Otarova Tursingul Jetkerbay qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Hozirgi qoraqalpoq she’riyatida badiiy so‘z va uning obrazligi (A.Ajiniyazov va T.Sarsenbaev ijodi misolida)», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.2.PhD/Fil1251.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor, Matimov Koshkarbay Genjebaevich, filologiya fanlari filosofiya doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq she’riyatida so‘z va obrazlilik muammosini A.Ajiniyazov va T.Sarsenbaevlarning so‘z qo‘llash, obraz yaratish mahorati kabi masalalar asosida poetik izlanishlarini aniqlasdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A.Ajiniyazov va T.Sarsenbaev she’riyatini g‘oyaviy-tematik jihatdan jilvalantirishda ijtimoiy hayotni, inson taqdiri, davr nafasi, tabiat manzaralarini tasvirlashda o‘ziga xos, xalqimiz psixologiyasi, milliy xarakter, lirik qahramonning ichki kechinmalarini badiiy ifodalashdagi ijodiy mahorati, novatorligi va poetik individual xususiyatlari aniqlangan;
she’riy janr va shakllarda so‘z va obrazlilik yordamida har bitta so‘zga poetik ma’no yuklash orqali insonlarni vatanparvarlikga, yaxshilikga, ezgulikga, odamiylikga, halollikga, poklikga, vafodorlikga undovchi g‘oyalarnining ochilishidagi mohiyati hamda asar mazmunining emotsional ta’sirchanligini orttirishdagi badiiy-estetik ahamiyati oydinlashtirilgan;
shoirlar lirikasida so‘z va obrazlilik uyg‘unligini ta’minlashda portret, peyzaj, badiiy detallar orqali tasvir va tasavvur yaxlitligining estetik xizmati, shuningdek, ijodkorlar tomonidan tanlangan so‘z va iboralarning mushtarakligi, poetik shakl va ramzlar kabi badiiy so‘zning takomiliga xizmat qiluvchi jihatlari ochib berilgan;
A.Ajiniyazov va T.Sarsenbaev she’riyatida istioralar asar tilida so‘z va obrazlilikni ta’minlash, lirik qahramon kechinmalarini kitobxon qalbiga ko‘chirishdagi ta’sirchanlikni vujudga keltirishi, shuningdek, uslubiy shakllar taqozosiga ko‘ra ruhiy holat va omillarni qiyoslash yoki ziddiyatli munosabatlar sodir etishda badiiy-estetik vazifa bajarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi qoraqalpoq she’riyatida badiiy so‘z va obrazlik masalasi A.Ajiniyazov va T.Sarsenbaevlar ijodi misolida o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
A.Ajiniyazov va T.Sarsenbaev ijodida so‘z va obrazlilik masalasini ochib berishda shoirlarning Vatan, muhabbat, do‘stlik, xalqlar do‘stligi, didaktik, falsafiy mavzular mazmunini yoritishda, obraz yaratishda, detal tanlashdagi individual xususiyatlari, badiiy tasviriy vositalardan foydalanishdagi o‘ziga xos badiiy-estetik ahamiyatining asoslab berilishi bo‘yicha keltirilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish” mavzusidagi loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 21-dekabrdagi 494/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘z san’ati sohiblari asarlarining janr va shakliy xususiyatlari, poetik o‘ziga xosligini asoslashda olingan ilmiy xulosalardan manba sifatida foydalanilgan;
qoraqalpoq shoirlarning she’riy asarlarida badiiy so‘zning ifodalanish tabiatidan kelib chiqib, obraz yaratishdagi, poetik manzara, badiiy detallastirishdagi ijodkorlarning badiiy vositalar yordamida ifodalashga
erishishini o‘rganish asosida olingan ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Teleradiokompaniyasining “Adabiyot bo‘stoni”, “Adabiy portret”, “Adabiyot va davr”, “Meros” madaniy-ma’rifiy eshittirishlarida; Qoraqalpog‘iston telekanalining “Assalom Qoraqalpog‘iston” mavzusidagi radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-fevraldagi 05-22/103-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq shoirlari she’rlarida badiiy so‘z va obrazlilik masalasi mohiyati keng jamoatchilikka targ‘ibot-tashviqot qilinishi ta’minlangan;
qoraqalpoq she’riyatida so‘z va uning badiiy vazifasi, shoirlar ijodida qo‘llanilgan tasviriy vositalardan foydalanishdagi mahorati va A.Ajiniyazov va T.Sarsenbaev ijodidagi janr va shakllarda ifodalangan g‘oyaviy –tematik xususiyatlarni yoritishdagi badiiy uslubiy izlanishlari bo‘yicha olingan nazariy natijalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan seminarlarda va mahorat darslarini o‘tishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi 2023-yil 23-fevraldagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh-havaskor shoirlarning she’riyatda so‘z va obrazlilik hamda badiiy idrok masalalari yuzasidan tushunchalari, ijodiy mahorati oshiririlishiga erishilgan.