Buxarbaeva Jazira Jaksilikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «T.Matmuratov asarlarining lingvopoetikasi», 10.00.03 – «Qoraqalpoq tili» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1502.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karlibaeva Gulmira Ermekbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Kazimbetova Ziyuar Maxsetbaevna, filologiya fanlari filosofiya doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi T.Matmuratov asarlarining lingvopoetik xususiyatlarini ochib berish, uning she’rlaridagi til birliklarining estetik effekt hosil qilish vazifasi, shoirning uslubini, individualligini anglatuvchi til birliklarining o‘rnini ochib berisdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq adabiy tilining taraqqiyotida Tulepbergen Matmuratov ijodi, ayniqsa, uning so‘z qo‘llash hamda adabiy tilning badiiy-estetik tabiatini takomillashtirish bilan bog‘liq individual mahorati, ijodiy novatorligi muhim o‘rin tutishi aniqlangan;
shoir asarlarida qo‘llanilgan sinonimlar matnda qator qo‘llanish orqali asarning badiiyligi, ekspressivligi orttirilganligi va matnda kontrast tasvirlash, antonimik qarama-qarshiliklar kompozision bog‘liqlikga ega bo‘lib, antonimik uyalar voqea-hodisani aniq tasvirlashda, qahromonning ichki dunyosini, xarakterini ochib berish uchun xizmat qilganligi asoslangan;
T.Matmuratov she’rlaridagi okkazionalizmlar yordamida fikrni ta’sirchan etkazib berish va xalq og‘zaki ijodi na’munalari naql-maqollar va frazeologizmlarning strukturasini o‘zgarttirish, qayta ishlash orqali obrazli tasvirlash, fikrlarning dalili, nutqni ixchamlashtirish kabi lingvopoetik vazifalarni bajarishi aniqlangan;
T.Matmuratov asarlarida sifatlash, o‘xshatish, metafora, metonimiya, sinekdoxalarning badiiy-estetik vazifa bajarishi va ularning poetik matn hosil qilishidagi semantik-stilistik xususiyatlari, shuningdek, shoir asarlarining poetik sintaksisi inversiya, takror, anafora va epifora, gradatsiya, ritorik so‘roq gaplarni uslubiy qo‘llash orqali lingvistik-estetik funksiyalarni bajarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shoir T.Matmuratov asarlari tilini lingvopoetik tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq adabiy tilining taraqqiyotida Tulepbergen Matmuratov ijodi, ayniqsa, uning so‘z qo‘llash hamda adabiy tilning badiiy-estetik tabiatini takomillashtirish bilan bog‘liq individual mahorati, ijodiy novatorligi muhim o‘rin tutishi aniqlanganligi hamda shoir asarlarida qo‘llanilgan sinonimlar matnda qator qo‘llanish orqali asarning badiiyligi, ekspressivligi orttirilganligi va matnda kontrast tasvirlash, antonimik qarama-qarshiliklar kompozision bog‘liqlikga ega bo‘lib, antonimik uyalar voqea-hodisani aniq tasvirlashda, qahromonning ichki dunyosini, xarakterini ochib berish uchun xizmat qilganligi asoslanganligiga bog‘liq yangi ma’lumotlar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda FA-FI-GOO3 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 15-fevraldagi 59/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, T.Matmuratov ijodining poetik xususiyatlarini ochib berishda amaliy ahamiyat kasb etgan;
T.Matmuratov she’rlaridagi okkazionalizmlar yordamida fikrni ta’sirchan etkazib berish va xalq og‘zaki ijodi na’munalari naql-maqollar va frazeologizmlarning strukturasini o‘zgarttirish, qayta ishlash orqali obrazli tasvirlash, fikrlarning dalili, nutqni ixchamlashtirish kabi lingvopoetik vazifalarni bajarishi aniqlanganligi yuzasidan xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida T.Matmuratovning hayoti va ijodi, adabiy me’roslari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishda, badiiy-adabiy ekskursiya darslarini o‘tkazishda va ilmiy-nazariy konferensiyalarda ma’ruza shaklida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 30-yanvardagi 2-02/113-son ma’lumotnomasi). Bu esa shoir ijodiy merosining ahamiyatini, uning badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahoratini ochib berishda yordam bergan;
T.Matmuratov asarlarida sifatlash, o‘xshatish, metafora, metonimiya, sinekdoxalarning badiiy-estetik vazifa bajarishi va ularning poetik matn hosil qilishidagi semantik-stilistik xususiyatlari, shuningdek, shoir asarlarining poetik sintaksisi inversiya, takror, anafora va epifora, gradatsiya, ritorik so‘roq gaplarni uslubiy qo‘llash orqali lingvistik-estetik funksiyalarni bajarishi isbotlanganligi yuzasidan xulosalar «Qoraqalpog‘iston» televideniesida «Erkin fikr», «Munosabat» madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvida va «Qoraqalpog‘iston» radiokanalining «Ma’naviyat bo‘stoni», «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishlarida dissertatsiya materiallari ommalashtirilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-fevral 05-22/86-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishlar orqali tinglovchilarga shoir ijodi merosining ahamiyatini, shoirning badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahoratini, asarlarida qo‘llanilgan naql-maqollar, frazeologizmlarning ma’nolarini ochib berish imkonini bergan.