularni oqibatida intraoperativ vaqt va jarroxlik amaliyoti xarajatlari tejaladi.- bemorning 10 kunlik statsionar davoni sarf xarajatini 1 kasal uchun 1 kunda 890 sumga tejashga imkoniyat berdi. 1 yilga xisobga olinganda – 324800 so‘mni tashkil qildi; 2) yuqoridagi MSKT xulosalariga asoslangan xolda predoperatsion tayyorgarlik to‘g‘ri qilinadi va rimmerlash no‘qtasi to‘g‘ri aniqlanilishi - keyinchalik operativ noaniqlik oqibatida kelib chiquvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: bemorni operatsiya oldi tayerlash va diagnostik usullarga tayangan xolda rimmerlash nuqtasini to‘g‘ri aniqlash, operativ xatolar va asoratlarni kamayishi xisobiga intraoperativ vaqt va jarroxlik xarajatlari tejaldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: endoprotezning quymich komponentini chin quymich kosachasida to‘g‘ri o‘rnatishni ta’minlovchi ishlab chiqilgan burchak o‘lchagich moslamasining ustunligi isbotlangan. “Yassi anatomik hosilalar o‘rtasidagi burchakni o‘lchash qurilmasi” ishlab chiqilgan (foydali model uchun patent raqami FAP № 01551, 27.10.2020 y.). Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (01.03.2023y.;№ 14a) hamda Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.06.2023y.;№ 01-08/190) klinik faoliyatiga joriy etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining «28» noyabr` 2023 yil kungi 03/30 sonli hulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Olingan natijalar displastik koksoartrozni o‘rta-og‘ir darajasida chanoq-son bo‘g‘imini total endoprotezlash orqali sifatli xirurgik davolanishga, hamda asoratlar oldigi olish imkonini berdi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:1) bemorning operatsiyadan oldingi to‘g‘ri tayyorlashimiz tufayli burchaklar va implant o‘lchovlari to‘g‘ri va aniq tanlanadi, ularni oqibatida intraoperativ vaqt va jarroxlik amaliyoti xarajatlari tejaladi.- bemorning 10 kunlik statsionar davoni sarf xarajatini 1 kasal uchun 1 kunda 890 sumga tejashga imkoniyat berdi. 1 yilga xisobga olinganda – 324800 so‘mni tashkil qildi;2) yuqoridagi MSKT xulosalariga asoslangan xolda o‘lchov moslamasi yordamida olingan ko‘rsatkichlar - keyinchalik operativ noaniqlik oqibatida kelib chiquvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyasi tavsiya etilgan burchak o‘lchagich moslamasi burchalkarni aniq o‘lchab xirurgik taktikani to‘g‘ri tanlashda yordam berdi, 1 bemor uchun 324800 so‘m xarajat tejaldi va operativ vaqt qisqartirildi.
uchinchi ilmiy yangilik: displastik koksartrozning o‘rta va og‘ir shakllarida MSKT va maxsus ishlab chiqilgan burchak o‘lchagich moslamasini qo‘llash endoprotez komponentlarini notravmatik ravishda va yuqori aniqlik bilan o‘rnatishni ta’minlanishi isbotlangan. Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (01.03.2023y.;№ 14a) hamda Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.06.2023y.;№ 01-08/190) klinik faoliyatiga joriy etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining «28» noyabr` 2023 yil kungi 03/30 sonli hulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - MSKT va maxsus ishlab chiqilgan burchak ulchagich moslama yordamida qilingan jarrohlik operatsiyasidan keyin 3 oy va 1 yil o‘tgach tadqiqot guruhlarining barcha bemorlarida o‘rtacha og‘riq kuzatilmagan, chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashdan keyingi bo‘g‘imlar funksiyasi qoniqarsiz natijalar ulushini 80% gacha kamaytirish imkonini beradi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - bemorning 10 kunlik statsionar davoni sarf xarajatini 1 kasal uchun 1 kunda 890 sumga tejashga imkoniyat berdi. 52 bemorga olinganda ushbu sarf xarajat 52*890= 46280 sumni tashkil qildi, 1 yilga xisobga olinganda – 16892200 so‘mni tashkil qildi; Xulosa: MSKT va maxsus ishlab chiqilgan burchak ulchagich moslama yordamida qilingan xirurgik aralashuvi oqibatida 3 oy va 1 yil o‘tgach tadqiqot guruhlarining barcha bemorlarida o‘rtacha og‘riq kuzatilmagan, 52 bemor uchun 1 yilga xisobga olinganda – 16.892.200 so‘m tejalgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: taklif etilayotgan displastik koksoartrozda endoprotezning anteversiyani boshqarish xususiyatli konik turdagi son kanali shaklidagi oyokchalarini va kalta buyinchali turidan foydalanish maksadga muvofikligi asoslangan. Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (01.03.2023y.;№ 14a) hamda Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.06.2023y.;№ 01-08/190) klinik faoliyatiga joriy etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining «28» noyabr` 2023 yil kungi 03/30 sonli hulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Anteversiyani boshqarish xususiyatli endoprotezning konik turdagi son kanali shaklidagi oyokchalarini va kalta buyinchali turidan foydalanish boshqa endoprotez turlari bilan solishtirilganida samaradorligi ko‘rsatildi. Ilmiy yangilikning iktisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - bemorning 10 kunlik statsionar davoni sarf xarajatini 1 kasal uchun 1 kunda 890 sumga tejashga imkoniyat berdi. 52 bemorga olinganda ushbu sarf xarajat 52*890= 46.280 sumni tashkil qildi, 1 yilga xisobga olinganda – 16892200 so‘mni tashkil qildi; Xulosa: Endoprotezning anteversiyani boshqarish xususiyatli konik turdagi son kanali shaklidagi oyokchalarini va kalta buyinchali turidan foydalanish boshqa endoprotez turlari bilan solishtirilganida samaradorligi va bemorlarda hayot sifati yaxshilanishi kuzatildi.