Turdaliev Dilshodjon Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qahramonlik eposi uslubiy xoslanishining qiyosiy tahlili (rus bilinalari va “Alpomish” o‘zbek xalq dostoni misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2991.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Anvarjon Gofirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Zolotova Tatyana Arkadevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jahon xalqlari eposlarining janr va uslub jihatidan rasmiylashtirishdagi o‘xshashlik va farqlarni rus bilinalari va “Alpomish” o‘zbek xalq dostoni materiallari asosida aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus bilinalari hamda “Alpomish” o‘zbek xalq dostonining struktur-semantik xususiyatlari, epik syujetning asosini tashkil etuvchi arxetipik obraz, motiv va syujet chiziqlari kabi asosiy birlik va tamoyillarni aniqlash hamda epik san’atning universal va o‘ziga xos xususiyatlarini anglashda qiyosiy tahlilni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
eposlarning janr hamda uslub xususiyatlariga yondashish epik asarning strukturasi va funksiyalaridagi qahramonlik yo‘li, mifologik birliklar, diniy marosimlar izomorfizmi hamda  epik asarning shakli va mazmuniga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy va milliy xususiyatlarda namoyon bo‘luvchi qahramonlar haqidagi tasavvurlar, ularning motivatsiyasi va qadriyat tamoyillaridagi farqlar alomorfizmini aniqlash imkoniyati dalillangan;
rus bilinalarining muhim elementlari sifatida qayd etilgan ziyofat, fotiha, ot egarlash, olishuv va “er o‘z xotinining to‘yida” sahnasi kabi an’anaviy formulalar  eposning strukturasi va mazmunini shakllantiruvchi umumiy mavzu va motivlarni ajratuvchi universaliyaliklar sifatida  tavsiflanib, ularning turli xalqlar epik an’analariga, jumladan, “Alpomish” o‘zbek xalq dostoniga ham xosligi hamda epos kuylash an’analari ta’sirida o‘zgarishi isbotlangan;
bilinalar va dostonlarning oliy (vatanparvarlik) va instrumental (ozodlik, tinchliksevarlik, do‘stlik, mehnat va oilaviy qadriyatlar) aksiologik munosabatlari  mazkur epik an’analarni birlashtiruvchi va ularning o‘ziga xos madaniy kontekstlarini aks ettiruvchi axloqiy va ijtimoiy qadriyatlar epos kuylovchi va tinglovchi uchun ahamiyatliligi, o‘zbek va rus xalqlarining tarixiy va madaniy qadriyatlari bilan bog‘liqligi, ma’naviy tajribasining muhim tarkibiy qismi sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qahramonlik eposini qiyosiy o‘rganishning nazariy xulosalari va amaliy natijalaridan quyidagicha foydalanildi:
rus bilinalari hamda “Alpomish” o‘zbek xalq dostonining struktur-semantik xususiyatlari, epik syujetning asosini tashkil etuvchi arxetipik obraz, motiv va syujet chiziqlari kabi asosiy birlik va tamoyillarni aniqlash hamda epik san’atning universal va o‘ziga xos xususiyatlarini anglashda qiyosiy tahlilni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosalardan 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan №12.35.56-b12 “Abdulla Qahhorning adabiyotshunosligi” fundamental loyihada foydalanilgan (Artvin Chorux universitetining (Turkiya) 2023-yil 4-oktyabrdagi E.2335-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy ahamiyati ortgan;  
rus bilinalarining muhim elementlari sifatida qayd etilgan ziyofat, fotiha, ot egarlash, olishuv va “er o‘z xotinining to‘yida” sahnasi kabi an’anaviy formulalar  eposning strukturasi va mazmunini shakllantiruvchi umumiy mavzu va motivlarni ajratuvchi universalliklar sifatida  tavsiflanib, ularning turli xalqlar epik an’analariga, jumladan, “Alpomish” o‘zbek xalq dostoniga ham xoslig hamda epos kuylash an’analari ta’sirida o‘zgarishiga oid xulosalardan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan №F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 24-maydagi 04/1-1018-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;  
bilinalar va dostonlarning oliy (vatanparvarlik) va instrumental (ozodlik, tinchliksevarlik, do‘stlik, mehnat va oilaviy qadriyatlar) aksiologik munosabatlari  mazkur epik an’analarni birlashtiruvchi va ularning o‘ziga xos madaniy kontekstlarini aks ettiruvchi axloqiy va ijtimoiy qadriyatlar epos kuylovchi va tinglovchi uchun ahamiyatliligi, o‘zbek va rus xalqlarining tarixiy va madaniy qadriyatlari bilan bog‘liqligi, ma’naviy tajribasining muhim tarkibiy qismi ekanligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Farg‘ona” telekanalining “Xayrli kun” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Farg‘ona” telekanalining 2022-yil 23-dekabrdagi 317-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq og‘zaki ijodining boy an’analarini teletomoshabinlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ko‘rsatuvlarni ilmiy dalillar bilan asoslashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish