Shnekeeva Gulnaz Jumabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xom ashyo va materiallar asosidagi quruq qurilish aralashmalari”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3775.
Ilmiy rahbar: Maxamataliev Irkin Muminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxridin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Turgunboev Urinbek Jamalovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Suvoqchilik va g‘isht terish ishlari uchun mo‘ljallangan tarkibiga Beltau konining seolitli tog‘jinsi va Olmaliq kimyo kombinatining kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindisi oqava suvining quruq qoldig‘i (KOS) qo‘shilgan ekspluatatsion xossalari yaxshilangan quruq qurilish aralashmalarining samarali tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor suvoqchilik va g‘isht terish ishlari uchun mo‘ljallangan Beltau konining seolitli tog‘jinsi va Olmaliq kimyo kombinatining kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindisi oqava suvining quruq qoldig‘i (KOS) qo‘shilgan kompozision bog‘lovchi asosidagi quruq qurilish aralashmalarining samarali tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kompozision bog‘lovchi asosidagi QQAlari ekpluatatsion va texnologik xossalarining ularning tarkibiy komponentlari miqdori va fizik-kimyoviy jarayonlarning kechish mexanizmi to‘g‘risidagi nazariy tushunchalar isbotlangan;
maydalangan STJni sementli bog‘lovchi tarkibiga kiritish klinkerga oid minerallarning gidratatsiyasi jarayonida ajralib chiquvchi sulfat-ionlar va kalsiy ionlarini amorf giltuproq bilan kalsiyning gidrosulfoalyuminatlariga bog‘lanishi tufayli sement toshining yanada mustahkam bo‘lgan strukturasining shakllanishiga olib kelishi organik-mineral qo‘shimchaning yo‘naltirilgan ta’siri orqali asoslangan;
QQAlari tarkibiga maydalangan STJ va KOS qo‘shimchasining kiritilishi qorishma bilan asos o‘rtasidagi kontakt qatlamining mustahkamligini sezilarli darajada ortishiga ta’siri qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xom ashyo va materiallardan foydalanib ishlab chiqilgan QQAlarining tarkibi va texnologiyasi asosida:
QQAlarining mahalliylashtirilgan yangi tarkibi va texnologiyasi MChJ "NUKUS EVRO MASTER" korxonasida tajribaviy ishlab chiqarishga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi" vazirligining 2023-yil "01" dekabrdagi № 01-07/01-3365-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibiga mahalliy mineral va kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilgan suvoqchilik ishlari uchun mo‘ljallangan 2 t QQA sinov partiyalari (80 ta qog‘oz qopda) tayyorlangan. Olingan QQAlarning sinov partiyalari fizik-texnik va ekspluatatsion xossalariga ko‘ra GOST 31189-2015 va GOST 28013-98 talablariga to‘liq javob bergan. Bunda QQAlar asosida olingan qorishmalarining qo‘llanilishi natijasida olinadigan iqtisodiy samara M100 markali qorishmaning 1 m3 hajmi uchun 53 896 so‘mni tashkil qilgan.
-Nukus shahri Qoraqalpog‘iston ko‘chasi Eski shahar MFYda qurilayotgan 20 kvartirali 7 qavatli uy – joy binosi tashqi devorlarini barpo etishda "NUKUS EVRO MASTER" MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi" vazirligining 2023-yil "01" dekabrdagi № 01-07/01-3365-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibiga mahalliy mineral va kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilgan g‘isht terish ishlari uchun mo‘ljallangan 2 t QQA larning sinov partiyalari (80 ta qog‘oz qopda) tayyorlangan. Bunda QQAlar asosida olingan qorishmalarining qo‘llanilishi natijasida 1 m2 hajmdagi suvoqchilik ishlarining tannarxi 16,5 % ga arzonlashgan.