Norbaeva Ra’noxon Xoljigit qizining
falsafa doktori (PhD) taqdimnnoma ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Tabiiy tolalardan olingan tikuv iplariga mustaxkamlik xususiyatini berish usulini ishlab chiqish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/T1464
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik sanoatida ipak chiqindilarini eritish usuli asosida, import o‘rnini bosuvchi mustaxkamligi oshirilgan tikuvchilik iplarini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
resurstejamkorlik asosida paxta tolasidan tikuvchilik iplariga mustahkamlik xususiyatini beruvchi tabiiy ipak chiqindilarini eritish usulini yaratish hisobiga polimer kompozitsiya olish usuli ishlab chiqilgan;
mustahkamligini oshirish maqsadida birlamchi tikuv iplarining fizik-mexanik xususiyatlariga mustahkamligini oshirish bo‘yicha yaratilgan polimer kompozitsiyasi va tikuv jarayoni texnologik parametrlari tikishda nazorat ipi sifatida 40 nomerli paxta tolali tikuv ipiga ta’siri aniqlangan;
paxta tolasidan tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish jarayonida unga yuzasining tekisligi va momiqdorligi kabi beriladigan parametrlarining mustahkamligiga ta’siri omillari matematik bog‘lanishlari aniqlangan;
“tikuvchilik ipi + polimer kompozitsiya” tizimida tikuv buyumlari ipli birikmalarning uzilish kuchi, uzilishdagi uzayishi va ishqalanishga bardoshligi kabi mustahkamlik ko‘rsatkichlariga polimer kompozitsiyaning ta’siri regression bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta tolasidan tayyorlangan tikuvchilik iplarining mustahkamlik xususiyatlarini ta’minlovchi yangi texnologiyani ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yuqori mustahkamlik xususiyatiga ega bo‘lgan tikuvchilik iplarini ishlab chiqarish uchun yaratilgan yangi texnologiya “Jizzax KenTeks” MChJ hamda «MODJIK» MChJ korxonalariga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat”  uyushmasining №03/25-636 18-mart 2023-yil ma’lumotnomasi). Natijada, tikuv buyumi detallarini biriktirishda polimer kompozitsiyani surtishning modernizatsiyalashgan texnologiyasini ishlab chiqarishdagi qiyosiy tahlili asosida mehnat unumdorligi 18,9 % ga va tikuvchilik iplari hamda tikuv buyumlarning ipli birikmalari mustahkamligi 1,5÷2,0 baravar oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish