Mahmudjonov Mirolim Muhammad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gaz analizatorlarini metrologik ta’minotining nazorat uslubiyotlarini takomillashtirish”, 05.03.02 – Metrologiya va metrologiya ta’minoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3135.
Ilmiy rahbar: Matyakubova Paraxat Maylievna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Barat Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Abdikayumovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatini ko‘rsatuvchi organlar uchun gaz analizatorlarini qiyoslash va kalibrlashning xalqaro talablarga mos metrologik ta’minoti me’yoriy asosini ishlab chiqish va uni joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalibrlash uslubiyotlarini loyihalash va taqdim qilishning xalqaro talablari asosida davlat standarti ko‘rinishidagi gaz analizatorlarini kalibrlash imkonini beruvchi qiyoslash va kalibrlashning me’yoriy asosi ishlab chiqilgan;
taqsimot qonunlarini qo‘llash asosida kirish kattaliklarining standart noaniqligini miqdoriy baholashda kalibrlash natijalariga ta’sir qiluvchi omillarni inobatga oluvchi gaz analizatorlarining aniqlik tavsifini ifodalovchi o‘lchashlar natijasi noaniqligini baholash usuli ishlab chiqilgan;
avtomatik sozlash va nazorat karta usullari asosida gaz analizatorlari ishonchliligi va natijalar kuzatiluvchanligini ta’minlash imkonini beruvchi qayta kalibrlash muddatini belgilovchi bashoratlash usuli ishlab chiqilgan;
qarorlarni qabul qilish va muvofiqlikni deklaratsiyalash asosida gaz analizatorlarini qiyoslashning ruxsat etilgan og‘ishlar chegara qiymatiga tayangan kalibrlash natijalarini qayta ishlash algoritmi ishlab chiqilgan;
metrologik tekshiruvda qo‘llaniladigan yordamchi vositalarga qo‘yiladigan talablarini optimallashtirish asosida gaz analizatorlarini qiyoslash va kalibrlash natijalarining aniqligini ta’minlash imkonini beruvchi o‘lchash vositalari metrologik xususiyatlariga qo‘yilgan talablar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gaz analizatorlarini metrologik ta’minotining nazorat uslubiyotlarini takomillashtirish, gaz analizatorlarini kalibrlash uslubiyotini ishlab chiqish, kalibrlash natijalariga aniqlik tavsifini baholash imkonini beradigan o‘lchash natijalari noaniqligini baholash orqali olingan natijalar asosida:
kalibrlash natijalariga ta’sir qiluvchi omillar inobatga olingan gaz analizatorlarining aniqlik tavsifini ifodalovchi o‘lchashlar natijasi noaniqligini baholash usuli “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DMda joriy qilingan (O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 01/143-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gaz analizatorlarini kalibrlash natijalarini qayta ishlash tizimini soddalashtirishga, natijalarni qayta ishlashni avtomatlashtirilgan holda amalga oshirishga, gaz analizatorlari kalibrlash vaqtini qisqartirishga va jarayonda inson omilini kamaytirishga erishilgan.
gaz analizatorlari va ish joylari havosidagi yonuvchan gazlarni aniqlash vositalari uchun qiyoslash va kalibrlash uslubiyoti “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DMda joriy qilingan (O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 01/143-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘z DSt 3631:2023 davlat standarti yordamida Respublikada gaz analizatorlarini ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standart talablariga mos kalibrlash xizmatini ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish