Abdullaev Akmaljon O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida ramzning ifodalanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil1321.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xudayberganova Durdona Siddiqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi ramzlarni lingvistik hodisa sifatida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi ramzlar lingvistik hodisa sifatida shartli belgilar, metafora, allegoriya, etalon kabilarga qiyoslanib, belgilarning ifodalovchi bilan ifodalanmish o‘rtasidagi konvensional, motivlangan munosabat mavjud bo‘lgan, aniq vazifaga qaratilmagan va, odatda, mavhum mazmun ifodalaydigan, ko‘p ma’noli maxsus turi hisoblanishi asoslangan;
ramzlarning struktural-semantik xususiyatlari kompleks tadqiq etilib, uning semantik tarkibi asos, ramziy mazmun hamda ular orasidagi konvensional aloqadan iborat ekanligi, shuningdek, ramziy ma’noning hosil bo‘lish yo‘llari, so‘z va ramziy ma’no o‘rtasidagi munosabat aloqadorlik yoki o‘xshashlik orqali yuzaga kelishi aniqlanib, o‘zbek tilidagi ramzlar metonimik va metaforik xususiyatliligi isbotlangan;
lingvistik vositalar orqali ifodalangan ramzlar ilk marta tasniflanib, ularning tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab, leksik vositalarning xususiyatlaridan kelib chiqib allegorik, fitonimik, rang-tus, narsa-buyumlar nomlarini bildiruvchi, son-ramzlar, diniy va mifologik, shaxs va joy nomlari orqali ifodalangan ramzlar kabi to‘qqizta ma’no turlari aniqlangan;
o‘zbek tilidagi leksik vositalarning ramziy ma’nolari jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar natijasida lan o‘zgarishsiz saqlanishi, kengayishi, torayishi yoki umuman yo‘qolishi mumkinligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ramzlarnng lingvistik hodisa sifatida o‘rganilishi natijasida olingan xulosalardan:
o‘zbek tilidagi ramzlarning taraqqiy etish bosqichlari tahlili, taraqqiyot davomida leksema-ramzlarda ramziy ma’noning o‘zgarishsiz saqlanishi, kengayishi, torayishi yoki umuman yo‘qolishi mumkinligi xususidagi xulosalardan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan № OT-F-1-100 “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” fundamental loyihasida foydalanilgan (FarDUning 2023-yil 19-dekbrdagi 04/6409-son ma’lumotnomasi). Natijada, imkoniyati cheklangan yoshlarning milliy qadriyatlarimizga hurmat tushunchalarini takomillashtirish, so‘z va uning ramziy ma’nolarini qo‘llash bilan bog‘liq ijodkorligini rivojlantirish, estetik didini oshirish loyihalarining ta’sirchanligi oshirilgan;
o‘zbek tilidagi so‘zlar orqali ifodalangan ramzlarning uslubiy xususiyatlari, ramziy ma’no ifodalash orqali fikrni boyitish, nutqning jozibadorligi va ta’sirchanligini oshirish, muloqot jarayonlarini tashkillashda ramziy ma’nodan keng foydalanishga doir xulosa va tavsiyalaridan 2022-yilning 20-iyundan 20-dekabrgacha amalga oshirilgan “Do‘stlik – osoyishtalik garovi” mavzusidagi 1-raqamli davlat granti loyihasini bajarishda foydalanilgan (Respublika tojik milliy markazi Farg‘ona viloyati bo‘linmasining 2023-yil 25-dekbrdagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant doirasida tashkillangan tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlarining ilmiyligi va samaradorligi ortgan;
o‘zbek tilidagi ramzlarga lingvistik hodisa sifatidagi ilmiy qarashlar natijalari, ramziy ma’noning hosil bo‘lish yo‘llari, so‘z va ramziy ma’no o‘rtasidagi munosabat turlari, badiiy matnda ramzlarning o‘rni va ularning funksional imkoniyatlari xususidagi fikrlar hamda ramzlar tarixi va taraqqiy etish jarayonlarini o‘rganish asosidagi ilmiy xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yilda efirga uzatilgan “Xayrli kun”, “Abadiy muhit”, “Saboq” ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Kun mavzusi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-avgustdagi 02-12/160-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.