Zinatdinova Gawhar Ilalatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Hozirgi qoraqalpoq lirikasida xronotop poetikasi (I.Yusupov, Sh.Seyitov, S.Ibragimov, B.Genjemuratov asarlari misolida)», 10.00.07 ‒ «Adabiyot nazariyasi», 10.00.12 ‒ «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil2360.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sagiydullaeva Jamiyla Nurıllaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK Faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tlewniyazova Gulmira Bayniyazovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq lirikasida xronotopning badiiy tabiati va xususiyatlarini taniqli shoirlar I.Yusupov, Sh.Seyitov, S.Ibragimov va B.Genjemuratov asarlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lirik hislarning paydo bo‘lish va yuzaga chiqish vaqti sifatida shoir ichki makoniga ta’sir etish, lirik kompozisiya tuzish, zamon va makon badiiy modelining yaratilishini ta’minlash jarayonida ichki hissiyotlarga singib, birikib ketish va shu orqali emotsional-ekspressiv mulohazalarni aks ettirishda cheksiz imkoniyatlar berish kabi kognitiv belgilarni o‘zida mujassam etgan lirik xronotop shoirning individual uslubiy izlanishlari, dunyoqarashini yuzaga chiqaruvchi adabiy-estetik kategoriya sifatida ochib berilgan;
qoraqalpoq lirikasida xronotopning manbalari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ‒ naql-maqollar, xalq qo‘shiqlaridan boshlanishi, ularda xronotopning ifodalanishi xalqona falsafa, dunyoqarash, etnopsixologiyaga aloqadorligi, XIX asrdagi qoraqalpoq mumtoz lirikasida xronotopning biografik, mavsumiy turlarining ko‘proq ifodalanganligi, milliy lirikada ichki makonning paydo bo‘lishi XIX asr mumtoz shoirlar ijodida lirik «men»ning shakllanishi va XX asrga kelib jahon lirikasida xronotop poetikasi yutuqlarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ekanligi asoslangan;
lirik xronotopga an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlar asosida shoir uslubiy o‘ziga xosliklari nuqtai nazaridan ta’rif berilib, unda badiiy zamonning chiziqli, hozirgi, o‘tgan, kelasi zamon singari psixologik va sutkalik (ayniqsa, tun), mavsumiy (ayniqsa, bahor, kuz) singari siklli, badiiy makonning ichki, tashqi, ochiq (yo‘l singari), yopiq (uy, xona, yotoqxona, qabriston, tobut, tamaki qutisi, angishvona), chegara (ostona, darvoza, deraza) singari gorizontal hamda osmon, yer singari vertikal turlarining unumli qo‘llanilishi asoslangan;
lirik she’r va turkumlar kompozisiyasida xronotop (zamon-makon) nuqtai nazaridan zamonning, topoxronos (makon-zamon) nuqtai nazaridan makonning yetakchilik qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi qoraqalpoq lirikasida xronotop poetikasini taniqli shoirlar I.Yusupov, Sh.Seyitov, S.Ibragimov, B.Genjemuratov asarlari misolida o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
lirik hislarning paydo bo‘lish va yuzaga chiqish vaqti sifatida shoir ichki makoniga ta’sir etish, lirik kompozisiya tuzish, zamon va makon badiiy modelining yaratilishini ta’minlash jarayonida ichki hissiyotlarga singib ketish va shu orqali emotsional-ekspressiv mulohazalarni aks ettirishda cheksiz imkoniyatlar berish kabi kognitiv belgilarni o‘zida mujassam etgan lirik xronotop shoirning individual uslubiy izlanishlari, dunyoqarashini yuzaga chiqaruvchi adabiy-estetik kategoriya sifatidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023 yil 5 iyuldagi 275/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy she’riyatimizda xronotop poetikasi bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlar takomillashtirilgan;
qoraqalpoq lirikasida xronotopning manbalari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ‒ naql-maqollar, xalq qo‘shiqlaridan boshlanishi, ularda xronotopning ifodalanishi xalqona falsafa, dunyoqarash, etnopsixologiyaga aloqadorligi, XIX asrdagi qoraqalpoq mumtoz lirikasida xronotopning biografik, mavsumiy turlarining ko‘proq ifodalanganligi, milliy lirikada ichki makonning paydo bo‘lishi XIX asr mumtoz shoirlar ijodida lirik «men»ning shakllanishi va XX asrga kelib jahon lirikasida xronotop poetikasi yutuqlarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ekanligi haqidagi ilmiy natijalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida I.Yusupov, Sh.Seyitov, S.Ibragimov, B.Genjemuratovlarning hayoti va ijodi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazma va ekskurs darslarni tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 31 marttagi 2-03/408-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy adabiyotimizda lirik xronotop, uning adabiy hodisa sifatida shakllanishi va rivojlanishi haqidagi jamoatchilikning adabiy tushunchalari kengaytirilgan;
lirik xronotopga an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlar asosida shoir uslubiy o‘ziga xosliklari nuqtai nazaridan ta’rif berilib, unda badiiy zamonning chiziqli, hozirgi, o‘tgan, kelasi zamon singari psixologik va sutkalik (ayniqsa, tun), mavsumiy (ayniqsa, bahor, kuz) singari siklli, badiiy makonning ichki, tashqi, ochiq (yo‘l singari), yopiq (uy, xona, yotoqxona, qabriston, tobut, tamaki qutisi, angishvona), chegara (ostona, darvoza, deraza) singari gorizontal, osmon, yer singari vertikal turlarining unumli qo‘llanilishi, lirik she’r va turkumlar kompozisiyasida xronotop (zamon-makon) nuqtai nazaridan zamonning, topoxronos (makon-zamon) nuqtai nazaridan makonning yetakchilik qilishi haqidagi nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan seminar va mahorat darslarini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar Uyushmasining 2023 yil 12 maydagi 61-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarning lirik xronotopni anglashi va ifodalashdagi badiiy mahorati, xronotopning turlari haqidagi tushunchalari takomillashtirilgan.