Oripov Xasan Abdivaxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Demokratik jamiyatni rivojlantirishda so‘z erkinligining ahamiyati (ijtimoiy-falsafiy tahlil), 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal691.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Saitkasimov Akbar Isaxanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Azizova Nasiba Baxritdinovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi demokratik jamiyatni rivojlantirishda so‘z erkinligining ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘z erkinligi raqamlashgan media makonda inson qarashlari va tamoyillarining rasmiy qobiqqa tobe bo‘lmagan ifodasi bo‘lib, uning madaniyat fenomeni sifatidagi o‘rni asoslangan;
globallashuv sharoitida isegoriya (barchaning o‘z fikrini ifodalashda teng huquqliligi) va parresiya (haqiqatni gapirish) jarayonlari so‘z erkinligining rivojlantiruvchi va pragmatik ahamiyatini ko‘rsatuvchi omili ekanligi aniqlangan;
jamiyat aʼzolari tomonidan so‘z erkinligini idrok etilishi va qabul qilishi uning germenevtik, prinsipial, tartiblashtiruvchi, muvozanatlashtiruvchi talablarining kompleks tarzda amal qilishiga bog‘liqligi va bu erkinlikning aksiologik ahamiyatini mustahkamlashi ilmiy-amaliy argumentlar bilan dalillangan;
inson borlig‘ining mohiyatini tavsiflovchi, inson qarashlari va tamoyillarini rasmiy fikrlarga tobe bo‘lmagan holda har qanday tazyiq va ta’sirlardan holi ravishda ifodalovchi omil so‘z erkinligi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot natijasida demokratik jamiyatni rivojlantirishda so‘z erkinligining ahamiyati borasida borasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
so‘z erkinligi raqamlashgan media makonda inson qarashlari va tamoyillarining rasmiy qobiqqa tobe bo‘lmagan ifodasi bo‘lib, uning madaniyat fenomeni sifatidagi o‘rni asoslanganligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi VIII. “Milliy axborot makonini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” bandining 8.1. “Milliy axborot makonini rivojlantirish sohasida” gi va 8.2. “Milliy axborot makonini barqaror va xavfsiz rivojlantirish sohasida”gi vazifalarini amalga oshirishda hamda partiya tashabbusi bilan o‘tkaziladigan “Media maydon-axborot xurujisiz” mavzusidagi turli aksiyalar, tanlovlar va “2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”ning loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 20-iyundagi 02/02/117-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan partiya faoliyatidagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi mafkuraviy targ‘ibot ishlarning samaradorligini oshirilishiga hamda partiya xodimlari uchun mazkur mavzuda uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
globallashuv sharoitida isegoriya (barchaning o‘z fikrini ifodalashda teng huquqliligi) va parresiya (haqiqatni gapirish) jarayonlari so‘z erkinligining rivojlantiruvchi va pragmatik ahamiyatini ko‘rsatuvchi omili ekanligi aniqlanganligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirish senariylarini tayyorlashda (2022-2023-yillar) foydalanilgan. (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 9-avgustdagi 04-36-1194-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalardan jamiyat taraqqiyotida so‘z erkinligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshishiga, shuningdek, aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirishga xizmat qilgan.
jamiyat aʼzolari tomonidan so‘z erkinligini idrok etilishi va qabul qilishi uning germenevtik, prinsipial, tartiblashtiruvchi, muvozanatlashtiruvchi talablarining kompleks tarzda amal qilishiga bog‘liqligi va bu erkinlikning aksiologik ahamiyatini mustahkamlashi ilmiy-amaliy argumentlar bilan dalillanganligiga oid ilmiy taklif-tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining X yo‘nalishida belgilangan “Yangi zamonaviy ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” 18-bandi “Mamlakatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining zamonaviy va ta’sirchan usullarini ishlab chiqish hamda hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, yangi mafkuraviy texnologiyalarni keng joriy etish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 11-avgustdagi 02-22/768-son dalolatnomasi). Natijada mamlakatimizda demokratik jamiyatni rivojlantirishda so‘z erkinligining ahamiyati bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy - ma’rifiy sohadagi tadbirlarini amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
inson borlig‘ining mohiyatini tavsiflovchi, inson qarashlari va tamoyillarini rasmiy fikrlarga tobe bo‘lmagan holda har qanday tazyiq va ta’sirlardan holi ravishda ifodalovchi omil so‘z erkinligi ekanligi isbotlanganligiga doir ilmiy taklif-tavsiyalaridan “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazida “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 68-11/78 raqamli grant rejasining “Ommaviy axborot vositalarida aholini huquqiy madaniyatini oshirish borasida chiqishlar tahliliy tadqiqot olib borish va tegishli takliflar berish” deb nomlangan 7-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (“Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 15-iyundagi 17-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatni modernizatsiyalashuvi va yanada demokratsiyalashuvi sharoitida ijtimoiy-madaniy taraqqiyotda so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlarda taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.