Baltaeva Ikbal Tadjibaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
           Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek adabiyotidagi adabiy vorislik an’analarining qiyosiy-tipologik tadqiqi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil629.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Habibulla Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
          Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abduraximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
           Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek badiiy so‘z san’atida adabiy vorisiylik kategoriyasining ijtimoiy-estetik genezisini aniqlash va uning asrlar mobaynida ijodiy an’anaga aylanishi sabablari hamda yashovchanlik qonuniyatlari germenevtik usulda tekshirishdan iborat.  
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy vorisiylikni harakatga keltiruvchi davomiylik qonuniyati individual badiiy ijod jarayonida yangi uslubiy izlanishlar bilan  evristik vazifadorlik doirasida  omuxta yo‘sinda zohir bo‘lishi turli janrlarga xos asarlar misolida aniqlangan;
adabiy vorisiylik an’analarining jahon xalqlari adabiyoti va milliy adabiyotimiz taraqqiyotida, shuningdek, konkret ijodkor asarlari diskursidagi ibratli va samarador  yoxud, aksincha, resipientni chalg‘ituvchi regressiv  jihatlari asoslangan;
adabiy an’analarga vorislik hamda uning davomiyligida yangilanish, takmil (progress) va tajdid (novatorlik) jarayonlarining o‘zaro ijodiy omixtalik munosabatlari va bu jarayonning XX asr o‘zbek adabiyotidagi natijador namunalari birinchi marta akademik ko‘lamda ochib berilgan;
adabiyotdagi vorisiylik inkorni inkor va miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga aylanishi kabi falsafiy qonuniyat negizida estetik mohiyat kasb eta borishi adabiy faktlar ko‘magida ochiqlangan;
asrlar mobaynida shakllangan adabiy an’analar vorisiylikning bir sathdagi hamda har xil sathlardagi ikki turi, shuningdek, vorisiylikning ko‘lam jihatidan ichki va tashqi ko‘rinishda namoyon bo‘lishi adabiy-estetik tajribaning diffuzion va transformatsion holatlari misolida sochma va tizma badiiy nutq materiallari asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiy vorisiylik an’analarining o‘zbek adabiyotida amal qilishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan:
  adabiy vorisiylikni harakatga keltiruvchi davomiylik qonuniyati individual badiiy ijod jarayonida yangi uslubiy izlanishlar bilan  evristik vazifadorlik doirasida  omuxta yo‘sinda zohir bo‘lishiga oid xulosalaridan  O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2020-2021-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targʻib etishga bagʻishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663-raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 25-maydagi 1/04-54-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy vorisiylikga talab har qachongidan ko‘ra ortib borayotganligi, asriy ijtimoiy mohiyati anglangan ijodiy tuyg‘ularning obraz, motiv yoki syujet vositasida reallikka yo‘naltirilgan ifodasi bo‘lmish-haqiqat, go‘zallik va ezgulik universaliyalarining ommalashuviga erishilgan;
adabiy an’analarga vorislik hamda uning davomiyligida yangilanish, takmil (progress) va tajdid (novatorlik) jarayonlarining o‘zaro ijodiy omixtalik munosabatlari va bu jarayonning XX asr o‘zbek adabiyotidagi natijador namunalarini  targ‘ib qilish maqsadida 2021-2023-yillarga moֹ’ljallangan “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan 3D tizimli interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 06-iyuldagi 1/04-55-son ma’lumotnomasi) Natijada loyiha musiqa va san’at o‘quv muassasalarida raqslar uchun 3D tizimli interaktiv o‘quv qo‘llanmalar yaratishda milliy an’ana va qadriyatlarga amal qilishga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
adabiyiy vorisiylikning  mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi sara  ko‘rinishlarining ijodiy o‘rganilishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2017-2020- yillarda bajarilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 17-iyuldagi 01/15-09/154-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy yondashuvlar o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonga tatbiq etishga erishilgan;   
adabiyotdagi vorisiylik inkorni inkor va miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga aylanishi kabi falsafiy qonuniyat negizida estetik mohiyat kasb eta borishi xususidagi xulosalardan 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat markazi Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi faoliyatida yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 18-iyuldagi 02-22/699-son bayonnomasi). Natijada markazning chora-tadbirlar rejasi va targ‘ibot ma’ruzalari ilmiy asoslar, yoshlar ruhiyatiga oid tahliliy materiallar bilan boyitilgan;
 asrlar mobaynida  davom etib kelayotgan  adabiy an’analar vorisiylikning bir sathdagi hamda har xil sathlardagi ikki turi orqali  namoyon bo‘lishi  va bu jarayonda mazkur ikki kategoriyaning  bir-biriga ta’siri va o‘zaro singib ketish holatlariga doir fikrlardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali ijodkorlari tomonidan 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Renessans”, “Tafakkur yo‘li” ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining 2023-yil 11-iyuldagi 14-01-98-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarda ushbu dissertatsiya materiallaridan foydalanish ijobiy samara bergan, tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
adabiy an’ana va adabiy vorislik  tushunchalariga doir G‘arb va Sharq olimlari, jumladan, rus va o‘zbek adabiyotshunoslarining nuqtayi nazarlarini sharhlab, lo‘nda shaklda ifodalangan nazariy qarashlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy kengashlari hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatida, mahorat darslarida, yosh ijodkorlar bilan kitobxonlik uchrashuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 10-iyuldagi 01-03/847-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotdagi vorisiylikda shakllangan tajribalarni qabul qilib olinishi tufayli Yangi O‘zbekistonning belgilangan strategik rivojlanish tamoyillarini, Uchinchi Renessans va ma’naviy-ma’rifiy uyg‘otishning asosiy muammolariga echim topishda, vorisiylikning ko‘lam jihatidan ichki va tashqi ko‘rinishda namoyon bo‘lishini ko‘rsatib berishda ilmiy ishning mazmuniga tayanilgan;
adabiy vorisiylik va ijodiy an’analarning  modernistik badiiy tafakkurga moyilligi sezilayotgan XXI asr o‘zbek adabiyotining so‘nggi namunalaridagi badiiy in’ikosi xususidagi mulohazalardan O‘zDJSU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida olib borilayotgan o‘zbek tilida o‘qiydigan guruhlar uchun davlat o‘quv rejasidagi “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”,“Davlat tilida ish yuritish asoslari”,”Nutq madaniyati”, rus tilida ta’lim oluvchi guruhlar uchun “O‘zbek tili” o‘quv kredit modullari bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borishda hamda “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” nomli darslik tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son ma’lumotnomasi. GRIF raqami: 233-0038). Natijada, darslik ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish