Tillaxodjaeva Madina Maxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Implantlarga tayangan olinmaydigan tish protezlar bilan protezlashni takomillashtirish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3057.
Ilmiy rahbar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Esirkepov Asilbek Abdrasilovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi); Xabilov Nig‘mon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postmenopauzal osteoporozli bemorlarda dental implantlariga tayangan olinmaydigan tish protezlar bilan protezlashga tayyorgarliqni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postmenopauzal osteoporozli bemorlarda taklif etilgan vitamin-minerallar kompleksni qo‘llanilganida qon zardobidagi kalsiy va fosfor darajasini oshishi, shuningdek, paratireoid gormoni, ishqoriy fosfotaza va I-tipdagi prokollagenning N-terminal propeptidlar ko‘rsatkichlarini pasayishi natijasida dental implantantlarga tayangan olinmaydigan tish protezlar bilan protezlashda suyak zichligi oshishi aniqlangan;
postmenopauzal osteoporozli bemorlarda taklif etilgan osteomodulyasiyalovchi vitamin-minerallar komplekssi bilan bufer eritmadagi agressiv o‘ymali dental implantlarini qo‘llashda jag‘ suyaklarining ultratovushli densitometriya natijalari bo‘yicha suyak to‘qimasi zichligini oshishi isbotlangan;
o‘rganilgan bufer eritmadagi agressiv o‘ymali dental implantlarining barqarorlik ko‘rsatkichini yaxshilanishi sababli postmenopauzal osteoporozli bemorlarda olinmaydigan ortopedik protezlar bilan protezlashning optimal muddatlarini aniqlash imkonini berishi aniqlangan;
postmenopauzal osteoporozli bemorlarda taklif etilgan davolash taktikasi osteointegratsiya jarayonining yaxshilanishi va dental implantlarga tayangan olinmaydigan tish protezlari bilan protezlash muddatlari qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Implantlarga tayangan olinmaydigan tish protezlar bilan protezlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: postmenopauzal osteoporozli bemorlarda taklif etilgan vitamin-minerallar kompleksni qo‘llanilganida qon zardobidagi kalsiy va fosfor darajasini oshishi, shuningdek, paratireoid gormoni, ishqoriy fosfotaza va I-tipdagi prokollagenning N-terminal propeptidlar ko‘rsatkichlarini pasayishi natijasida dental implantantlarga tayangan olinmaydigan tish protezlar bilan protezlashda suyak zichligi oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qo‘llanilgan vitamin-mineralli kompleks kondagi kalsiy va fosfor almashinuviga, paratiroid gormon darajasiga ta’sir qo‘rsatib, fiziologik tartibda suyak zichligini oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Toshkent shaxar xokimiyati Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi - Markaziy qo‘p tarmoqli poliklinikasi 29.02.2024 yildagi 1-sonli buyruq hamda Toshkent shahar “West Dent” xususiy klinikasi 29.02.2024 yildagi yildagi buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 21 iyuldagi №1-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Suyak to‘qimalarini kalsiy-fosfor almashuvi jarayonini yaxshilash xisobiga suyak zichligini oshirilishi natijasida, postmenopauzal osteoporozli bemorlarni dental implantarga tayangan olinmaydigan tish protezlari bilan protezlash sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Modellashtirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, kolekalsiferol bilan kalsiy karbonat, vitamin-mineral kompleksi bilan birgalikda dori vositalarining aralashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarning mos ravishda 85400 so‘m va 555000 so‘mgacha oshishiga olib keladi (kerakli dozaga mos keladigan minimal bozor qiymatiga ega dorilar tanlab olingan). Kalsiy kompleksi D3 vitamini bilan birgalikda har kuni 21 kunlik kurslarda har olti oyda 2 yil davomida 1000 mg (1 tabletka) dozasida 1 yil davomida ishlatilgan, ya’ni yiliga 42 kun. Shunday qilib, bir yil davomida ushbu rejim bo‘yicha davolanish narxi: 85 400: 30 (qadoq soni) x 42 (dori qabul qilingan kunlar soni) = 119560 so‘m. Vitamin-mineral kompleksi 21 kun davomida ishlatilgan. Shunday qilib, bir yil davomida davolash xarajatlari 555000 so‘mni tashkil etdi. Vitamin-mineral kompleksni qo‘llashda tejamkorlik yiliga 7887000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Shunday qilib, olingan hisob-kitoblardan ma’lum bo‘lishicha, vitamin-mineral kompleksi dorilaridan tashkil topgan, 2-davolash sxemasi samaradorlik va narx jihatidan eng foydali hisoblanadi va postmenopauzal osteoporozli bemorlarda dental implantlar yordamida ortopedik davolash paytida afzal qilingan farmatsevtik yordam sifatida tavsiya etilishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: postmenopauzal osteoporozli bemorlarda taklif etilgan osteomodulyasiyalovchi vitamin-minerallar kompleksi bilan bufer eritmadagi agressiv o‘ymali dental implantlarini qo‘llashda jag‘ suyaklarining ultratovushli densitometriya natijalari bo‘yicha suyak to‘qimasi zichligini oshishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qisman tishsizlik va postmenopauzal osteoporozli bemorlarda tish implantatsiyasining minimal invaziv usulidan foydalanish va ushbu usullarning kompleksini klinik amaliyotga joriy etish asoratlarni kamaytirish orqali tashriflar sonini va umumiy protezlash vaqtini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Postmenopauzal osteoporozli ayollarda implantarga tayangan tish protezlari bilan takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxar xokimiyati Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi - Markaziy qo‘p tarmoqli poliklinikasi 29.02.2024 yildagi 1-sonli buyruq hamda Toshkent