Norkulov Olim Nasimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistondagi migratsiya jarayonlarining shaxs axloqiy va huquqiy madaniyatiga transformatsiyasi”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (huquq falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal938
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Talapov Bahriddin Alijonovich, falsafa fanlari doktori, (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi migratsiya jarayonlarining shaxs axloqiy va huquqiy madaniyatiga transformatsiyasi hamda jamiyat etosferasiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migrantlar axloqiy madaniyati transformatsiyasi oqibatida paydo bo‘ladigan milliy marginallashuv, o‘zligidan begonalashish, mental madaniy muhitdan uzoqlashish kabi amoralistik munosabatlarni oldini olishga qaratilgan proteksionistik (ijtimoiylashtirish) mezonlari aniqlangan;
migrantlarning emigrant jamiyatda huquqiy madaniyatining transformatsiyasi regulativ, aksiologik, kommunikativ, moslashuv kabi vazifalarni bajarishi natijasida ksenofobiya, migrantofobiya, nigilizm, diskriminatsiya singari g‘ayrihuquqiy oqibatlarni oldini olishdagi ahamiyatliligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan;
donor jamiyatga tashrif buyuruvchilar axloqiy-huquqiy madaniyatida ro‘y beradigan transformatsiyalar migratsion mobillikka turtki beruvchi kompensatorlik, kommunikativlik, reintegratsiyasiga erishish uchun aholi dunyoqarashida gumanizm, tolerantlik, patsifizm kabi ma’naviy tamoyillarning tarixiy va zamonaviy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
migratsiyaning aholi axloqiy madaniyatida akkulturatsiya, madaniy kolliziyalar (o‘zaro to‘qnashish) oqibatida ro‘y beradigan transformatsiyalar antogonizmi oilaviy qadriyatlar deformatsiyalariga sabab bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda shaxsning manfaatlarini himoya qilishda migratsiya bilan bog‘liq axloqiy va huquqiy madaniyatni oshirish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar asosida:
migrantlar axloqiy madaniyati transformatsiyasi oqibatida paydo bo‘ladigan milliy marginallashuv, o‘zligidan begonalashish, mental madaniy muhitdan uzoqlashish kabi amoralistik munosabatlarni oldini olishga qaratilgan proteksionistik (ijtimoiylashtirish) mezonlari aniqlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan 46-11/50-raqamli “Samarqand viloyatida “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo‘yicha onlayn elektron ziyorat turizmi obektlari portalini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2024-yil 27-fevraldagi 124-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasidagi migratsiya bilan bog‘liq jarayonlarni yanada takomillashtirish va shaxsning milliy mentalitetiga xos amoralistik holatlarni mustahkamlashga doir g‘oyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
migrantlarning emigrant jamiyatda huquqiy madaniyatining transformatsiyasi regulyativ, aksiologik, kommunikativ, moslashuv kabi vazifalarni bajarishi natijasida ksenofobiya, migrantofobiya, nigilizm, diskriminatsiya singari g‘ayrihuquqiy oqibatlarni oldini olishdagi ahamiyatliligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilganligiga oid ilmiy-nazariy taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda Evropa Ittifoqi Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 26-fevraldagi 458/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning migratsiya jarayonlari haqidagi qarashlarining kengayishiga, ulardagi huquqiy madaniyatning shakllanishi muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
donor jamiyatga tashrif buyuruvchilar axloqiy-huquqiy madaniyatida ro‘y beradigan transformatsiyalar migratsion mobillikka turtki beruvchi kompensatorlik, kommunikativlik, reintegratsiyasiga erishish uchun aholi dunyoqarashida gumanizm, tolerantlik, patsifizm kabi ma’naviy tamoyillarning tarixiy va zamonaviy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lganligi aniqlanganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan bajarilgan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunshilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024-yi 27-fevraldagi 04/9-10-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada aks etgan shaxsning migratsiya faoliyatiga uyg‘un fikrlar fuqarolarning partiyalarga bo‘lgan qiziqishlari oshishiga, ularning huquqiy va axloqiy madaniyatini falsafiy jihatdan yuksalishiga xizmat qilgan;
migratsiyaning aholi axloqiy madaniyatida akkulturatsiya, madaniy kolliziyalar (o‘zaro to‘qnashish) oqibatida ro‘y beradigan transformatsiyalar antogonizmi oilaviy qadriyatlar deformatsiyalariga sabab bo‘lishi aniqlanganligiga doir taklif-tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 16-yanvar kuni efirga uzatilgan “Mahallamiz islohotchilari” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-apreldagi 01-07/70-son ma’lumotnomasi). Natijada, televidenieda namoyish etilayotgan migratsiyaga oid ko‘rsatuvlarning huquqiy va axloqiy jihatlarini oshishiga, teletomoshabinlarda migrantlik bilan bog‘liq falsafiy-huquqiy dunyoqarpshni oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish