Nurimbetov Raxmatulla Ibragimovichning
doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida O‘zbekiston Respublikasining strategik yondashuvlari: hozirgi holati va istiqbollari”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.2.DSc/Ss68
Ilmiy maslahatchi: Sultanova E’tibor Sidikovna, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna, siyosiy fanlar doktori, professor; Sheraliev Oybek Rixsillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari va ularning rivojlanish istiqbollarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonning mintaqa va xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashda Shanxay hamkorlik tashkilotining keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish, Markaziy Osiyoni mazkur tashkilotning mintaqaviy yadrosiga aylantirishga qaratilgan pragmatik tashabbuslari va bunday yondashuv orqali mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq strategiyasi "yangi mintaqaviylik" nazariyasiga ko‘ra asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining ShHTga nisbatan strategiyasini belgilab beruvchi milliy-mintaqaviy xavfsizlik va tashqi siyosatda mustaqillikni ta’minlash, Markaziy Osiyoda yetakchi tashqi kuch markazlarining raqobatchi manfaatlarini strategik jihatdan mutanosiblashtirish, tashkilotning yagona kuch nazoratiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik va tuzilma doirasida teng huquqlilikni saqlash hamda ShHTni harbiy blokka aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi tamoyillardan kelib chiqib, O‘zbekistonning ShHT doirasidagi “yumshoq kuch” strategiyasi va “o‘rtamiyona davlat diplomatiyasi” konsepsiyasi loyihalarini ishlab chiqish zarurati dalillangan;
ShHT makonidagi mavjud transport va tranzit sohasidagi yirik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, xususan Afg‘onistonning Markaziy va Janubiy Osiyoni o‘zaro bog‘lovchi, Ozarbayjonning Markaziy Osiyoni Kavkaz orqali Evropa bilan bog‘lovchi strategik ahamiyati hamda Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatilayotgan jug‘rofiy kengayib borish tendensiyasidan kelib chiqqan holda, Afg‘oniston va Ozarbayjon davlatlarini ShHTga to‘laqonli a’zo etish taklifi O‘zbekiston milliy manfaatlariga to‘liq mos kelishi isbotlangan;
O‘zbekiston tashqi siyosatida Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatining samaradorligini milliy manfaatlarga asoslangan holda oshirish, istiqbolda a’zo davlatlar o‘rtasidagi ichki ziddiyatlarni madaniy diplomatik chora-tadbirlar asosida yumshatish hamda o‘zaro ishonch, hurmat va hamkorlik ruhini mustahkamlash maqsadida Samarqand shahrida ShHTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkilotini (SCESCO) ta’sis etish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining ShHTga nisbatan strategiyasini belgilab beruvchi milliy-mintaqaviy xavfsizlik va tashqi siyosatda mustaqillikni ta’minlash, Markaziy Osiyoda yetakchi tashqi kuch markazlarining raqobatchi manfaatlarini strategik jihatdan mutanosiblashtirish, tashkilotning yagona kuch nazoratiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik va tuzilma doirasida teng huquqlilikni saqlash hamda ShHTni harbiy blokka aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi tamoyillardan kelib chiqib, O‘zbekistonning ShHT doirasidagi “yumshoq kuch” strategiyasi va “o‘rtamiyona davlat diplomatiyasi” konsepsiyasi loyihalarini ishlab chiqish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ish jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan (TIVning 2024-yil 9-iyuldagi dalolatnomasi). Natija O‘zbekiston-ShHT hamkorligining istiqbollariga bag‘ishlangan tahliliy va konseptual hujjatlar hamda “yo‘l xaritalari”ni tayyorlashda manba sifatida qo‘llanilgan.
O‘zbekistonning mintaqa va xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashda ShHTning keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish, Markaziy Osiyoni mazkur tashkilotning mintaqaviy yadrosiga aylantirishga qaratilgan pragmatik tashabbuslari va bunday yondashuv orqali mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq strategiyasi “yangi mintaqaviylik” nazariyasiga ko‘ra asoslab berilgani to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan mamlakatimizning ShHT kun tartibidagi dolzarb masalalarga nisbatan yondashuvlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2024-yil 24-iyundagi ma’lumotnomasi). Natija “Samarqand jarayoni: ShHT faoliyatini modernizatsiya qilish istiqbollari” mavzusidagi “davra suhbati” (2023-yil 14-iyun, Toshkent shahri) va ShHT Forumining XIX yig‘ilishi (2024-yil 5-iyun, Toshkent shahri) materiallarini tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan.
ShHT makonidagi mavjud transport va tranzit sohasidagi yirik salohiyatini ro‘yobga chiqarish. xususan Afg‘onistonning Markaziy va Janubiy Osiyoni o‘zaro bog‘lovchi, Ozarbayjonning Markaziy Osiyoni Kavkaz orqali Evropa bilan bog‘lovchi strategik ahamiyati hamda Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatilayotgan jug‘rofiy kengayib borish tendensiyasidan kelib chiqqan holda, Afg‘oniston va Ozarbayjon davlatlarini ShHTga to‘laqonli a’zo etish taklifi O‘zbekiston milliy manfaatlariga to‘liq mos kelishiga doir xulosalar Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil Markazi tomonidan xalqaro konferensiyalar, seminarlar va ekspert uchrashuvlari davomida foydalanilgan (Markazning 2024-yil 9-iyuldagi ma’lumotnomasi). Natija sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
O‘zbekiston tashqi siyosatida Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatining samaradorligini milliy manfaatlarga asoslangan holda oshirish, istiqbolda a’zo davlatlar o‘rtasidagi ichki ziddiyatlarni madaniy diplomatik chora-tadbirlar asosida yumshatish hamda o‘zaro ishonch, hurmat va hamkorlik ruhini mustahkamlash maqsadida Samarqand shahrida ShHTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkilotini (SCESCO) ta’sis etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tomonidan dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2024-yil 6-iyuldagi dalolatnomasi). Natija sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.