Berdiev Fazliddin Shobidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy jamiyat tizimida ijtimoiy tartib muammolarining falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1055
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor, Jo‘raev Narzulla Kasimovich, siyosiy fanlar doktori professor,
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tartib muammolarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy tartib kategoriyasining jamiyat tartibini yaxlit va murakkab shakllanuvchi model sifatidagi konsepsiyasi asosida an'anaviy va zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tartibning ijtimoiy-madaniy va siyosiy institutlar kabi tarkibiy qismlari aniqlashtirilgan.
sinergetik paradigma kontekstida ijtimoiy tartib vertikal ieerarxiyalangan ijtimoiy tuzilmalardan gorizontal tarmoq tuzilmalariga o‘tish bilan tavsiflanishi, zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tartibning nazariy modeli barqarorlashtirish, ijtimoiy rivojlanish tartibini ob’ektivlashtirish, birlashtirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy komponentlari asoslab berilgan;
zamonaviy jamiyatdagi markazlashtirish o‘rniga ieerarxiya, byurokratizatsiya o‘rniga demokratlashtirish, oila, turmush tarzi, mehnat va bo‘sh vaqtni tashkil etish, yangi qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq ijtimoiy o‘zgarishlar, axborotlashtirish, raqamlashtirish jarayonining global ta’siri yangi ijtimoiy tartib mezonlarini belgilovchi determinant ekanligi, ijtimoiy tartib jamiyatning demokratik rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlovchi indikator ekanligi mantiqiy dallilangan;
zamonaviy jamiyatdagi tabaqalanish modellariga asoslanib ijtimoiy tartib tizimini takomillashtirish va ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlashda ijtimoiy tuzumni tashkil etishning tamoyillari, qonunlari va shaxslararo munosabatlarining innovatsion yo‘nalishlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy jamiyat tizimida ijtimoiy tartib muammolarining falsafiy tahlilini tadqiq etish asosida:
ijtimoiy tartib kategoriyasining jamiyat tartibini yaxlit va murakkab shakllanuvchi model sifatidagi konsepsiyasi asosida an'anaviy va zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tartibning ijtimoiy-madaniy va siyosiy institutlar kabi tarkibiy qismlariga oid yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Ma’daniy-ma’rifiy va badiy eshittirishlar” muharriyatining 2024-yil yanvar va aprel oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat-ma’naviyat” “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 30-apreldagi 04-36-571-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlash, fuqarolar axloqida huquqiylik, qonunlarga hurmat tamoyilini oshirishga, dastur ssenariylarining mazmun-mohiyatini so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan boyitishga va sifat jihatdan zamon talablari doirasida keng auditoriyani yig‘ishda nazariy va pragmatik ahamiyat kasb etishga xizmat qilgan;
sinergetik paradigma kontekstida ijtimoiy tartib vertikal ieerarxiyalangan ijtimoiy tuzilmalardan gorizontal tarmoq tuzilmalariga o‘tish bilan tavsiflanishi, zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tartibning nazariy modeli barqarorlashtirish, ijtimoiy rivojlanish tartibini ob’ektivlashtirish, birlashtirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy komponentlariga oid ilmiy-nazariy tahlillar, falsafiy xulosalar va taklif tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoshlar ma’naviyati va axloqini yuksaltirish bilan bog‘liq amaliy loyihalari, jumladan “Ma’naviyat festivali”, “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy”, “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash”, “Ma’rifat ulashib” kabi targ‘ibot tadbirlarini tashkillashtirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 19-apreldagi 01/11-538-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ijtimoiy tartibini yuksatirish va ijtimoiy tartib mohiyati, jamiyat barqaror rivojlanishidagi muhim tamoyil ekanligi, nazariy, progmatik mohiyatini tushuntirish orqali tadbirlar sifati, mazmuni ilmiy va akademik jihatdan takomillashishga xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatdagi markazlashtirish o‘rniga ieerarxiya, byurokratizatsiya o‘rniga demokratlashtirish, oila, turmush tarzi, mehnat va bo‘sh vaqtni tashkil etish, yangi qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq ijtimoiy o‘zgarishlar, axborotlashtirish, raqamlashtirish jarayonining global ta’siri yangi ijtimoiy tartib mezonlarini belgilovchi determinant ekanligi, ijtimoiy tartib jamiyatning demokratik rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlovchi indikator ekanligiga doir falsafiy tahlillar ilmiy-nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiya fanidan multimedia mahsulotlarini yaratish” (2021-2022 yy) innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 4-iyuldagi 01-04/3827-son ma’lumotnomasi) Natijada, loyiha doirasidagi ijtimoiy soha tadqiqotlari bilan bog‘liq yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish jarayonida ijtimoiy tartib va uning tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi kategoriyalardan keng foydalanish loyiha doirasidagi nazariy metodologik tahlillarni yanada boyitishda, ilmiy-metodologik sifatini takomillashtirishda va akademik tahlillarni boyitishda muhim ilmiy dalillar sifatida xizmat qilgan;
zamonaviy jamiyatdagi tabaqalanish modellariga asoslanib ijtimoiy tartib tizimini takomillashtirish va ijtimoiy munosabatlar barqarorligini ta’minlashda ijtimoiy tuzumni tashkil etishning tamoyillari, qonunlari va shaxslararo munosabatlarining innovatsion yo‘nalishlariga oid nazariy umumlashmalar va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 29-apreldagi 02/02-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya faoliyatida tizimdagi xodimlarning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda islohotlarning ta’sirchanligini oshirish, ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash sohasida bilim va ko‘nikmalarning kengayishiga xizmat qilgan.