Jaqsilikova Albina Saginbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq satirik nasri (genezisi, rivojlanish tendensiyalari, poetikasi)», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil700.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekbergenova Mariya Dosbergenovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nurjanov Perdebay Erjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Bayniyazova Tazagul Kirkbaevna, filologiya fanlari filosofiya doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq satirik nasrining genezisi, adabiy rivojlanish qonuniyatlari va badiiy xususiyatlarini aniqlash, ijodkorning xarakter va konflikt yaratish mahorati bilan bog‘liq o‘ziga xoslikni uslubiy-shakliy izlanishlar misolida ochib berish, adabiy yo‘nalish sifatida qoraqalpoq adabiyoti tarixida bajaradigan funksiyasi hamda tutgan o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon va turkiy xalqlar adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadigan satirik nasrning payda bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini ilmiy-nazariy tadqiq etish barobarida uning yo‘nalishlari, g‘oyaviy-mavzuviy va struktural-semantik mohiyati bo‘yicha yangicha badiiy – adabiy jarayon ekanligi ochib berilgan;
qoraqalpoq adabiyotshunosligida shakllangan ilmiy-nazariy qarashlar asnosida satirik nasr taraqqiyot tendensiyalari, hajviy tafakkur tipida g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlar, satirik xarakter yaratishdagi yazuvchilarning individual xusussiyatlari komizm va dramatizm o‘zaro sintezi, dramatik voqealarning komik vaziyatlar zamiriga singdirilishidagi ijodkorlar mahorati muhim poetik omil ekanligi asoslangan;
qoraqalpoq nasridagi roman, qissa va hikoyalarda satirik xarakter yaratish bilan bog‘liq davr va muhit ziddiyatlari munosabati umumlashtirilgan holda komedik konflikt, tashqi (sujetli) va ichki konflikt kabi ko‘rinishlari xususan,  ijobiy va salbiy, shuningdek salbiy qaharmonlarning o‘zaro qarama-qarshiliklari, ularning o‘z-o‘zini yoki bir-birini fosh etishi, personajlar pozisiyasi va muallif idealining to‘qnashuvlari asosida vujudga kelishi dalillangan;  
hajviy tafakkurda ironiya, sarkazm, grotesk, giperbola kabi tasviriy vositalar va vulgarizm, varvarizm, jargon so‘zlar, argotizmlar kabi leksik resurslar hamda maqol-matallarning kontekstdagi badiiy vazifasi va ulardan foydalanishda ijodkor mahorati ilmiy-nazariy isbotini topganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq satirik nasri genezisi, taraqqiyot tendensiyalari va poetikasi, hajviy qahramon yaratish tajribasida poetik mahorat bo‘yicha  olib borilgan  tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq adiblari satirik talqini, ayniqsa, nasrda hajviy qahramon yaratish mahorati, konflikt shakllanishi hamda badiiy izlanishlar muammosiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA QQ bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutıda 2012-2016- yillarda bajarilgan FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq folklorı va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish», 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 - «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 12-iyuldagi 285/1-son ma’lumotnomasi). Natijada satiraning qoraqalpoq prozasi rivojida asosiy bosqichlari, yuzaga kelgan yangicha uslubiy izlanishlar belgilari, poetik o‘ziga xosligi va g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlarini belgilashda manba vazifasini o‘tagan;
qoraqalpoq adabiyotida satirik proza taraqqiyot bosqichlari va g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari, janriy xususiyatlari, hajviy xarakter va konflikt yaratish masalalari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zR FA QQ bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutıda 2012-2016- yillarda bajarilgan FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq folklorı va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish», 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 - «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 12-iyuldagi 285/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq yozuvchilarining o‘rni, satirik proza asosiy  tendensiyalari, muallifning hajviy qahramon yaratishdagi poetik mahorati, satirik  xarakter va konflikt munosabatini ochib berishga muayyan zamin yaratilgan;
qoraqalpoq satirik nasri g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari, badiiy-estetik vazifasi va satirik ijodkorlarning shakliy-uslubiy izlanishlarida o‘ziga xos iqtidori haqidagi ilmiy hamda amaliy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradikompaniyasining «Adabiyot bo‘stoni», «Adabiyot va zamon», «Meros», «Adabiy portret» madaniy-ma’rifiy eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasıning 2023-yil 11-iyuldagi 05-22/340-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyotida satirik nasrning paydo bo‘lishi, shakllanish va rivojlanish bosqichlari, g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari, xarakter va konflikt yaratishda badiiy izlanishlar, shuningdek, satirik asarlardagi komizm va dramatizm, ularning sintezi masalalari keng jamoatchilikka targ‘ib qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish