Yodgorova Hilola Isroilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Maxsus kiyimbop to‘qima uchun ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T3971
Ilmiy rahbar: Ochilov Tulkin Ashurovich, texnika fanlari nomzodi, prof.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: U.T.Abdullaev, texnika fanlari doktori, professor hamda D.E.Kazakova texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus kiyimbop to‘qima uchun turli tarkibli va qayta ishlangan tolalar aralashmasidan ip ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv-trikotaj sanoatida chiqadigan ikkilamchi material resurslaridan sifatli arqoq ipi olish uchun emulsiya bilan ishlov berilgan va piltaning notekisliging kamayishi aniqiqlangan;
maxsus kiyimbop to‘qima ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan arqoq ipini olishda takomillashtirilgan texnologiyasini turli tarkibli va qayta ishlangan tolalar aralashmasidan olingan iplarga turlicha buramlar berish asosida ishlab chiqilgan;
turli tarkibli tola va ikkilamchi material resurslari aralashmasidan olingan tukimalarning sifat kursatkichlarini kompleks baholash asosida optimal varianti aniqlangan;
paxta va qayta ishlangan tolalar aralashmasidan olingan to‘qimalarning uzilish kuchi, havo o‘tkazuvchanligi va ishqalanishga chidamliligining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi regression bog‘lanish ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turli tarkibli va qayta ishlangan tolalardan sifatli ip va to‘qima olish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilayotgan paxta va ikkilamchi qayta ishlangan tolalar aralashmasidan pilta va ip olish usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “OYGUL PLYuS” (Buxoro shahri) korxonasida amaliyotga joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2024 yil 28 fevraldagi 04/25-502-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan variant asosida ishlab chiqarish sharoitida olingan iplarning sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan taklif etilayotgan variant asosida turli tarkibli va ikkilamchi material resurslari aralashmasidan olinadigan iplarning sifat ko‘rsatkichlari 9,0-12,5% ga yaxshilangan;
tolalar aralashmasidan to‘qima olish usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “AL-HAKIM PLYuS” MChJ (Buxoro shahri) korxonasida amaliyotga joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2024 yil 28 fevraldagi 04/25-502-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan variant asosida ishlab chiqarish sharoitida olingan to‘qimaning sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan taklif etilayotgan variant asosida turli tarkibli va qayta ishlangan tolalar aralashmasidan olingan to‘qimaning sifat ko‘rsatkichlari iplarni emulsiyalash va buramlar soni hisobiga 17-22% ga yaxshilash imkoniyati yaratilgan.