shahar “West Dent”xususiy klinikasi 29.02.2024 yildagi buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 21 iyuldagi №1-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dental implantarga tayangan tish protezlar bilan protezlash natijasida, bemorlarning chaynash samaradorligi oshishi xisobiga, yashash sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dental implantatsiya operatsiyasi xizmatini taqdim etish algoritmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: lokal og‘riqsizlantirish, implant uchun joy shakllantirish, implantni joylashtirish, tiqin o‘rnatish, yarani tikish.Tish implantatsiyasining turli usullaridan foydalangan holda implantatsiyaning jarrohlik bosqichida har bir xizmat uchun mehnat narxi 1 soatlik ish vaqtining narxiga asoslanadi. Bufer eritmada dental implant ALPHA DENT Superior Active yordamida dental implantatsiya jarrohligiga nisbatan sinus lifting yordamida tish implantatsiyasi jarrohligi ko‘proq moddiy va moliyaviy qimmat hisoblanadi, xarajatlar ro‘yxatida barcha xizmatlar uchun o‘rtacha 79,5%, "Ochiq sinuslifting" xizmatida 67,8%, gacha bo‘lgan sarf materiallari narxi suyak nuqsonini import qilingan osteoplastik materiallar bilan to‘ldirish xisobiga ustunlik qiladi. Qo‘shimcha xarajatlar ulushi atigi 7,1%ni tashkil qiladi. Xulosa: postmenopauzal osteoporozli bemorlarda dental implantatsiyasining minimal invaziv usulini qo‘llash va ushbu usullarning kompleksini klinik amaliyotga joriy etish asoratlarni kamaytirish orqali tashriflar sonini va umumiy davolanish vaqtini qisqartiradi, natijalar talablarga javob beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘rganilgan bufer eritmadagi agressiv o‘ymali dental implantlarining barqarorlik ko‘rsatkichini yaxshilanishi sababli postmenopauzal osteoporozli bemorlarda olinmaydigan ortopedik protezlar bilan protezlashning optimal muddatlarini aniqlash imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Postmenopauzal osteoporozli bemorlarda tish implantatsiyasiga tayangan ortopedik protezlashda ultratovushli densitometriya usuliga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxar xokimiyati Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi - Markaziy qo‘p tarmoqli poliklinikasi 29.02.2024 yildagi 1-sonli buyruq hamda Toshkent shahar “West Dent”xususiy klinikasi 29.02.2024 yildagi buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 21 iyuldagi №1-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Postmenopauzal osteoporozli bemorlarda tish implantatsiyasiga tayangan ortopedik protezlashda ultratovushli densitometriya usuli, suyak zichligini aniklagan xolda, protezlash muddatini samaradorlini aniqlash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dental implantatsiyasi jarayoni va undan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etish. Ushbu chora-tadbirlar implantni olib tashlash tartibini, keyingi antibiotik va vitamin terapiyasini va suyakni ko‘shish bilan qayta operatsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Antibiotik va vitamin terapiyasi 555000 so‘mni tashkil etadi, dental implantatsiya 5584000 so‘mni tashkil etadi. Yuzaga keladigan asoratlar xarajati 8334000 so‘mni tashkil etadi. Shu tufayli, bemorlarning stomatologga qatnovi kamayadi, iqtisodiy samara pul ko‘rinishida 8334000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: To‘g‘ri tanlangan diagnostik usullar jag‘larning suyak to‘qimalarining arxitektonikasining rivojlanish darajasini aniqlash va suyak to‘qimalarining holatini tekshirish sababli, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etish mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postmenopauzal osteoporozli bemorlarda taklif etilgan davollash taktikasi osteointegratsiya jarayonining yaxshilanishi va dental implantlarga tayangan olinmaydigan tish protezlari bilan protezlash muddatlari qisqarishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Postmenopauzal osteoporozli ayollarda implantarga tayangan tish protezlari bilan takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxar xokimiyati Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi - Markaziy qo‘p tarmoqli poliklinikasi 29.02.2024 yildagi 1-sonli buyruq hamda Toshkent shahar “West Dent”xususiy klinikasi 29.02.2024 yildagi buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 21 iyuldagi №1-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Postmenopauzal osteoporozli bemorlarda implantlarni qo‘llashda operatsiyadan oldingi farmakologik terapiyani o‘tkazish lozim, chunki mazkur toifa bemorlarida rezorbsiya tarafiga qaragan suyak to‘qimasini remodelirlashning faol jarayoni kuzatiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postmenopozal osteoporozli bemorlarda tish implantatsiyasining minimal invaziv usulidan foydalanish va ushbu usullar majmuasini klinik amaliyotga tatbiq etishda asoratlarni kamaytirish orqali tashriflar sonini va umumiy davolanish vaqtini qisqartiradi, natijalar mos keladi. Sinus lifting yordamida tish implantatsiyasi jarrohligi bufer eritmada ALPHA DENT Superior Active dental implantant yordamida dental implantatsiya jarrohligiga nisbatan ancha moddiy talab va moliyaviy 20% qimmat texnologiya hisoblanadi. Xulosa: Dental implantantlarga tayanagan olinmaydigan tish protezlari bilan protezlashda kechki muddatdagi natijalari shundan dalolat beradiki, postmenopauzal osteoporozli bemorlarda mahsus bufer eritmasida saqlangan ALPHA DENT Superior Active implantlarini qo‘llashda va taklif etilgan dori vositalari komplekssini qabul qilishda, dental implantlariga tayangan ortopedik davolash 94% holatlarda muvaffaqiyatli kechadi.