Sabirova Nodira Karimbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda giper-giponimik munosabatlarning pragmatik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fil365.
            Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
 Rasmiy opponentlar: Vositov Volijon Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori; Sultonova Shoxista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori; Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi giper-giponimik munosabatlarning turli tizimli tillardagi kommunikativ jarayonlarda tutgan o‘rni va pragmalingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tizimli tillar semantika kategoriyasidagi giper-giperonimik munosabatlar ochib berilib, giponimik taksonomiyada predmet yoki tushunchani ifodalovchi leksik birlik atrofidagi semantik pog‘onalarning tuzilishi taksonomik chuqurlik va taksonomik kenglik jihatidan farq qilishi aniqlangan;
pragmalingvistikada nutq subekti, obekti va nutqiy jarayonga oid xususiyatlar, leksika va semantikaga pragmalingvistik muammolarning qo‘shib ifodalanishi orqali ularning uyg‘unligi isbotlangan;
pragmatik talqinlar funksional bo‘lib, unda leksik birlikning matnda real qo‘llanilishi va kontekstga ko‘ra ifodasi hamda lug‘aviy birliklarning muloqot mobaynidagi kontekstga ko‘ra ifodasi konnotativ, kontekstual va pragmatik ma’noni anglatishi dalillangan;
pragmatik komponentlarning periferiyadagi ustunligi muayyan maydondagi qo‘shni paradigmalar ta’siri orqali ba’zi so‘zlarning bir nechta leksik-semantik sohalarga tegishliligi, ya’ni sinonimiya, antonimiya va giponimiyaning kontekstda qo‘llanilishi, ularning giponimlashuvi va sinonimlashuvi hodisasiga olib kelishi dalillangan;
turli tizimli tillarda frazeologizmlar tarkibidagi giponimik munosabatlarning pragmalingvistik xususiyatlari nutqning illokutiv kuchini ifodalab, muloqotga kirishuvchi nutqidagi pragmatik mazmunni ifodalashi ochib berilgan;
ot va fe’l so‘z turkumiga oid leksik birliklarning giper-giponimik munosabatlari matndagi so‘zlarning semantik yaqinlashuvining turi sifatida funksional giponimiyaning shakllanishida asos bo‘lishi, matndagi so‘zlarning pragmalingvistik xususiyatlarini yoritishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda giper-giponimik munosabatlarning pragmatik xususiyatlarini tadqiq qilish natijasida olingan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
giper-giponimik munosabatlar nafaqat leksik, semantik sathlarda, balki lingvopragmatik jihatdan talqin qilinishi, shuningdek, turli tizimli tillardagi giper-giponimik munosabatlarning ot va fe’l so‘z turkumidagi pragmatik xususiyatlarini ifodalashning muhimligi, giper-giponimik munosabatlarning nisbiy va cheklanmaganligi lisoniy tizim hamda uning imkoniyatlarining cheksizligini ta’minlasa, giponimlararo munosabatlarning ekvipolent, giperonim va giponim orasidagi munosabatlarning privativligi til ifoda vositalarining aniq va muayyanligi bo‘yicha ishlab chiqilgan metodga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016–2018-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+dasturining 561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP: “O‘zbekistonda ta’lim va oliy ta’lim sohasidagi jarayonlarning modernizatsiyalash va xalqarolashuv” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 7-martdagi 625/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha turli tizimli tillarda giponimiya va uning pragmatik xususiyatlariga oid qarashlar bilan boyitilgan;
amaliy matematika ta’lim yo'nalishi talabalarining sohaga oid leksik birlikning boshqa so‘zlar bilan o‘zaro munosabati, turli ma’no paradigmalarini hosil qilishida elektron lug‘at singari zamonaviy dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishning metodik ta’minotiga oid xulosalardan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 2019–2022-yillarda bajarilgan “AIF”-2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2023-yil 18-dekabrdagi 4-2322-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy matematika ta’lim yoʻnalishi talabalarining sohaga oid leksik birlikning boshqa so‘zlar bilan o‘zaro munosabati, turli ma’no paradigmalarini hosil qilishida elektron lug‘at singari zamonaviy dasturiy ta’lim vositalarining qo‘llanilishi ta’minlangan;
giper-giponimik munosabatlarning nafaqat leksik-semantik kategoriyada, balki lingvopragmatik jihatdan ham talqin qilinishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Universitetida 2018–2021-yillarda bajarilgan Erasmus+dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 22-yanvardagi 04/11-692-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tizimli tillardagi giper-giponimik munosabatlarning ot va fe’l so‘z turkumidagi pragmatik xususiyatlarini ifodalashi xususidagi xulosalar badiiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish, magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslarda ishlatilishi ta’minlangan;
leksik-semantik kategoriysining lingvopragmatik jihatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Universitetida 2018–2020-yillarda bajarilgan “YoA-1-06 “Tarjimonlarning kasbiy tayyorgarlik sifati nazoratini shakllantirishning malakaviy yondashuvi” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2024-yil 22-yanvardagi 04/11-693-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnlardagi lingvomadaniy xususiyatlarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish jihatlaridan bo‘lajak tarjimonlar uchun tashkil etilgan onlayn kurslarda o‘rgatilishi ta’minlangan;
turli tizimli tillarda mavjud bo‘lgan giper-giponimik munosabatlar, ularning sotsiolingvistik xususiyatlarini o‘rganish, ya’ni giponim tushunchasi semantik-funksional ma’noda lug‘aviy birliklarda ifodalangan mazmun va belgilarga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” va “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2020-yil 21-dekabrdagi 04/25/1325-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar turli tizimli tillarda giper-giponimik munosabatlar, ularning pragmatik va sotsiolingvistik xususiyatlarini o‘rganish muammosi bilan bog‘liq ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish